Бошланғич синф ўқиш дарсларида халқ оғзаки ижодини ўрганиш орқали ўқувчилар нутқини ўстириш метосикаси
Ushbu kitobda maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishi 401-guruh talabasi Sultonova Jumagulning "Boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodini o`rganish orqali o`quvchilar nutqini o`stirish metosikasi" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Mazmuning dolzarbligi O`zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni O`zbekiston istiqbolini yaratishga qodir yangi avloddan ilg'or dunyo hamjamiyatida o`zining bilimi, aql-idroki bilan mustahkam o`rin egallay oladigan barkamol mutaxassislar tayyorlash zaruratini o`rtaga qo`ydi. Respublikamiz xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida davlat tilida jahon o`lchovlariga muvoffiq tarzda ish yurita olish, milliy qadriyatlar va ma`naviy-madaniy fazilatlarga amal qilish O`zbekiston mustaqilligini va istiqbolini ta`minlashning muhim omilidir. Shunga ko`ra, bo`lg`usi avlodni mustaqil va ijodiy fikrlashga odatlantirish, o`z fikirlarini og'zaki va yozma shakllarda to`g`ri va ravon ifodalashga o`rgatish boshlang'ich ta'limning muhim vazifasi bo`lib qoldi. Bu vazifani amalgam oshirishda bevosita o`qish darslari ham mas`uldir. O`qish darslari ta`lim-tarbiya jaryonining markazi hisoblanadi. Shuning uchun ham davr talabiga mos ravishda komil insonni tayyorlashda o`qish mashg`ulotlarining o`rni katta ekanligi ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan barcha ilm ahliga va metodistlarga ma`lum. Boshlang`ich ta`limda o`qish darslariga alohida ahamiyat qaratiladi va o`qituvchining zamon talabiga mos ravishda dars o`tishi talab etiladi. 2010- yilda tasdiqlangan "Umumiy o`rta ta`limning Davlat standarti"ga muvofiq ravishda tuzilgan boshlang'ich sinf ona tili ta`limi tarkibiga kiruvchi o`qish dasturi 11 yil davomida takomillashtirib borilmoqda. Boshlang'ich sinf o`qish darsliklarining yangi avlodlari yaratilmoqda. Ular tarkibiga kiritilgan badiiy matn ustidagi ishlar sifat jihatidan takomillashtirilmoqda. Jamiyatimiz shiddat bilan olg`a borayotgan va muttasil ravishda yangilanib borayotgan bir zamonda o`qish predmeti bo`yicha o`qitish metodlarini bugungi davr talablari asosida qayta nazardan o`tkazish va takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Millatning ma`naviyatini uning tarixi, o`ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlari o`qish darslarida o`rganiladigan xalq og'zaki ijodi namunalarida o`z aksini topadi. Bu borada o`qish darslari katta masuliyatli vazifalar yuklatiladi. Ma`lumki, o`qish darslari faqat pedagogik maqsadlarga xizmat qiluvchi fan bo`libgina qolmay, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o`qitiladigan boshqa fanlar singari, o`quvchilarga birinchi navbatda bilim beradi, ya`ni ko`p asrli o`zbek xalqining boy madaniyati tarixi bilan, xalq og'zaki ijodida o`z ifodasini topgan xalq va mamlakat tarixi bilan tanishtiradi, adabiyotning fan sifatidagi o`ziga xos tomonlari haqida amaliy tasavvur hosil qiladi. Aniqroq aytganda, boshlangich sinf o`qish darslari umumta'lim maktabida bilimlarni egallash uchun poydevor yaratadi. Boshlang'ich ta`lim davlat ta`lim standartining sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish dasturi mazmunida: “Sinfda va sinfdan tashqari o`qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o`quvchilarda imon- e'tiqod tuyg'ularini shakllantirish, vatanga muhabbat uyg'otish, o`zligini tanish orqali olamni tanishga yo`llash maqsadlariga xizmat qiladi. o`qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o`rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang'ich ta`lim tizimida muhim o`quv predmeti ta`lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi”¹,- deb ta`kidlab qo`yilgan. Bu maqsadga erishishda boshlang'ich sinf o`qish kitobiga kiritilgan badiiy adabiyot namunalari muhim o`rin tutadi. Ma`lumki, yozma adabiyotning maydonga kelishida muhim manba bo`lgan o`zbek xalq og'zaki ijodi dunyodagi eng boy og'zaki ijodlardan biri bo`lib, ko`plab doston, afsona, rivoyat, ertak,masal, qo`shiq, maqol, topishmoq singari asarlarni o`z ichiga oladiki, ularda, bir tomondan, xalq tarixi, maishiy madaniyati, urf-odatlari va h.k. o`z aksini topgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, shu asarlar xalqni, ayniqsa, yosh avlodni milliy an'analar ruhida, shuningdek, vatanparvarlik, erkparvarlik, to`g`rilik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalab kelgan. Shuning uchun ham yozma adabiyot bilan birga umumiy ta`lim maktablari o`quvchilariga o`zbek xalq og'zaki ijodining eng yaxshi namunalari haqida ma`lumot beriladi. Xalq og'zaki ijodining janr xususiyatlaridan kelib chikib, ularning syujet iva badiiy xususiyatlari ustida ishlash usullarini takomillashtirish davr talabidir.
- Mavzuning o`rganilish darajasi.: Xalq og'zaki ijodini o`rganish o`rqali o`quvchilarning ifodali o'qish malakasini takomillashtirish bo`yicha metodist olimlar aynan ilimiy izlanishlar olib borishgan bo`lmasalar-da, lekin shu mavzuga yaqin ishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Boshlang'ich sinflarda mazkur muammo bo`yicha metodist olimlar, jumladan, professor, K.Qosimova, S.Matchonov, X.G'ulomova, SH.Yo`ldosheva, SH.Sariyevning «Ona tili o`qitish metodikasi» (Т., «Noshir», 2009), boshlang`ich sinflarda o`qish darsliklariga ishlangan metodik qo`llanmalarda² - boshlang'ich sinf o`qish kitobiga yozilgab "1-sinfda o`qish darslari”, “2-sinfda o`qish darslari,
- Tadqiqot ob'ekti.: Boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodi namunalari: maqollar, matallar, topishmoqlar, ertaklar, tez aytishlar.
- Tadqiqot metodi.: Kuzatish, tahlil, so`rovnoma, tajriba-sinov.
- Tadqiqot maqsadi: Boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodi namunalarini o`rganish metod va usullarini ishlab chiqish orqali o`quvchilarning nutqini o`stirish.
- Tadqiqot vazifasi: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi masalalarni hal etadi : - boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodi namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar nutqini o`stirishning hozirgi ahvolini tahlil qilish; -boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodi asarlari ustida ishlash orqali o`quvchilar nutqini o`stirish usullarini takomillashtirish; boshlang'ich sinflarda xalq og'zaki ijodi asarlari ustida ishlash orqali o`quvchilar nutqini o'stirish usullarini tajriba-sinovdan o`tkazish va tajriba natijalarini umumlashtirib xulosalash, metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
- Tadqiqotning ilmiy-amaliy yangiligi.: -Boshlang'ich sinf o`qish darslarida o`rganiladigan xalq og'zaki ijodi namunalari matni ustidagi ishlar orqali o`quvchilarning ifodali o'qishga yo`naltirildi; -Ertak matni tahlilida uning syujeti, badiiy tasvir vositalari, tili ustida ishlash, ertakni qismlarga bo`lish, reja tuzish, ertak qahramonlariga tavsif berishga o`rgatish orqali o`quvchilarning ifodali o'qish usullarini ishlab chiqildi. - Masal, topishmoq, maqol ustida ishlash orqali o`quvchilarning ifodali o'qish metodikasi ishlab chiqildi.
- Bitiruv malakaviy ishning tarkibi.: Ish kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.
- BIRINCHI BOB: Boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodini o`rganishorqali o`quvchilar nutqini o`stirishning ilmiy-metodik asoslari 1.1. Xalq og'zaki ijodi va uning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati Xalq og'zaki ijodining eng boy va rang – barang janirlaridan biri - ertakdir. Ertaklarning ijtimoiy kelib chiqishi uzoq o`tmshga, ota – bobolarimiz zamonasiga borib taqaladi. Ertaklar oldin og`zaki tarzda avlodan-avlodga o`tib kelgan bo`lsa, yozuv paydo bo`lgach ikki xil shaklda: ham og`zaki, ham yozma shaklda bizgacha yetib kegan. Etaklar insoniyatning bitmas tugallmas madaniyati xazinasi sifatida bundan kryin ham yashayveradi. Ertaklar boshqa janrlardan o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Unda xalq hayoti, kurashi dunyoqarashi, urf-odatlari, hayotiy tajribalari o`z ifodasini topadi. Ertaklar xalq hayoti bilan juda yaqindan bog`langanligi uchun unda insonlarning ahloqiy va ma`naviy qiyofasi yoritiladi. Ertakning yana bir xususiyati badiiy umumlashmalarning ixcham, jonli va yuksak badiiy ifodalar orqali ta`sirlanishidir. Ularda ko`pincha qahramonlar nomi berilmaydai, ular boy, kambag`al, saxiy, hassis, shaxzoda kabi nomlanadi. Bu ertakda qanday g`oya ilgari surilayotganini oydinlashtirib turadi. O`zbek xalq ertaklari mazmuni tematikasi va poetic xususiyatlari va ularda ko`tarilgan muommolarga ko`ra quyidagi turlarga bo`lib o`rganiladi: 1) Majozli ertaklar; 2) Sehirli ertaklar; 3) Maishiy ertaklar. Tabiat olami bilan bog`liq ertaklar ham kichkintoylarga katta quvonch bag`ishlab keladi. Bolalar bepayon, go`zal, musaffo, dalalar, o`rmonlar, baland tog`lar, tezoqar daryo anhorlar bilan yaqindan tanishadilar, ulardan zavqlanadilar. Tabiat manzarasining tasvirlanishi asarning his hayajon ta`sirini kuchaytiradi, hamda bolalarda hayotga muhabbatini oshiradi, ularning his tuyg'ularini uyg'otadi. "Quyoshbobo nurlari”, “Uzun terak”, “ Shamol- botir”, “Qish ertagi" (2-sinfda), 4- sinfda Ollayorning "Rangin qorlar" ertaklari bunga misol bo`ladi. Majoziy, ya`ni hayvonlar haqidagi ertaklar juda qadim zamonda yaratilgan, ularda kuchlilar kuchsizlarni qanday qilib ranjitgani, azop bergani kabilat hikoya qilinadi. Ba'zan kuchsiz hayvonlar kuchli hayvonlarga chap berib qutilib qoladilar,
- Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi: Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi ibtidoiy jamiyatdga borib taqaladi. Ma`lumki, ibtidoiy inson o`ziga noma`lum bo`lib ko`ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan, har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiyatiga ta`sir qilgan. Ibtidoiy inson ularni o`zich izoxlashga majbur bo`lgan. Natijada ibtidoiy dunyoqarash, dastlbki fikr muloxazalar, miflar, afsona va ertaklar yuzaga kelgan. Sehrli ertaklardagi har bir epizod qahramonlarining hatti – xarakatlari sehr- jodu, mo`jiza, umuman olganda hayoliy obrazlar bilan bo`glanadi. “Urto`qmoq", "Oltin tuyoqli kiyik", "Zumrad bilan Qimmat” ertaklari sehrli ertaklar sanaladi.
- Qahramonlikni hikoya qiluvchi ertaklar:: "Uch og'a ini botirlar", "Alpomish”, “Mitti polvon" kbilardir. Sehrli afsonaviy ertaklarda, asosan, insonlar hayoti ularning tabaitgga munosabat dunyoqarashi, orzu umidlari ifodalanadi. 2 – sinf “O`qish kitobi" da berilgan “Uch to`qmoq
- Xulosa qilib aytganda: Xulosa qilib aytganda, ertak o`rganish darslarida o`quvchilarning bilimini boyitish, o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish, og`zaki nutqini o`stirish, shaxsini tarbiyalash, badiiy adabiyotga qiziqish uyg`otish muhim vazifalardan sanaladi.
- I.2. Boshlang'ich sinf o`qish darslarida masallarni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish usullari: Ma`lumki, tarbiya ko`proq ta`lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg`usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo`ladi va bu orqali o`kuvchilar ma`naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g`urur, matonat, mehr-oqibat, do`stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo`ladi. Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo`pollik, qo`rslik, yolg`onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang'ich sinf "O`qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o`rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o`rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o`quvchi matndagi e`tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o`qib o`tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o`rinni, bo`shliqni to`ldiradi. 3-sinf "O`qish kitobi”dan o`rin olgan "Qaysar buzoqcha” (O. Qo`chqorbekov) masali oilasi, o`rtoqlari, do`stlaridan ajralib, yomon yo`llarga kirib qolgan, oqibatda ko`ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya`ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo`linganni bo`ri yer” hikmatida o`z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan. "CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo`lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o`rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo`lishidan qat`iy nazar, so`rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da'vat etiladi. Masalni o`qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o`zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o`rganadilar. Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo`ndaligi, soddaligi, o`tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta`sir qiladi. Bular o`quvchilar nutqini o`stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe`l- atvorlari, nutqiy o`ziga xosliklari o`quvchining diqqatini o`ziga jalb qiladi. 2-sinf "O`qish kitobi”da berilgan "O`roq va Kombayn" masalida o`roq va kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo`lib, birgalikda mehnatga bel bog`lashlari kabi g`oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari haqidagi gap-so`zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 3-sinf "O`qish kitobi”da "Qaysar buzoqcha” (O. Qo`chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O`jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so`radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo`shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to`dasidan ajralib, bo`riga duch keladi, ya`ni ko`ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onaasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. "CHumoli va Tipratikan” masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida jamiyatimiz a`zolaridir. CHumoli hayotdagi halol, pok, to`g`riso`z insonlar bo`lsa, tipratikan o`g`ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilardir. "O`jar Toshbaqa
- 2.5. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida xalq maqollarini o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish: Boshlang'ich sinf o'quvchilari o`zbek xalqi o`zining ota-bobolari tomonidan yaratilgan maqollarni o`qib, ularning donishmandligidan voqif bo`ladilar. Maqollar ma`nosi ustida ishlash, ularni hayot bilan bog 'lash natijasida axloqiy sifatlarni: vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bilim olish va hunar o`rganish orqali vatan taraqqiyotiga hissa qo`shish, nutq madaniyatiga rioya qilish fazilatlarini egallaydilar. O`qish ko`nikmalari takomillashadi. Xalqi bilan faxrlanish tuyg'usi o'sadi. Quyida maqol o'tish darsi namunasini keltiraman:
- Mavzu. So`z ko`rki – maqol: Darsning maqsadi. Ta'limiy: Dono xalqimiz tomonidan yaratilgan hikmatlarning inson kamolotidagi xizmatini o`quvchilarga yerkazish. Maqollarning mavzusi, ... haqida ma`lumot berish. Tarbiyaviy: O`quvchilarda Vatanni qadrlash va vatanparvarlik tuyg'usini; til odobi, nutq madaniyatini egallashga, ilm olishga havas uyg`otish. Mehnatsevarlik yaxshi turmush garovi ekanini anglashlariga erishish. Rivojlantiruvchi: Nutqlarini maqollar bilan boyitish. Maqollar ma`nosini o`z so`zlari bilan, o`qigan asarlari, ko`rgan-kuzatganlari asosida izohlash ko`nikmalarini o'stirish. Metod: Izohli o`qish metodi, izlanish, “Aqliy hujum" metodi, "Tarmoqlash". Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash. Jihoz: Maqollar yozilgan plakat Nazorat: O`quvchilarning bilimlari savol-javob, mustaqil ishlar orqali aniqlanadi, faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi. Baholash: O`quvchilar reytingi dars oxirida e`lon qilinadi. Darsning borishi. Dars bosqichli izchillik tamoyili asosida 4 bosqichda tashkil qilinadi. 1- bosqich. Tashkiliy qism. (2-3 daqiqa) 2- bosqich. O`tilgan mavzu ustida ishlash. (7-10 daqiqa) 1. Xalq qo`shiqlarini yod ayttirish. ("Yomg`ir yorug` kuning bo`ladi", "Qurbaqa", "Alla", "Qaldirg `och" va hokazolar) Xalq qo`shiqlaridan namunalar: Qaldirg'och g`och-g`och, Eshigingni och-och. Eshigingni ochmasang, Pista-bodom sochmasang, Osh-qatig `ing icharman, Cho`lga qarab qocharman. Laylak keldi, ilon, qoch, Bola-chaqang olib qoch. Yangi to`ning kiyib qoch, Eski to`ning tashlab qoch. 2. "Qurbaqa" qo`shig `ini ifodali yod aytish musobaqasi. 3. "Qurbaqa" qo`shig`i matni yuzasidan suhbat. *Qurbaqa bilan kim suhbatlashdi? *U qurbaqadan nimalar haqida so`radi? *Nima uchun oyig `i, ko`zi haqida so`radi? *Qurbaqa nima deb javob berdi? *Siz nima deb o`ylaysiz? Qurbaqa savollarga to`g`ri javob berdimi? *Siz qanday xulosaga keldingiz? (Oyoqyalang yurish oyoqning beso`naqay o`sishiga olib keladi. Ko`zni avaylash kerak. Shunda ko'zoynakkar ehtiyoj bo`lmaydi.) 4. "Qurbaqa" qo`shig`ini rollarga bo`lib o`qitish. 5. "Kim tez va to`g`ri joylashtiradi?” o`yini . Topshiriq. Qo`shiq bandlarini tartib bilan joylashtiring. (Vaqt 1 daqiqa.) Guruhlarga kartochkalarga ikki qatordan qilib yozilgan qo`shiqni beradi. Kim birinchi tartiblashtirib, o`qib bersa shu g`olib bo`ladi. 50
- IKKINCHI BOB BOYICHA XULOSALAR: 1.Ertak o`qish darslarida aqliy hujum, izohli o`qish, badiyy vositalarni izohlar, qayta hikoyalash "Eng yaxshi ertak aytuvchi” konkurslarini tashkil etish kabi ishlar o`quvchilar nutqini o`stirishga xizmat qiladi. 2. Masal janrida rollarga bo`lib oqish, sahnalashtirish, qissadan hissa yod oldirish o`quvchilar nutqini o`stiradi. 3. Xalq qo`shiqlarini o`rganishda qo`shiq kuylash va qo`shiq aytish musobaqasi, maqollarning mavzusini tarmoqlarda ifoda etish, "Maqolni davom ettir" o`yini, "Kim tez va to`g`ri joylashtiradi?" o`yini, topishmoq, qo'shiq, maqollar o`quvchilarning aqliy o'sishiga va nutqiga katta ta'sir ko'rsatadi. 4. Noan'anaviy tashkil qilingan xalq og'zaki ijodini o`qish darslarii o`quvchilarning asar matnini tushunib o`qish, qahramonlariga tavsif berish, qismlarga bo`lib tahlil qilish, reja tuzish ko`nikmalari rivojlantirish bilan bir qatorda asar yuzasidan mustaqil fikrlash, o`zi ijodiy ertak yaratish malakalarini shakllantiradi, nutqini o`stiradi.
- Boshlang'ich sinf o`qish darslarida xalq og'zaki ijodini o`rganish orqali o`quvchilar nutqini o`stirish bo`yicha tajriba-sinov ishlari: Tadqiqot mavzusi yuzasidan dastlab metodik adabiyotlar, boshlang'ich sinf davlat ta`lim standarti, ona tili dasturlari va maktab darsliklari o`rganildi. So'rovnoma savollari tuzilib, unda xalq og'zaki ijodini o`rganish darslarini tashkil etishning ahvoli aniqlandi. So'rovnoma Toshkent shahridagi 13 ta o`qituvchidan olindi. Yuqorida ertak, masal, topishmoq, qo`shiq va maqollarni o`rganish bo`yicha tavsiya etilgan dars namunalari Toshkent shahri Shaxontahur tumanidagi 84- maktabda 34-maktabda tajriba sinov ishlari o`tkazildi. Tajribada 4-sinflardan jami 65 o`quvchi ishtirok etdi. Tajriba natijalari quyidagi ko`rsatkichda ifoda etdik: Biz taklif etgan tavsiyalar, usullar asosida mashg`ulotlar tashkil qilindi. Bu bosqishda quyidagi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi: 1. O`qituvchi va o`quvchilar faoliyati doimiy kuzatildi. 2. Dars ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil qilindi. Maxsus tavsiyalar asosida o`tkazilgan pedagogik tajribaning natijalari quyida keltirilgan va tahlil qilingan. Pedagogik tajriba boshlanishidan oldin tanlab olingan sinov sinflardagi o`quvchilarning bilimi, o` qish ko`nikmalari, lug`at boyligi, bog`lanishli nutqi bilan oddiy sinflardagi o`quvchilarning bilimi, o`qish ko`nikmalari, lug`at boyligi, bog`lanishli nutqi o`rtasida katta farq yuzaga keldi. Bular og'zaki savol- javob, test nazoratlari, yozma ishlar natijalarida sezildi. Eksperiment sinflardagi o`quvchilarni xalq og'zaki ijodi janridagi asarlar matni ustida ishlash ko`nikmalari asosida olgan baholarini keltiramiz.
- Umumiy xulosa: 1. Boshlang'ich ta'limda ta`lim samaradorligini oshirish, Davalat ta`lim standartlarining, bajarilishini ta`minlash, ta`limninig sifatli ko`rsatkichini kafolatlashda boshlang'ich sinf o`qish darslarini tashkil etish metodikasini takomilllashtirish hal qiluvchi omillardan bo`lib qolmoqda. 2. Boshlang'ich ta`limda o`rganiladigan xalq og'zaki ijodi katta ta`limiy- tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 3. 1-4-sinf o`qish va nutq o'stirish darslarida Vatan, yil fasllari, tarixiy voqealar, maktab, kishilar mehnati, kattalar o`giti, qushlar va hayvonlar haqidagi mavzularni o`rganadi. Xalq og'zaki ijodi janridagi asarlarni o`rganishni ham o`quvchilar quyi sinflardan boshlaydi. 1-4-sinfda ertak, masal. Topishmoq, maqol, tez aytish va hokazolarni o`qish o`quvchilarning eng sevimli mashg`uloti. Bu mashg`ulotni yanada qiziqarli uyushtirish darsda asar matni ustida ishlashga, qiziqarli ish turlaridan foydalanishga bog'liq. 4. Noan'anaviy tashkil qilingan xalq og'zaki ijodini o`qish darslarii o`quvchilarning asar matnini tushunib o`qish, qahramonlariga tavsif berish, qismlarga bo`lib tahlil qilish, reja tuzish ko`nikmalari rivojlantirish bilan bir qatorda asar yuzasidan mustaqil fikrlash, o`zi ijodiy ertak yaratish malakalarini shakllantiradi, nutqini o`stiradi. 5.Muammoli asosda tashkil etiladigan noan'anaviy o`qish darsi o`quvchining hayotda duch keladigan mummolarni aql bilan yechishga o`rgatadi, Mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantiradi. Ertak va masalni o`qishda o`quvchini darsga qiziqtiradigan, e`tiborini asosiy fikrga qarata oladigan ish turlaridan: ertak va masal qahramonlari maketlari asosida ertak bilan tanishtirish, ro`llarga bo`lib o`qitish, ertakning badiiy tili ustida ishlash mashqlarini tashkil etish, ertak qahramonlarining hayotlari taqqoslovi tizimidan, testlardan foydalanish, rasm chizish, sahnalashtirish, ertak asosida tadbirlarda ishtirok etish kabilar o`quvchilar nutqini o`stirishnang garovidir. 6. Ertak o`qish darsida turidan foydalanish, goyasini ochishda maqollar toptirish, baxs-munozara elementlaridan foydalanish o`quvchilar nutqini o`stiradi. 7. Xalq topishmoqlarini o`tishda "Topgan topaloq", maqollarni o`tishda "Hikmatlar xazinasi”, “Maqollar mushoirasi", tez aytishlarda “Kim tez va to`g`lri aytadi?”, qo`shiqlarni o`tishda “Olamni tutsin qo`shiq” mavzusi ostida qo`shiq kuylash kabi ish turlaridan foydalanish o`quvchi nutqini o`stiruvchi ish turlaridir.