Qurilish materiallarini sinash usullari

Qurilish materiallari va konstruksiyalarni sinash usullari

Asosiy mavzular

  • Fanning vazifasi va maqsadi. Ishlab chiqarishda texnik nazoratni tashkil qilish: Ushbu fan o'quv jarayonida talabalarga ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va uning uchun zarur bo'lgan uskunalar, materiallar va texnik vositalarni o'rganishni nazarda tutadi. Qurilish materiallarini sinash usullarini va ulardan foydalanishni tahlil qiladi. Qurilish jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar yordamida materiallar va konstruksiyalarni sinash usullari bilan tanishtiradi. Bu usullar yordamida nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash va natijalarni tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
  • Texnik nazoratni asosiy turlari va vazifalari: Texnik nazorat - ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilish, sifati, zarur me'yorlar va standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish jarayoni. Uning asosiy vazifalari - kelayotgan materiallarning sifatini nazorat qilish, texnologik jarayonni nazorat qilish, tayyor mahsulotning texnik hujjatlarga mosligini tekshirish va tayyor mahsulotlarni qabul qilishni tashkil etishdan iborat.
  • Sinovni standart usullari: Sinov usullari - bu ekspluatatsiya davomida ob'ektga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ta'sirlar natijasida ob'ektning miqdoriy va sifatiy ko'rsatkichlarni o'zgarishini tajriba orqali aniqlash tushiniladi. Sinov belgilangan dastur asosida amalga oshiriladi. Namunalarni olish, tayyorlash, saqlash va sinovni amalga oshirish hamda natijalarni baholash usullari bayon etilgan.
  • Betonni standart sinov usullari: Betonning hajmiy og'irligi, zichligi, g'ovakligi, suv shimuvchanligi, namlikni aniqlash usullari. Betonning mustahkamligi, suv o'tkazmasligi, sovuqbardoshligini aniqlash. Betonni fizik-mexanik xossalalarini aniqlash uchun sinov ketma-ketligi, o'tkazish usuli va natijani qayta ishlash usullari.
  • Nostandart sinash usullari: Konstruksiyalarni betonlash jarayonida qoliplarni o'rnatish usuli. Namunalarni kesib, qirqib, parmalab olish usullari va uskunalari. Nostandart namunani sinashga tayyorlash. Beton hajmiy og'irligi, mustahkamligini aniqlash, davomiy yuklamaga sinov.
  • Nostandart namunani sinash: Nostandart namunalar - bu me'yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan, lekin amalda qo'llaniladigan namunalardir. Ularni sinash uchun qo'llaniladigan usullar va jihozlar haqida ma'lumot beradi.
  • Beton qorishmasi sifatini nazorat qilish: Beton qorishmasining asosiy xususiyatlarini aniqlash: namunalarni olish va sinov tartibi; yoyiluvchanlik, qattiqlik, suv shimuvchanligi, hajmiy og'irligi, namlikni aniqlash va beton qorishmasidagi suv miqdorini nazorat qilish.
  • Qurilish qorishmasi sifatini nazorat qilish: Qurilish qorishmalarining asosiy xususiyatlarini aniqlash: namunalarni olish va sinash tartibi; yoyiluvchanlik, zichlik, mustahkamlik, suvni ushlash xususiyati, suv ajralishi.
  • Armatura po‘latini mexanik sinash: Armaturani ishlab chiqarishga qabul qilish, namunalar olish, cho‘zilishga va egilishga sinash, relaksatsiyaga sinash, charchashga sinash, qattiqligini aniqlash usullari.
  • Armatura qattiqligini aniqlash: Brinnel, Rokvell va Vikkers usullari yordamida armatura po‘latining qattiqligini aniqlash.
  • Qurilish konstruktsiyalarini buzmasdan sinash usullari: Buzmasdan sinov o‘tkazish turlari va usullari, qo‘llanilish sohalari, plastik deformatsiya usuli, mahalliy buzilish usuli, ankerni tortish usuli, qurilmani chetini ushatish usuli.
  • Betonni mustahkamligini buzmasdan aniqlash: Betonni mahalliy buzilishga asoslangan usullar, plastik deformatsiya usuli, Kashkarov bolg‘achasi bilan aniqlash.
  • Betonni mustahkamligini aniqlash usullari: Qayishqoq aks ta’sir va zarba impulьsi usullari, mahalliy buzilish usuli, Ankerni tortish usuli, Ultratovush usuli bilan beton mustahkamligini aniqlash va nazorat qilish.
  • Armaturani payvandlash sifatini aniqlash: Payvand birikmalardagi nuqsonlar, kuchlanishi va deformatsiyani aniqlash, payvand birikmalarini sinash.
  • Armaturani birikmasi sifatini sinash: Armaturali mahsulotlarni qabul qilish va namunalar olish, namunalar cho‘zilishga va egilishga sinash.
  • Konstruktsiyalarni yuklash qurilmalari va olchov asboblari: Ko‘chishni aniqlovchi asboblar, yoriqlar va deformatsiyani aniqlovchi asboblar, Konstruktsiyalarni yuklash qurilmalari.
  • Ultratovush usul bilan beton mustahkamligini nazorat qilish: Beton mustahkamligini aniqlash va nazorat qilish usullari, beton mustahkamligini oshib borishini nazorat qilish.
  • Qurilish materiallari va konstruktsiyalarni sinashda yuklama turlari: Dinamik yuklamalar turlari, yuklash stendlari va uskunalari, dinamik yuklamalarni hosil qilish usullari.
  • Qurilish konstruktsiyalarini ekspluatatsiyadagi dinamik yuklamalarga sinash: Konstruktsiyalarni dinamik yuklamaga sinashni maqsadi va vazifasi, Naturaviy (konstruktsiya) inshootlarni dinamik ekspluatatsiya yuklamalariga sinovi, Qurilma va inshootlarni sun‘iy hosil qilinadigan vibratsiya yuklamalariga sinovi.