To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jixozlari

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Namangan Muhandislik-Texnologiya Institutining «To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari» fanidan tayyorlangan uslubiy ko’rsatmadir. Unda to’qimachilik sanoatining nazariy va amaliy jihatlari, xomashyo, ip yigirish, to’qish, trikotaj ishlab chiqarish, tozalash, tarash, cho’zish, pishitish, o’rash jarayonlari, shu jumladan turli mashinalarning ishlash prinsipi, ularning tuzilishi, texnik tavsiflari va qo’llanilishi, shuningdek, nоtо’qima matоlar ishlab chiqarish texnologiyalari hamda ularning reyting baholash tizimi kabi mavzular atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • 1.Fan buyicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga ko’yiladigan talablar: Ushbu fan bakalavrlardan to'qimachilik tola va iplarning xossalarini, ip yigirish tizimlari, to'qimachilik jarayonlari va ularning vazifalari, to'qima turlari, o'rilishi, to'quvchilik korxonalarda texnologik ketma-ketlik jarayonlari, zamonaviy dastgoxlar tuzilishi haqida tasavvurga ega bo'lishi, to'qimachilik tola va iplarini sifat ko’rsatkichlarini aniqlashni, yigirish korxonalari uskunalarini tuzilishi va ishlash printsiplarini, to'qimachilik matolari ishlab chiqarishda to'quv va trikotaj mashinalarini asosiy mexanizmlarini bilishi va ulardan foydalana olishi, to'qimachilik matolarini fizik-mexanik xossalarini aniqlay bilishi, zamonaviy yigiruv, to’kuv mashina va jixozlarni tanlash ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. hamda iplarni qayta o’rash jarayonining maqsad va mohiyati, to’quv dastgoxida hosil bo’lishi, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish usullarini, xom ashyodan samarali foydalanish yo’llarini bilishi va amalda raqobatbardosh trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
  • 2.To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jixozlari» fanidan ma`ruza mash’gulotlari va ularga ajratilgan soat: Ushbu bo’limda to’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari fanining mazmuni, predmeti va metodi, ip yigirish tizimlari, tolalarni tarashga tayyorlash, tolalarni aralashtirish jarayonining maqsadi va moxiyati, tarash jarayonining maqsadi va moxiyati, cho’zish va qo’shish jarayonlari, qayta tarash jarayoni va jihozlari, piliklash jarayoni, ip yigirishning maqsadi, moxiyati va vazifalari, To’qima va uni to’quv dastgoxida shakllanishi, Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va mohiyati, Tandalashdan maqsad va jarayonning moxiyati kabi mavzular bo’yicha ma’lumot berilgan.
  • 3.«To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari» fanidan tajriba mash’gulotlari va ularga ajratilgan soat: Ushbu bo’limda talabalarga quyidagi mavzular bo’yicha amaliy mashg’ulotlar beriladi: Yigirilgan ip va yarim mahsulotlarni chiziqli zichligi. Yigirish tizimlari, Ip pishiqligini (uzilish kuchini) tola xossalariga ko’ra loyihalash, Paxtani titib-tozalovchi mashinalar, Tarash mashinasini tuzilishi va ishlashi, Tarash mashinasining kinematik sxemasi, Piltalash mashinalarini tuzilishi va ishlashi, Qayta tarash mashinalarini tuzilishi va ishlashi, Pilik mashinasini tuzilishi va ishlashi, Halqali yigirish mashinasining umumiy tuzilishi va ishlashi, Pnevmomexanik yigirish mashinasining umumiy tuzilishi va ishlashi, Pishitish mashinalarni umumiy tuzilishi va ishlashi, Pillani dastlabki ishlash jarayonlari, To’qimani to’quv dastgohida hosil bo’lishi, To’quv dastgoxi ishchi o’rganlarini vazifalari va ularni tuzilishi, Tanda iplarini bog’lash texnologik jarayoni, Xomuza turlari va uni xosil qilish mexanizmlar, Trikotaj mashinalarini umumiy tuzilishi va ishlashi, Noto’qima mato ishlab chiqarish kabi mavzular bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish ko’zda tutilgan.
  • 4.Ma’ruza va tajribaviy mashg’ulotlar bo’yicha mustaqil ish mavzulari: Mustaqil ish mavzulari quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’zbekiston yengil sanoat DAKga qarashli to’qimachilik korxonalari assartimenti va ularning xom ashyosi, Yigiruv korxonalarda qo’llanadigan zamonaviy mashinalar, To’quv korxonalarida qo’llanadigan zamonaviy mashinalar, Trikotaj mato ishlab chiqarish, Pillachilik va uni rivojlanishi, Noto’qima mato ishlab chiqarish.
  • 5.Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari: Talabalar bilimini baholashda ularning dars davomidagi faoliyati, mustaqil ish va uy vazifalarini bajarishi, auditoriyada o’tkaziladigan test yoki suxbat (yozma ish) natijasida ko’rsatgan bilim darajasiga qarab reyting ballari belgilanadi. Ushbu ballar mashg’ulotga muntazam qatnashishi, maruza va amaliy darslarga tayorgarligi, savol javoblardagi ishtiroki va bilimiga, tirishqoqligi va izlanuvchanligiga, muammoli vaziyatlarni aniqlashi, bilimlarni ko’rsatishi.