Mexatronika

Ushbu kitob "Mexatronika" fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Unda elektromexanik sistemalar, datchiklar, motorlar, boshqarish tizimlari, mexatron modullar va ularning ishlash prinsiplari, shuningdek, MATLAB va Simulink dasturlari yordamida ularni modelilash kabi mavzular yoritilgan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, namuna masalalar, laboratoriya mashg'ulotlari va nazorat savollari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mexatronika faniga kirish, elektromexanik sistemalarning elementlari, fanining maqsadi va vazifalari, elektromexanik sistemalar.
  • Elektr zanjirlari: Elektr zanjirlarning umumiy tushunchalari, Zevinin va Norton teoremalari, Kirxgof qonunlari.
  • Ishlab chiqarishda elektromexanika: Ishlab chiqarishda elektromexanika sohasidagi yutuqlar, muammolar va istiqbollar.
  • O'zgarmas tok ijro dvigatellari: Konstruksiyasi va ishlash prinsipi, afzallik va kamchiliklari, ishlatilish sohalari.
  • Elektr yuritma dinamikasi: Mexanik harakat tenglamasi va uning taxlili, o'tkinchi jarayonlar, elektr motorlarning qizishi va sovishi normalari.
  • Mexatronikada yangi texnologiyalar: Mexatronikaning ta'rifi va terminlari, mexatronika va robotshunoslik sohalari, mexatron modullarning sinflanishi.
  • Mexatron modullar va sistemalarni boshqarish usullari: Oraliq o'zgartirgichlar va interfeyslarni yo'qotish usuli, mexatron sistemalarini loyihalash asoslari.
  • Sinxron dvigatellar: Sinxron dvigatellarning ishlash prinsiplari, tuzilishi, ishlash xarakteristikasi.
  • Control System Toolbox va Simulink: Mexatronik sistemali boshqarish ob'ektlarini matematik va dinamik tavsiflash.
  • Sarf nazorati va tizimni turg'unligini tekshirish: Sarfni rostlash, Mixaylov me'zoni bo'yicha tizimni tekshirish.
  • Impulsli zvenolarning dinamik tavsiflari: Impulsli zvenolarning dinamik tavsiflarini o'rganish.