Ўрта ва узоқ масофаларга югурувчилар учун мураббийнинг касбий-педагогик фаолияти
Ushbu o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, sport maktablari, kasb-hunar kollej murabbiy va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib. O’quv qo’llanma o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar mashg’uloti jarayonini boshqarish, mashg’ulotlarni qonuniyatlari, murabbiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari, musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlarida murabbiyning va o’qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatini shakllantirishda, mashg’ulotlar jarayonini tashkil qilish hamda o’tkazishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Yosh avlodni jismonan sog’lom aqlan etuk bo’lib o’sishlarida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu borada qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib bermoqda. Xususan “Ta’lim to’g’risidagi”1 qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”2, “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonun3, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil qilish to’g’risida»gi4 farmoni va boshqa bir qancha qonun va farmonlar ta’lim muassasalari va boshqa turdagi sport jamiyatlarida sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil etish, bolalarni jismoniy, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish, murabbiylar va o’qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish talab qilmoqda.
- O’rta va uzoq masofalarga yugurishning rivojlanish tarixi: O’rta va uzoq masofalarga yugurish tarixi kishilik jamiyatining tarixi bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi. Ibtidoiy tuzum davrida ovchilar qochib borayotgan yovvoyi hayvonlarga nayza sanchishi va jarohatlangan hayvonning nobud bo’lishini kutish uchun uning orqasidan uzoq masofaga yugurib borishi talab qilingan. Quldorlik tuzumi davrida esa yugurish jismoniy jihatdan rivojlanishning bir qismi hisoblangan. Qadimgi davrda Olimpiada o’yinlarida dastlab 1 ta bosqichda (192,27 m) yugurish amalga oshirilgan. Keyinroq o’yinlar dasturi kengaytirilgan bo’lib, uning tarkibiga 24 ta bosqichni ya’ni 4610,44 metr masofani o’z ichiga oluvchi, uzoq va o’rta masofalarga yugurish kiritilgan.
- Murabbiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari: Sport mashg’ulotlari pedagogik jarayon bo’lib, u murabbiy tomonidan uzoq yillar davomida har kuni o’tkazilib boriladi. Mashg’ulotlardan tarbiyaviy maqsad ko’zlangan bo’ladi va u pirovardida sportchi tomonidan yuqori natijalarga erishilishiga mo’ljallangandir. O’quv mashg’ulot jarayonining asosiy qismlari – rejalashtirish, tashkillashtirish, mashg’ulotlarni reglamentlashtirish, ya’ni kunning ma’lum vaqtida o’tkazish, sportchining kundalik rejimi, pedagogik va tibbiy nazorat kabilar bo’lib hisoblanadi. Yuguruvchining mashg’ulotlari o’ziga xos ahamiyat kasb etib, u individual tarzda olib boriladi va masofaning uzunligiga bog’liq holda shaxsiy uslublar asosida o’tkaziladi. Shu bilan birgalikda uslublarning o’ziga xosligi va turlichaligi sportchining jismoniy xususiyatlarining rivojlanishi va harakat ko’nikmalarining shakllanib borishi kabi tabiiy – fiziologik qonunlarga tayanganlikka asoslangan bo’ladi va u mashg’ulotlar jarayoning asosini tashkil etadi. Mashg’ulotlarga individual yondashuv – sportchining jinsi, yoshi, salomatligi, sport tayyorgarligi darajasi, yashash sharoiti kabi shaxsiy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda uning jismoniy va ruhiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanib borishi, harakatlanish ko’nikmalarining egallab borishi darajasi va qolaversa uning shaxs sifatida shakllanib borishi kabi xususiyatlarining murabbiy tomonidan atroflicha hisobga olinib va ulardan kelib chiqib tashkillashtiruvchi jarayondir.
- Mashg’ulotlarning asosiy vositalari: O’rta va uzoq masofaga yuguruvchining tayyorgarligi – bu ko’p qirrali jarayon hisoblanadi. U o’z tarkibiga jismoniy, texnik taktik va irodaga oid tayyorgarlkni qamrab oladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning maqsadi – muhim hisoblangan harakat sifatlarini: kuch, tezkorlik, egiluvchanlikni rivojlantirishdan tashkil topgan. Maxsus tayyorgarlikning maqsadi – u tayyorlanayotgan masofa talablariga mos keluvchi sportchining maksimal chidamliligini rivojlantirishdan tashkil topadi. Chidamlilikning mezoni sifatida yuguruvchining uzoq vaqt davomida qadam optimal chastotasi va uzunligini ushlab turishi qayd qilinadi. Ushbu joydan tezlik va kuch sifatlari tushunchalari kelib chiqadi. Agar, yuguruvchida qadamlar tempi susayishi qayd qilinsa, demak unda tezlikka oid chidamlilik etarli emasligi qayd qilinadi, agar qadam uzunligi susayishi kuzatilsa, u holda kuchga oid chidamlilikning etarli emasligi baholanadi. Yuguruvchining maxsus tayyorgarligi asosiy vositasi sifatida turli xil shakllardagi, jumladan joy, stadion, tog’, tog’ oldi, qumlik, qor qoplami va boshqalar bo’ylab takroriy va tanaffus ko’rinishidagi yugurishning o’zi qayd qilinadi. Turli xil masofalarga yugurishda mashq qilishning vositalari va usullari musobaqa vaqtida sportchi organizmida amalga oshuvchi biokimyoviy jarayonlar bilan belgilanadi.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning jismoniy tayyorgarligi: O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarda maxsus chidamlilik darajasi yuqori bo’lishi talab qilinadi, ya’ni yugurish tezligining qisman o’zgarishlari sharoitida (start davomida tezlik olish, masofa bo’ylab olg’a intilish, marraga yaqinlashish masofasida tezlashish) butun masofani o’zi uchun maksimal yuqori tempda bosib o’tishi talab qilinadi. Maxsus chidamlilikni shakllantirish uchun asos sifatida yuguruvchi sportchining jismoniy va kuch jihatidan tayyorgarligi darajasi, uning umumiy chidamliligi va tezkorligi qayd qilib o’tiladi. 800-1500 metr yoki 3000, 5000, 10000 metr masofaga yuqori tempda yugurish uchun sportchi baquvvat muskullarga ega bo’lishi, elastik va mustahkam pay bog’lamlari mavjud bo’lishi, bo’g’imlar harakatchanligi yuqori darajada bo’lishi talab qilinadi. Ana shuning uchun xam o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi sportchilarning mashg’ulotlari tarkibiga yuk bilan mashq bajarish, gimnastika snaryadlarida mashq bajarish, turli xildagi sakrash va tezlik – kuchga oid mashqlar kiritiladi.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning texnik tayyorgarlik: Yuguruvchilarning texnik tayyorgarlik darajasi uning harakatlarining samaradorligi va tejamkorligi bilan aniqlanadi. Yugurish texnikasini tahlil qilish asosida, harakatlanish birligi sifatida ikki qadam qo’yish yoki stikl qabul qilinadi. Har bir stikl ikkita tayanch (chap va o’ng oyoq yordamida) davri va ikkita uchish fazalaridan tashkil topadi. Yugurish davomida ichki va tashqi kuchlarning (tashqi kuchlarga muhitning qarshiligi, og’irlik kuchi va tayanch reakstiyasi kiritiladi) o’zaro ta’sirlashishlari natijasida yuguruvchining tanasi doimiy ravishda vertikal va gorizontal yo’nalishdagi tebranishlarni his qiladi. Bundan tashqari, yuguruvchining vazifalaridan biri – harakatlarning to’g’ri chiziqliligini ta’minlashga qaratiladi, bunda tananing yonga va gorizontal yo’nalishda haddan ziyod tebranishlaridan qochish talab qilinadi.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning taktik tayyorgarlikgi: Hozirgi vaqtda har qanday ko’lamdagi musobaqalarda kuchiga ko’ra tahminan teng bo’lgan ko’plab yuguruvchilar ishtirok etishi qayd qilinib, bu holatda kim nisbatan taktik jihatdan yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo’lsa va masofa bo’ylab kurash davomida o’ylangan holatda mo’ljal ola bilsa, o’sha sportchigina g’alabani qo’lga kiritishi kuzatiladi. Ko’pgina yuguruvchilar, hatto mashhur yuguruvchilar ham taktik mahoratni egallashda sinovlar va xatolarga yo’l qo’yishlar orqali uzoq yo’lni bosib o’tishlari qayd qilinadi. Yuguruvchilar orasida har bir davrda namuna bo’la oluvchi vakillar mavjud hisoblangan. Jumladan, ular qatoriga F.Vanin, V.Kust, I.Filin, S.Popov, N.Sokolov, P.Bolotnikov, I.Belyaev, V.Kudinskiy va boshqalarni qo’shish mumkin. Afsuski, ko’p holatlarda ularning taktik jihatdan to’plagan tajribalari etarlicha darajada tahlil qilinmagan va umumlashtirilmagan, o’z navbatida ushbu tajribalardan keng sportchilar ommasiga samarali tadbiq etilishi amalga oshirilmaydi. Taktik tayyorgarlikning o’zi nima? Bu – maxsus bilimlarni o’zlashtirish, ko’nikma va malakalarni egallash, ularni belgilangan maqsadlarni hal qilishda maqsadga yo’naltirilgan ko’rinishda qo’llash – kutilgan natijalarni ko’rsata olish yoki ma’lum bir o’rinlarni egallash jarayoni hisoblanadi.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning psixologik tayyorgarlikgi: Bugungi sportda sportchilarning ruhiy tayyorgarligi jihatlariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Yengil atletikachi ruhiy tayyorgarligi holatini boshqarish uchun murabbiy uning shaxsini o’rganib chiqishi talab qilinadi. Chunki sportchi-yuguruvchi shaxsini faqat bir toonlama, ya’ni faqat uning sport faoliyatini o’rganish va uning sport faoliyatini o’rganish va uning kundalik turmush tarzi va faqatgina uning o’zigagina xos bo’luvchi sport iqtidori jihatlarini o’rganmaslik mumkin. Sport ruhiy ta’sir o’tkazishning muvaffaqiyati murabbiyning sport faoliyati umumiy ruhiy tasnifi bo’yicha ega bo’lgan bilim saviyasi darajasiga bog’liq. Ikkinchi muhim shart bo’lib, sport turining va sportchi shaxsini o’rganish bo’yicha psixogramma bilimlariga ega bo’lish hisoblanadi. Ruhshunoslarning fikricha, shaxs muammolari echimi insonni shaxs sifatidagi barcha xususiyatlari to’plamida ham, uni qurshab turuvchi tashqi sharoitlarda ham emas, balki uning jamiyatdagi tutgan kundalik turmushidan izlanishi kerak. Zero, buning rostmana hayoti hisoblanadi. Sportchi avvalo inson, kasb egasi, jamoat faoliyatiga, o’z oilasiga ega. Shuning uchun faqat uning sport faoliyatini o’rganish sezilarli samara bermaydi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, sport faoliyati deyarli hamma vaqt sportchiga shaxsiy yondashuv talab qiluvchi qiyin va ekstremal sharoitlarda kechadi.
- Murabbiyning tarbiyaviy ishlardagi o’rni: Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bolalikdan boshlaboq jimoniy va ruhiy jihatdan baquvvat, har tomonlama kamol topgan, kelajakda shu vatanga sadoqat bilan xizmat qiluvchi yosh avlodni tarbiyalashdan iborat. Tarbiyaviy ishlarning samarasi murabbiy tomonidan sportchi tarbiyasiga keng kamrovli yondashuviy, ya’ni siyosiy –g’oyaviy, ma’naviy va mehnat tarbiyasining yaxlitligini ta’minlay olishiga bevosita bog’liqdir. Sadoqat, burch, halollik, el-yurtga xizmat qilish hisi, Prezidentga hurmat kabi muqqadas tushunchalar dastlabki mashg’ulotlardan boshlab sportchi ongi va shuuriga singdirib borilishi shart. Hozirgi davrda jamiyatdagi ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy sharoitlar xalqimizning turmuz tarzi, atrof muhit tomonidan insonga o’tkazilayotgan ta’sir kabi omillar har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashda hal qiluvchi o’rin tutmoqda. Inson, jumladan sportchi ham, o’z xatti-xarakatlar yurish –turishi jamiyat oldida nechog’li muhim va foydali ekanligini chuqur anglab etishi lozim.
- Sport mashg’ulotlarining prinsiplari: Mashg’ulotlar jarayonini tuzib chiqish va uni amalga oshirishning asosini mashg’ulot prinsiplari, tashkil etadi. Pedagogik prinsip - bu ilmiy asoslangan, rejalashtirilgan va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan sport mashg’ulotlari qonun va qoidalardir. Ularni qo’llash, avvalo, inson va uni o’rab turgan atrof-muhit uyg’unligini anglab yetishdan kelib chiqadi. Ular bir butun organizmga tana a’zolari va tizimlarit o’rtasidagi uzviylikdan, mashg’ulot yuklamalarining sportchining funksional va tana moslashishi imkoniyatlariga mos ravishda to’g’ri tuzib chiqilganligi, organizm qaytatiklanish uchun to’ldirishlar (kompensatsiya) o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklardan kelib chiqadi. Mashg’ulotlar davrida qo’llaniladigan eng muhim va hal qiluvchi prinsiplarga misol qilib, hartomonlamaviylik, ixtisoslashtirish, onglilik va faollik, birin ketinlik, takroriylik, ko’rgazmalilik va shaxsiyliklarni sanab o’tish mumkin. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchi yengil atletikachilar mashg’ulotlarida sanab o’tilgan prinsiplardan birini alohida ta’kidlash nisbiy qabul qilingandir, chunki bu prinsiplarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular birgalikda yagona tizimni tashkil etadilar.
- Musobaqa oldi tayyorgarlik davrida murabbiyning faoliyati: Sport mashg’ulotlarining murabbiydan kasbiy yetuklik va pedagogik mahorat darajasi yuqori darajada bo’lishini talab qiluvchi bosqichlaridan biri musobaqa oldi tayyorgarligidir. Bu bosqichda murabbiy o’z faoliyatini sportchini musobaqalarda yuqori sport formasiga erishib etib kelishini ta’minlashga qaratishi kerak. Ma’lumki yuqori sport formasiga erish sport mahoratining rivojlanishining mantiqiy davomidir. Sportchini musobaqalar oldidan yuqori sport formasiga erishtirishning davomiyligi sportchining tayyorgarlik darajasi va malakasiga bog’liq. Masalan III va II razryadli sportchilarga yuqori sport formasiga erishish uchun 20-25 kun vaqt sarflansa, I razryadli sportchilar va sport ustaligiga nomzodlar 7-10 kun mobaynida bunga erisha oladilar. Sport formasi deganda biz sportchining yuqori ishchanlik qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beruvchi harakatlanish fiziologik va ruhiy sifatlarga ega bo’lishii tushunamiz.
- Qayta tiklanish vositalaridan foydalanishning ahamiyati: Zamonaviy sportda mashg’ulotlar yuklamalari darajasi shunchalik ortdiki, sportchi organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun maxsus vositalardan foydalanmasdan turib, sport faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin bo’lmay qoldi. Undan tashqari, oshiqcha ruhiy va jismoniy toliqishlar faqatgina ishchanlik qobiliyatini pasaytiribgina qolmasdan, har xil kasalliklarga chalinishga mayillikni ham kuchaytiradi. Qayta tiklanish jarayoni unga tizimli yondoshuvni talab qiladi va butun mashg’ulotlar jarayoni mobaynida keng qamrovli tadbir choralar ishlab chiqish extiyojini tug’diradi. Sport fiziologiyasidan ma’lumki, ish faoliyati va qayta tiklanish jarayoni sport mashg’ulotlari jarayonining ikki tomonidan bugungi kunga kelib sportchining funksional imkoniyatlarini qayta tiklash uchun zaruriy vosita va usullar to’plamini tanlash va tashkil qilish birinchi darajali zaruratga aylandi, chunki u nafaqat yuqori ko’rsatkichlar namoyish qilish omili, balki sportchi sog’ligini asrash va u uzoq muddat o’z sport faoliyatini davom ettirishi garovi bo’lib ham xizmat qiladi.
- O’rta va uzoq masofaga yugurish texnikasi: O’rta masofalarga yugurishga 800 m va 1500 m ga yugurish, uzoq masofalarga yugurishga 3000 m dan 10000 m gacha yugurishlar kiradi. Ular stadionda yoki kross masofalarida o’tkaziladi. Yugurish jarayonini shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin: start va startdan tеzlik olish, masofa bo’ylab yugurish va marraga еtib kеlish. Yugurish tехnikasi asoslari eng konsеrvativ bo’lib, ko’p asrlar davomida ular jiddiy o’zgarmagan. Еtakchi sportchilarning individual tехnikasini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar faqat kichik o’zgarishlar kiritilishiga asos bo’lgan. Asosan turli хil omillarning yugurish tехnikasiga ta’siri, yugurish tеzligini hosil qilishda ma’lum bir mushaklarning ishi aniqlangan, yugurish tехnikasi asosiy tavsiflarining biomехanikaviy paramеtrlari bеlgilab bеrilgan (1-rasm).
- Yugurish texnikasi asoslari: Yugurishning ta’rifi. Yugurish – insonning tabiiy, stiklik, lokomotor harakatidir. Yuguish harakatining asosi qadam hisoblanadi. Bir oyoqda erdan depsinib, yuguruvchi bir muncha masofani boshqa oyoq erga qo’yilgan maxalgacha havoda bosib o’tadi. Bu vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan tayanchli va tayanchsiz holatlar yugurishning stiklik mashq deb atalshga asos bo’lgan. Yugurish va barcha lokomastiyalar (yurish, suzish va boshqalar) shu bilan ifodalanadiki, tananing ayrim a’zolari (tananing o’zi ham) harakat jarayonida dastlabki holatga ko’p marta qaytadi, ya’ni harakatning bir xil stikllari ko’p marta takrorlanadi. Yugurishda stikl deganda har qanday holatdan boshlab, tana a’zolari erkin tanlangan harakatdan to dastlabki holatga qaytguncha va butun tananing barcha harakatlari yig’indisini tushunish lozim.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar boshlang’ich tayyorgarlik mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlari: O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning tayyorgarligi usullari masalasiga ko’p sondagi tadqiqotlar bag’ishlangan. Biroq, bu ko’rinishdagi tadqiqot ishlari odatda kvalifikastiyaga ega bo’lgan sportchilarning tayyorgarligi samaradorligini oshirishga yoki boshlang’ich tayyorlov davridagi yuguruvchilarning tayyorgarligi masalasiga qaratiladi. Shu bilan bir vaqtda, oily o’quv yurtlariga kiruvchi va o’rta va uzoq masofalarga yugurish sport turiga ixtisoslashtiriluvchi o’smir yigitlar va qizlar 17 – 18 yoshda bo’lishi kuzatilib, odatda ularda ma’lum bir qo’lga kiritilgan natijalarni ko’rsatuvchi, razryadlar belgilanishi bo’yicha tegishli me’yorlar talablariga mos keluvchi ma’lum bir razryadlar mavjud emasligi qayd qilinadi.
- O’rta va uzoq masofalarga yugurish tехnikasini o’rgatish uslubiyoti: O’rta va uzoq masofaga yugurish tехnikasini o’rgatishda stadiondan tashqarida bo’lgan har хil tеkisliklarda o’rgatilsa maqsadga muvofiqdir, chunki uzoq masofaga yugurishlardan musobaqa o’tkazilishi asosan stadiondan tashqarida o’tkaziladi. Quyidagi uning vazifalari, vositalari va uslubiy ko’rsatmalari kеltirilgan. 1-vazifa. O’rta va uzoq masofalarga yugurish tехnikasi bilan tanishtirish. Vositalar: 1. O’rta va uzoq masofalarga yugurish tехnikasi хususiyatlarini tushuntirish. 2. Yugurish tехnikasini malakali yuguruvchi tomonidan ko’rsatib bеrish. 3. Jahon, Osiyo, O’zbеkistonda o’rta va uzoq masofani rivojlanishi, rеkordlar haqida tushuntirish. 4. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib tехnikani tahlil qilish. 5. Musobaqa qoidalari bilan tanishtirish. Uslubiy ko’rsatma. Yugurish tехnikasi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollaridan foydalaniladi. O’rta va uzoq masofaga yugurish tехnikasini ko’rsatganda, shug’ullanuvchilar yon tomonda bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Yugurishni avval to’g’ri yo’lkada, so’ngra burilishda yugurib ko’rsatish kеrak.
- O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning maxsus mashqlari: Irsiy jihatdan uzatiluvchi (genetik belgilanuvchi) holat hisoblangan – yuguruvchilarning harakatlanish apparati qisqarish xususiyati yuqoriligi va taklif qilinuvchi maxsus mashqlar yugurish tezligi oshirilishi vazifasini hal qilishni tezlashtirish imkonini beradi. Yugurish tezligi, tezkorlik, oyoq va qo’l harakatlari amplitudasining yuqoriligi kuchga oid sifatlarning yorqin holatda (shu sababli unga erishish juda qiyin hisoblanadi) portlash tarzida aks etishiga bog’liq bo’lib, uning impuls ko’rinishida vujudga kelishi – birinchi yo’nalish sifatida o’rin tutadi. Bo’g’imlarda harakatchanlikda ishtirok etish jarayonida saqlanib qoluvchi zahira energiya maksimal tezlikka erishishda sarflanadi. Juda tezkor yugurishlarda va tezkor tarzda charchash, toliqish yuzaga kelish holatlarida bo’shashlarni (erkin harakatlanish) nazorat qilishni o’rganish juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
- XULOSA: Zamonaviy sportda murabbiy shaxsi doimiy ravishda o’z bilimlarini va malakasini oshirib borish, ijodkorlik, erishilgan natijalardan qoniqmaslik talab qiladi; u qat’iy bo’lishi va yuksak ma’naviy xislatlarga sohibi bo’lishi kerak. Bulardan tashqari jiddiylik, xushmuomalalik, bir so’zli bo’lish, bosiqlik har doim pedagogga xos bo’lgan xususiyatlar xisoblanib kelgan. Murabbiy har doim shogirdlarining hulq-atvoriga toqatli bo’lishi, ularning xato va kamchiliklarini tuzatishda erinmasligi kerak. Mehribonlik va samimiyat malakali murabbiyga xos bo’lmog’i lozim. Albatta bunga mexribonlik e’tiborsizlikka samimiyat va oddiylik loqaydlikka aylantirib yuborilmasligiga e’tiborni qaratish muhimdir. Murabbiy faoliyatida ikir-chikrlarga o’rin bo’lmasligi kerak, chunki ular intizomning bo’shab ketishiga va jiddiy xatolarga olib keladi. Murabbiy har doim talabchan bo’lishi va o’z hulq- atvorini nazorat qilib borishi kerak. U barcha shogirdlariga bir xil munosabatda bo’lishi kerak. Alohida sportchiga emas, bulki butun guruxga murojaat qilish murabbiy bilan sportchilar o’rtasida iliq, do’stona munosabatlar shakllanishiga olib keladi. Murabbiyning o’zini to’g’ri tutishi o’quvchilarda faollilikni va mustaqillikni oshiradi. Shogirdlarining mag’lubiyat va muvaffaqiyatsizliklarini to’g’ri qabul qilishi, ularning tushukunlikka borishlariga yo’l qo’ymasligi, raqiblarni xurmat qilishga o’rgatishi, madaniyatli va tarbiyasida nuqsoni bo’lmagan insonlarni tarbiyalashni amalga oshirishi kerak. Xotirjamlik va xushfe’llik odatiy turmush tarziga aylanishi kerak.