Injenerlik geologiyasi
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Injenerlik geologiyasi fanidan o‘quv jarayonining muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ma’ruza, amaliy, laboratoriya mashg‘uloti darslarida va darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ta’lim shakllari va mazmuni quyidagilardan tashkil topadi: ma’ruza darslariga va mustaqil ish topshiriqlariga tayyorgarlik ko‘rish; amaliy mashg‘ulot darslarining mustaqil ish topshiriqlarini bajarish; laboratoriya ishlarini mustaqil bajarish; fanning alohida mavzulari ustida ishlash; reyting nazoratini barcha turlariga tayyorgarlik ko‘rish; talabalar tavsiya etilayotgan mavzulardan birini tanlab, referat, maket, prezentasiya, konspekt tayyorlash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu. Injenerlik geologiyasi fanining maqsadi va vazifasi: «Injenerlik geologiyasi» fanidan ta'lim texnologiyasi dars mashg'ulotlarida yangi texnologiyalarni qo'llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ahamiyati to'g'risida so'z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning