Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari
Kitob avtomobillarning elektr jihozlari va elektron tizimlari faniga bag'ishlangan bo'lib, unda umumiy nazariy bilimlar, mashg'ulotlar va laboratoriya ishlari uchun tavsiyalar, shuningdek, nazorat savollari keltirilgan. Kitob transport vositalarining elektr tizimlari, yonilg'i berish tizimlari, o't oldirish tizimlari, shassining elektr tizimlari, yoritish va signalizatsiya tizimlari, informatsion-diagnostik tizimlar, shuningdek, elektromobillar va gibrid transport vositalari haqida ma'lumot beradi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Milliy istiqlol mafkurasi, transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni, fanining maqsadi va vazifalari, fanning ishlab chiqarishdagi o'rni, fanni o'qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda nazariy qism mavzulari bayon qilingan.
- I - Bob. Transport vositalarining elektr manbalari: Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari fani asosiy mavzulari, avtomobil akumulyatorlarining tuzilishi va konstruksiyasining o'ziga xos tomonlari, ishqorli akkumulyatorlar, generator qurilmalari, kuchlanish rostlagichlari, yarim o'tkazgichlar va kontakt-tranzistorli rele-rostlagichlar haqida ma'lumot beradi.
- II - Bob. Dvigatellarni ishga tushirish tizimi: Dvigatellarni ishga tushirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari, bevosita boshqariladigan starterlar haqida ma'lumot beradi.
- III - Bob. O't oldirish tizimlari: Benzinli dvigatellarni o't oldirish tizimi, uning turlari, kontaktli va kontaktsiz o't oldirish tizimlari, o't oldirish tizimiga bo'lgan talablar, induksion g'altak va o't oldirish shamlari haqida ma'lumot beradi.
- IV - Havoni kondensatsiyalash tizimlari: Saloni isitish va ventilyatsiya tizimlari, havoni kondensatsiyalash tizimlari va ularning nosozliklari hamda ularni diagnostika qilish haqida ma'lumot beradi.
- V-Bob. SHassining elektr tizimlari: Transmissiyaning vazifasi va turlari, avtomаtik uzatmalar qutisining paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida ma'lumot beradi.
- VI-Bob. Yoritish va signalizatsiya tizimlari: Yoritish va signalizatsiya tizimini tuzilishi va ishlashi printsiplari, yorug'lik darakchilari haqida ma'lumot beradi.
- VII-Bob. Informatsion-diagnostik tizim: Avtomobilning bortli informatsion tizimini tuzilishi va ishlashi, dvigatel-tester o'lchovchi asboblar, harorat, bosim, sarf, tezlik va sathni nazorat qiluvchi priborlar, nazorat bort tizimlari va yordamchi elektr jihozlar haqida ma'lumot beradi.
- IX-Bob. Elektrik avtomobillar (elektromobillar): Elektromobillar, gibrid transport vositalari, gibrid kuch qurilmalarining ishlashi va haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari haqida ma'lumot beradi.