Юмшоқ буғдойнинг турли иқлим шароитларга мосланувчанлиги асосида янги навларини яратиш

Ushbu dissertatsiya

Asosiy mavzular

  • Kirish: Ushbu bo'limda mavzuning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, maqsad va vazifalari shakllantirilgan, ob'ekt va predmetlar tariflangan, fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan, tadqiqot usullari, muammoning o'rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi bayon etilgan, izlanishlarning amaliy natijalari ochib berilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etilishi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya hajmi va tarkibi bayon etilgan.
  • Tadqiqot o'tkazish joyi, tuproq-iqlim sharoitlari va tadqiqot uslublari: Ushbu bobda tajribalar olib borilgan joy va uning sharoitlari, tadqiqotlarda foydalanilgan ilmiy materiallari, seleksion va statistik usullar haqidagi ma'lumotlari bayon etilgan.
  • Tajriba natijalari: Ushbu bobda tadqiqotdan olingan natijalar tahlil qilingan.
  • Yumshoq bug'doy duragaylarida qimmatli-xo'jalik belgilarining irsiylanishi va o'zgaruvchanligi: Jahon kolleksiyasi namunlari hamda mahalliy nav va tizmalar o'rtasida o'tkazilgan duragaylash natijalarining gidridologik tahlillari keltirilgan.
  • Turli iqlim sharoitlarida yumshoq bug'doy nav va namunalarini miqdoriy belgilar bo'yicha klaster tahlili: 3 ta mintaqa iqlim sharoitida olib borilgan tajriba natijalari asosida, nav va namunalar klasterlarga ajratishda Statgraphics kompyuter dasturida genetik yaqinlikning o'lchovi sifatida Euclidean masofasidan, birlashtirish usuli sifatida esa Ward usulidan foydalanilgan holda aniqlangan.