Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari
Ushbu kitob geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bo‘lib, unda ma‘ruzalarni o‘rganish hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar, o‘quv dasturi, ta‘lim texnologiyalari, ko‘rgazmali slaydlar, savol-javoblar, test savollari, joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari jamlangan. Kitob qurilish sohasida tahsil olayotgan talabalar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirantlar va tadqiqotchilar, malaka oshirish fakultetlarida o‘z malakalarini oshirayotgan professor-o‘qituvchilar hamda pedagogika va psixologiya sohasiga qiziquvchilar uchun tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Kirish. Fanni vazifalari va boshqa fanlar bilan bog‘lanishi, rivojlanish tarixi.: Geologiya fanining maqsadi va vazifalari, uning tarmoqlari, mineralogiya va petrografiya fanlarining maqsad va vazifalari, injenerlik geologiyasi va uning vazifalari.
- Umumiy geologiya asoslari: Yer sayyorasining tuzilishi va geosferalar, Yerning issiqlik rejimi, Yerning tuzilishi, tarkibi va fizikaviy xususiyatlari.
- Mineralogiya asoslari: Minerallar haqida umumiy tushuncha, hosil bo‘lishi va kristallik tuzilishi, fizik xossalari, klassifikatsiyasi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
- Petrografiya asolari.: Tog‘ jinslari, ularning hosil bo‘lishi va klassifikatsiyasi, petrografik tekshirish usullari.
- Magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslari: Magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslarining hosil bo‘lishi, klassifikatsiyasi, tarkibi, tuzilishi, teksturasi va qurilish xossalari.
- Geoxronologiya. Tog‘ jinslarining absolyut va nisbiy yoshi.: Tog‘ jinslarining absolyut va nisbiy yoshi, geoxronologik jadval, geoxronologik shkala.
- Struktura geologiyasining asoslari: Yer qobig‘i deformatsiyalari va tektonik harakatlar, ularning ko‘rinishlari.
- Injenerlik geologiyasi asoslari: Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining maqsadi va vazifalari, turlari va usullari.
- Gruntshunoslik asoslari: Gruntlarning fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlari, ularning ta‘siri.
- Geologik jarayon va hodisalar.: Geodinamik jarayonlar, endogen va ekzogen xavfli jarayonlar, tektonik harakatlar.
- Injener-geologik jarayon va hodisalar: Nurash, shamolning geologik ishi, karstlanish hodisasi, selning geologik ishi.
- Tabiiy qurilish materiallarini qidirish va baholash.: Tabiiy qurilish materiallarini topish uchun olib boriladigan geologik tekshirish ishlari.