Реал секторда сифатни бошқариш

Ushbu o'quv-uslubiy majmua Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va "Real sektorida sifatni boshqarish" fanidan tayyorlangan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. «Real sektorida sifatni boshqarish» fanining predmeti va vazifalari: Ushbu mavzuda "Real sektorida sifatni boshqarish" fanining predmeti va vazifalari, real sektorida sifatni boshqarish jarayonidagi asosiy tushunchalar, shuningdek, "Real sektorida sifatni boshqarish" fanining milliy va xorijiy tajribalari haqida ma'lumot beriladi.
  • 2-MAVZU: REAЛ SEKTORDA MAҲСУЛОТ СИФАТИ ВА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ САМАРАДОРЛИГИ: Ushbu mavzu real sektorida mahsulot sifatining ko'rsatkichlari, sifati qanday tasniflanishi, aynan nimalarga bog'liqligi, shuningdek, umumiy sifat ko'rsatkichlari, bozor narxining o'zgarishi kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
  • 3-Мавзу: Реал секторда маҳсулот сифатини бошқаришда миллий ва чет эл тажрибаси: Ushbu mavzu real sektorida mahsulot sifatini boshqarish bo'yicha AQSh, Yaponiya tajribalari va O'zbekiston korxonalari sifatni boshqarish xizmati haqida ma'lumot beradi.
  • 4-МАВЗУ. РЕАЛ СЕКТОРДА СТАНДАРТЛАШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ: Ushbu mavzu standartlashtirishning maqsadlari va vazifalari, standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar va ularga qo'yiladigan talablar, hamda O'zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida"gi qonuni va uning sifatni ta'minlash tizimini tartibga solishdagi roli haqida ma'lumot beradi.
  • 5-МАВЗУ. РЕАЛ СЕКТОР КОРХОНАЛАРИДА МАҲСУЛОТЛАРИНИ ХАЛҚАРО СТАНДАРТЛАШТИРИШ: Ushbu mavzu xalqaro standartlarni shakllanishi, rivojlanishi va amal qilishi, ISO-xalqaro standartlash bo'yicha xalqaro tashkilotlarning maqsadlari va vazifalari, ISO-9001 sifat tizimini qo'llashning xususiyatlari hamda nemis milliy tashkilotining faoliyat tamoyillari haqida ma'lumot beradi.
  • 6-мавзу. Метрологиянинг ташкилий-ҳуқуқий асослари: Ushbu mavzu metroloiya asosiy tushunchalari, O'zbekiston Respublikasi metroloiya xizmati, hamda metroloiya bo'yicha xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari haqida ma'lumot beradi.
  • 7-мавзу. Реал секторда маҳсулотни сертификатлаштиришнинг ташкилий-ҳуқуқий асослари: Ushbu mavzu mahsulotni sertifikatlash sohasidagi asosiy tushunchalar va maqsadlar, O'zbekistonda sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari, sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni litsenziyalash hamda sertifikatlash natijalari haqida ma'lumot beradi.
  • 8-мавзу. Реал секторда сифат тизими ва ишлаб чиқаришни сертификатлашни ташкил этиш: Ushbu mavzu sifat tizimini sertifikatlashning mazmuni, sifat tizimini sertifikatlashni amalga oshirishda normativ bazaning roli, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonada ishlab chiqarish holati va ishlab chiqarish jarayonining tahlili, hamda ISO xalqaro tashkiloti tavsiyalari haqida ma'lumot beradi.
  • 9-мавзу: Истеъмолчилар ҳуқуқларининг давлат томонидан ҳимояланиши: Ushbu mavzu mahsulot ishlab chiqarish, sotish va havfsizligini ta'minlash sohasidagi asosiy tushunchalar va O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqini himoya qilish to'g'risida"gi qonuni va uning mazmuni haqida ma'lumot beradi.
  • 10-мавзу. Реал сектор корхоналарида маҳсулот ишлаб чиқаришида умумий ўлчов тизимини таъминлаш асосида сифатни ошириш: Ushbu mavzu o'lchov sifati tushunchasi va uning mohiyati, o'lchov holati xususiyatlarining tavsifi, yagona o'lchovni ta'minlash tizimining tashkil etuvchilari: davlat etaloni, ishchi etalon hamda xalqaro o'lchov birligi tizimi (SI) va uning mazmuni haqida ma'lumot beradi.