Toqimachilik sanoatida mashinalarni ishlab chiqarish loyihalari
“Toqimachilik sanoatida mashinalarni ishlab chiqarish loyihalari” fanining ishchi o‘quv dasturi O’zbekistоn Respublikasi Оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida 2020 yil 30 oktyabrda № BD 5321500-2.07-raqam bilan ro’yahatga olinib, vazirlik tomonidan 2020 yil 7 dekabrda tasdiqlangan “Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari” fani dasturi asоsida tayyorlangan. Fan nomi: “Mashinasozlik sanoatida mashinalarni ishlab chiqarish loyihalari”. Mavzu: Umumiy ma'lumotlar, kesish tartiblari, aniqlik, asoslash, mashinasozlik jihozlari, tishli g'ildiraklar bilan ishlash, rezba qirqish, yuzalarga ishlov berishning maxsus usullari, quyimni hisoblash va moslamalarni loyihalash. Fan jahon standartlari asosida tayyorlangan. Ushbu fan ishchi dasturi talabalarga mashinasozlikning nazariy va amaliy bilimlarini beradi va kelajakda kasbiy faoliyatida keng qo'llash imkonini beradi.
Asosiy mavzular
- Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari: Mashinasozlik texnologiyasi – bu mashinalarni talab etilgan sifat va sonda, ma’lum vaqt oralig’ida, kam xarj qilib tayyorlash to’grisidagi fandir. Mashinasozlik texnologiyasi – cho’yan va po’lat eritish, ularni sinflarga ajratish va quyma metallarni bosim bilan ishlashni o’rgatuvchi fandir. Mashinasozlik texnologiyasi- tayyor maxsulot yoki mashinilarni tayyorlashda kesuvchi asboblarni tanlashni hamda almashtirishni o’rgatuvchi fandir. Mashinasozlik texnologiyasi – cho’yan va po’lat eritish, ularni sinflarga ajratish hamda texnologik jarayonlarni tuzishni o’rgatuvchi fandir.
- Aniqlikka ta’sir etuvchi omillar: Mexanik ishlov berish natijasida olingan detal aniqligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan aniqlanadi: -detal yoki ayrim elementlarni geometrik shakldan og’ishi; -haqiqiy o’lchamlarni nominalidan og’ishi; -detal yuza va o’qlarini o’zaro joylashuvidan og’ishi (masalan, paralellik, perpendikulyarlikdan og’ishlar). Ishlov berishni mehnat hajmi va tannarxi bevosita talab etilayotgan aniqlikka bog’liq bo’ladilar va o’zgarmas boshqa sharoitlarda, aniqlikni oshishiga mos holatda tannarxi ham kattalashadi.
- Detallarni asoslash: Detalni asoslash – bu tayyorlama yoki maxsulotni tanlangan koordinata tizimiga nisbatan talab qilingan xolatga keltirishdir. Asoslash uchun tayyorlamaning asos yuzalari (qisqacha ayo’tganda asoslari) xizmat qiladi. Asos – bu tayyorlama yoki maxsulotni asoslashda ishlatiladigan va ularga tegishli bo’lgan yuza (a) yoki shu vazifani bajaruvchi yuzalar majmuasi (a`), o’qlar (b) va nuqtalar (b`) (8.1-rasm).
- Mexanik ishlov berishda umumiy xatolikni hisoblash: Mashina va detallarning tayyorlash jarayonida ta’minlangan aniqligi ularning puxtaligi, chidamliligi, yig’ish, eksplutatsiya qilish va ta’mirlashning qulayligi, tayyorlash va yig’ishning qiymati kabi qator sifat ko’rsatkichlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mashinasozlik texnologiyasida aniqlik deb ishlab chiqarilayotgan buyumlarning oldindan belgilangan namunaga mos kelish darajasiga aytiladi.
- Yuza sifatini ta’minlovchi kesish tartiblari hisobi: Kesish tartibini hisoblash va tanlash kesish chuqurligi “t”, surish tezligi “S” , kesish tezligi “V” (yoki aylanishlar chastotasi) ni aniqlash bilan amalga oshiriladi. Bunda ular ichidan muqobili berilgan dastgoh uchun eng yuqori unumdorlik va iqtisodiy ko’rsatkichni ta’minlovchisi bo’ladi. Kesish tartibini hisoblashdagi bunday tartib, ya’ni dastlab “t” ni, keyin “S” va oxirida “V” ni aniqlash kesish chuqurligi, katta surilish va eng yuqori kesish tezligini kesish temperaturasi, keyinchalik keskichni yeyilishi va bardoshliligiga eng kam ta’sir ko’rsatish bilan tushuntiriladi.
- Mexanik ishlov berishda asoslash sxemalari: Detalga mexanik ishlov berishda asoslash sxemalari. Moslamada bir partiyadagi tayyorlamalarni frezalashda A va E o’lchamlari uchun asoslash xatoligi nolga teng (a a=0 va a e=0), chunki bu o’lchamlar uchun o’lcham va texnologik asoslar bir-biriga to’g’ri keladi. B o’lchami uchun esa asoslash xatoligi C o’lchashmining joizligiga teng (a v = TDC), chunki bu xolda texnologik asos o’lcham asosiga to’g’ri kelmaydi.
- Moslamalarni loyihalash bosqichlari: Moslamalarni loyihalash uchun quyidagi bosqichlardan iborat. Mahsulot chizmasi, texnologik jarayonning mazmuni va struktu-rasi o’rganib chiqiladi; mahsulotni bazalash, mahkamlash va sozlash sxemalari ishlab chiqiladi, dastgohning tavsifnomalari o’rganib chiqiladi, kesuvchi asbob va sovituvchi suyuqlik turlari tanlanadi; mahsulotni o’rnatish uchun mexanizatsiyalashgan vositalar turi tanlanadi (og’irligi 20 kg.dan ortiq bo’lganida). Ishlab chiqarish turi, ishchini jihoz va moslamaga nisbatan holati, mahsulot soni va boshqalar hisobga olinadi.