Issiqlik texnik uskunalari

Issiqlik texnik uskunalari

Asosiy mavzular

  • Fanning mazmuni va rivojlanishi. Issiqlik texnik uskunalarini ishlab chiqarishdagi o’rni.: Issiqlik texnikasi fani issiqning olinishi va undan foydalanishni o’rgatadi. Bu fan barcha issiqlik bilan bog’lik bo’lgan jarayonlarni, issiqlik beruvchi tabiiy va sun’iy issiqlik manbalari, issiqlik dinamikasi, issiqlik natijasida bajariladigan barcha turdagi ishlarni moxiyatini ochib beradi. Fan asosan ikkita katta bulimdan iborat: 1-bulim issiklik xarakatini, ideal gazlarda issiqlik xolatini, suv bugini, ichki va tashki issik va massa almashinuvini, yokilgi turlari va ularning yonishida kechadigan jara- yonlarni urgatadi. 2-bulim issiklik beradigan uskunalar, jixozlar va kurilmalarni tuzilishi, ishlash printsiplari bilan tanishtiradi. Bu jixozlar turli xil markalardagi kuritish uskunala- ri, pishirish xumdonlari, bug kozonlari, avtoklav va boshka jixozlar kiradi.
  • Ishlab chiqarish korxonalarida qurilish materiallariga issiqlik va namlik ishlov berish xolati.: Issiqlik jismlardagi molekulalarning ilgarilanma harakati natijasida paydo bo’lgan kinetik energiya bilan ulchanadi. Issiqlik xaroratini ulchash turli xil ulchov asbob- larida amalga oshiriladi. Issiqlikni barcha xossalari issiqlik texnikasi fanida chukur urganiladi. Issiqlik texnikasida issiqlikdan foydalanish ikki yo’nalishda foydalaniladi: energetik va texno- logik. Energetik yunalishda issiqlikni mexanik ishda aylantirish nazarda tuttilsa, texnologik yunalishda jismlarni turli xil xossalarini uzgartirish nazarda tutiladi. Issiqlik uzatish turlari 3 xil elementar kurilishdagi issiqlik almashinuvidan iboratdir: issiqlik utkazuvchanlik, konvertsiya va nurlanish.
  • Har xil sharoit va haroratlarda material tarkibidagi fizik-kimyoviy o’zgarishlar. Quritish va pishirish jarayonlari: XVII - XIX asrlarda atmosfera bosimiga yaqin bosimlarda gazlar o’zini qanday tutishini tekshirgan tadqiqotchilar emperik yo’l bilan bir qancha muhim qonuniyatlarni ochdi- lar. Boylь-Mariott qonuni: o’zgarmas temperaturada gazning berilgan massasi uchun absolyut bosimning hajmga ko’paytmasi o’zgarmas kattalikdir. SHarlь qonuni: hajm va massa o’zgarmas bo’lganda gaz bosimi absolyut temperatura- larning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi. Gey -Lyussak qonuni: bosim va massa o’zgarmas bo’lganda gaz hajmi absolyut tempera- turalarning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi.
  • Suv bug’i. Suv bug’i ishlab chiqarishdagi turli sohalarda issiqlik tashuvchi Vander-Val’s ifodasi.: Suv bug’i zamonaviy issiqlik energetikasining asosiy ish jismidir. Undan ko’pchilik texnologik jarayonlarda ham foydalaniladi. SHuning uchun ham suv va suv bug’ining termo- dinamikaviy xossalarini tekshirish katta ahamiyatga ega. Jismni suyuq holatidan gaz holatita o’tish jarayoni bug’ hosil bo’lish deb aytiladi. Suyuqlikning faqat erkin sirtidan va har qanday temperaturada bug’ hosil bo’lish jarayoni-ga bug’lanish deyiladi.
  • Bug’lanish tezligi. Bug’lanish jarayonida haroratning oshib borish natijasida qaynash jarayoni. Tuyingan nam havo. Absolyut va nisbiy namlik: Kislorod, azot, karbonat angidrid va oz miqdordagi inert gazlardan (argon, neon, ge- liy, ksenon, kripton) iborat bo’lgan atmosfera havosi tarkibida qandaydir miqdorda suv bug’lari bo’ladi. Quruq havo bilan suv bug’i aralashmasi nam havo deb aytiladi. Nam havo texnikada, av- valo quritish jarayonlarida keng qo’llaniladi Nam havo gazlar aralashmasining xususiy hollaridan biridir.
  • Issiqlik o’tkazuvchanlik. Konvektsiya.: Mexanik ish bajarmasdan jismlar bilan atrofdagi muhit orasida ichki energiyaning almashishiga issiqlik almashinuvi deb ataladi. Issiqlik almashinish xodisalari asosan uchxil yo’l bilan amalga oshadi. 1. Issiqlik o’tkazuvchanlik 2. Konvektiv issiqlik almashinuvi 3. Nurlanishda isiklik almashinuvi.
  • O’xshashlik nazariyasi asoslari. O’xshashlik tushunchasi: Bu o’xshashlik temperatura maydonlari va issiqlik oqimlariniig o’xshashligini bil- diradi. O’xshash xodisalar ta’rifiga asosan, konvektiv issiqlik berish differentsial tenglamasidagi fizik va geometrik kattaliklar (namuna va modelь uchun) quyidagi nisbat bilan bog’liq bo’lishi kerak.
  • Qurilish korxonalarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini issiqlik bilan ishlov berish jarayoni.: Issiqlik ishlovi, Kamera, Beton, Temir-beton buyumlarig. Beton va temir-beton buyumlariga issiq-namlik ishlov berishning nazariy asoslarini, tashqi va ichki issiqlik massa almashinuvining fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlari qisqa ma’lumoti keltiriladi, betonga issiq-namlik ishlov berishning asosiy usullari va bug’li ishlov berishning rejimi beriladi, topshiriqqa ko’ra buyumga issiq-namlik ishlov berishning grafigi chiziladi.
  • Quritishning moxiyati. Quritish uskunalari.: Quritish – materialdan fizik – mexanik va fizik – kimyoviy namlikni yukotishdir. Namlik bilan materialning o’zaro bog’liqligining shakllari: Kimyoviy - nisbatan mustaxkam, anik belgilapngan miqdorda mavjud bo’ladi, yuqori haroratli jarayonlarda yo’kotiladi. Fizik –kimyoviy bog’liklik- mustaxkamligi nam , moddaning tuz kobikli kislotalarida bo’ladi, 200 S gacha bo’lgan haroratda yukotiladi. Fizik- mexanik bog’liklik- nisbatan kuchsiz, modda govaklari,kapilyarlarida anik bo’lmagan miqdorda bo’ladi,105-150 S gacha bo’lgan haroratda yukotiladi.
  • Oquvchan materiallar va shlamlarni quritish uskunalari.: Quritish uchun mayda fraktsiyali sochiluvchan materiallar qo’llaniladi. Quritgichlarni alohida xususiyatlari quritish va sinflanish fraktsiyalar bo’yicha sodir bo’ladi.
  • Kuydirishning nazariy asoslari.: Portlandtsement bu klinkerni mayda kilib tuyib olingan maxsulotdir. Klinker xom ashyo aralashmasini (75% SaSO3 – oxaktosh va 25% gil tuprok) pishgunicha kizdirib, tarkibida kalьtsiy silikat (70…80%), alyuminat va alyumoferrit fazalari (20…30%) xosil bulgandagi donador maxsulotdir. Maydalab tuyish vaktida klinkerga 3…5% mikdorida gips kushiladi.
  • TSement klinkerining kuydirish jarayoni: Kar’erdan keltirilgan xom ashyo yirikligi 5 mm gacha kilib maydalanadi. Kattik jinslar tosh maydalagich mashinalarida, yumshoklari esa (tuprok, bur) suv bilan maxsus xovuzda korishtirib maydalanadi. Xovuzda xosil bulgan shlam deb ataluvchi kotmoksimon butka kuvur orkali tsilindr shaklidagi aylanma tegirmonga yuboriladi.
  • Bug’ bilan ishlov beri rejimi.: Betonni yuqori haroratda qizdirish uchun isitish bo’lmalarida yoqiladigan gazdan, suyuq isitish vositalari va isitish moslamalaridan chiqayotgan gazlardan foydalaniladi. Gaz bilan qizdirilganda isitish bo’lmasidagi harorat baland ushlab turilishi kerak. Buyum suyuq yuqori haroratli isituvchilar bilan qizdirilganda harorat keskin oshishiga erishiladi. Qizitish bo’lmalaridan petrolatum chiqarish kollektoriga quyiladi va so’ng bakka to’planadi. Petrolatum quvurlarda to’xtovsiz aylanib turadi, harorat 95-100°S ga yetganda isituvchi kasseta tashqarisidagi quvurlarda aylana boshlaydi.
  • Qotishni tezlashtirish usullari.: Kontakt usulida buyum qalin, o’tkazmas qilib ishlangan devorga taqab qizdiriladi. Bunday usul asosan kassetali qurilmalarda qo’llaniladi. SHakli yassi va murrakab buyumlar tayyorlashga mo’ljallangan vertikal kassetali qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan (11-rasm). Kassetali qurilmalarda isituvchi sifatida bug’, qaynoq suv, kondensiyalanmaydigan gaz, petrolatum va shunga o’xshash vositalardan foydalanish mumkin.
  • Issiqlik kameralari. Davriy ishlovchi issiqlik kameralari. Uzluksiz ishlovchi issiqlik kameralari: Vertikal yoki minorasimon kameralarda vagonetka- qoliplarga solingan buyum oldin turli isitish zonalaridan yuqoriga ko’tariladi va so’ng pastga tushirilib kameradan tashqariga chiqariladi. Vertikal kameralarda issiqning turli balandlikda tabiiy turlicha tarqalishidan foydalaniladi. Bug’ bir maromda bo’ladigan kameraning eng yuqori qismida harorat 100 °S da ushlab turiladi. Kameraning pastki qismida bug’ havoli aralashma bo’lib harorat 30-35°S dan oshmaydi. Ko’p qavatli tunnelli kameralarga nisbatan vertikal kameralarning afzalligi – ularning hajmi 5-6 marta kam bo’ladi va kam joy egallaydi.
  • Issiqlik kameralarida beton qotish jarayonini tezlashtirish.: Beton qorishmasini isitish(“issiq qoliplasy” usuli) yordamida qotish jarayonini tezlashtirish. Termos usulining mohiyati. Beton qorishmasini isitish(“issiq qoliplasy” usuli) yordamida qotish jarayonini tezlashtirish. Termos usulining mohiyati.
  • Kasseta usulini hisoblash: Kasseta uskunasi. Kasseta uskunalarining o’lchamlari konkret buyumning o’lchamlari va ular sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Kasseta uskunalarida ishchi otseklari soni ichki devor panellari va ora yopma panellari ishlab chiqarishda 10–14, tashqi devor panellari ishlab chiqarishda 4 – 6. Ichki devor panellari va ora yopma panellari ishlab chiqarishda issiqlik otseklari har 2 ta buyumdan so’ng joylashtiriladi, tashqi devor panellari ishlab chiqarishda esa har bitta buyumdan so’ng joylashtiriladi.
  • O’ra kameralarni hisoblash: O’ra issiq-namlik ishlov berish kamerasi. Dastlab kameraning buyumlar joylashtirilgan holdagi eskizini chizish tavsiya etiladi (agar buyumga qolipsiz ishlov berilsa, unda taglik ustida turadi). Kamerani ikkita, to’rtta va undan ko’p buyumlar bilan rejasini loyixalash mumkin. Biroq kamera maydoni shunday tanlanishi kerakki, mavjud kranning yuk ko’tarish qobiliyati kamera qopqog’ini ko’tarish uchun yetarli bo’lishi krak. Ko’pincha kameraning uzunligi va eni unda ikkita shtabelda qolip va buyumlarning joylashuvidan kelib chiqib aniqlanadi.