Zoologiya (Umurtqali hayvonlar)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Zoologiya (Umurtqali Hayvonlar)" fanidan tayyorlangan ushbu o’quv-uslubiy majmua talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlash, hayvonot olamining xilma-xilligi, tuzilishi, sistematikasi, ekologiyasi, geografik tarqalishi, rivojlanish tarixi, evolyutsiyasi hamda o‘zbekiston faunasi bo‘yicha chuqur ma’lumotlar berishga qaratilgan. Majmuada umumiy zoologiyaning asosiy tushunchalari, umurtqali hayvonlarning barcha tip va sinflarining tuzilishi, biologiyasi, ekologiyasi, sistematikasi va ularning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Har bir mavzu bo’yicha o’quvchilarni nazariy bilimlarni mustahkamlash va mustaqil ishni tashkil etishga qaratilgan nazorat savollari va topshiriqlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Xordalilar umumiy tavsifi: Xordali hayvonlar umumiy tavsifi, ularning xilma-xilligi, biologik ahamiyati, sistematikasi va rivojlanish tarixi haqida ma'lumot beradi.
- Chala xordalilarning tuzilishi: Chala xordalilar (Hemichorda) tipiga gavdasi uch qismga (xartumcha, yoqa va tanaga) bo’lingan va chuvalchangga birmuncha o’xshab ketadigan hamda yerni kavlab yoki bir joyda hayot kechiradigan juda g’alati dengiz hayvonlari kiradi. Ular o’zining bor tuzilishi bilan tipik xordalilardan katta farq qiladi, lekin ularning uncha taraqqiy etmagan xordasi, endigina paydo bo’lib kelayotgan nevrotseli bor, bitta gruppasida esa xordalilar uchun xarakterli bo’lgan va xalqumni teshib o’tadigan jabra yoriqlari bo’ladi.
- Lichinka xordalilarning tuzilishi: Lichinka xordalilar (Urochorda) Xordalilar (Chordata) tipining alohida va o’ziga xos kenja tipi bo’lib, faqat dengizlarda yashovchi 1500 dan ortiqroq hayvonni o’z ichiga oladi. Ular faqat lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos tuzilishga ega. Voyaga yetayotgan hayvonlarning xordasi yo’qolib ketadi, nerv nayi o’zgarib, yagona nerv tugunini hosil qiladi.
- Bosh suyaksizlarning tuzilishi: Bosh skeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo’lib, ko’pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida xordalilarning tuzilish xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan bosh skeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
- Umurtqalilar umumiy tavsifi: Umurtqalilar – ikkilamchi tana bo’shliqli, ikki tomonlama simmetriyali va ikkilamchi og’izli hayvonlardir. Tanasining bo’g’imlarga bo’linganligi faqat embrional rivojlanishining dastlabki davrlarida yaxshi ko’zga tashlanadi.
- To’garak og’izlilarning tuzilishi: To’garak og’izlilarning bizning davrimizga qadar yashab kelgan birdan-bir vakillari – minogalar (Petromyzones) bilan miksinalar (Myxini) hozirgi zamondagi umurtqalilarning eng soddalaridir.
- Tog’ayli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: Tog’ayli baliqlar baliqlar katta sinfi ichida eng qadimgilaridan hisoblanadi. Baliqlar ichida eng primitiv bo’lgan bu baliqlarga akulalar, skatlar va o’ziga xos ximeralar kiradi.
- Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: Suyakli baliqlar sinfi vakillari yer yuzidagi barcha suv havzalarida tarqalgan. Suyakli baliqlar umurtqali hayvonlar kenja tipi orasida eng ko’p turlarni (20 mingga yaqin tur) o’z ichiga oladi.
- Baliqlar ekologiyasi va iqtisodiy ahamiyati: Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o’tadi. Ular suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo’g’ilib o’lib qoladi. Demak suv baliqlar yashaydigan yagona muxit xisoblanadi va uning o’ziga xos bir qancha xossalari bor.
- To’rtoyoqlilar katta sinfi. Amfibiyalar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: To’rtoyoqlilar qisman (suvda ham quruqlikda yashovchilar) yoki butunlay (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) quruqlikda hayot kechirishga o’tgan umurtqali hayvonlar.
- Amfibiyalar ekologiyasi va iqtisodiy ahamiyati: Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli (poykiloterm) hayvonlar bo’lib bularning gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi.
- Anamniya va amniotlar. Reptiliyalar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: Sudralib yuruvchilar – yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki aminotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo’ladi.
- Reptiliyalar ekologiyasi va ularning iqtisodiy ahamiyati: Yashash sharoiti va umumiy tarqalishi. Reptiliyalar amfibiyalarga qaraganda ancha xilma-xil sharoitda yashaydi. Bu xolat reptiliyalarning muayyan sharoyatga birinchi galda kuruqlikka moslanishiga bog’liq.
- Qushlar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: Qushlar gavdasining patlar bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularning orasida patsiz ochiq, – apteriya deb ataladigan joylari bor. Bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tug’diradi.
- Qushlar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati: Qushlar gavdasining patlar bilan qoplangan qismi pteriliy deb ataladi. Bularning orasida patsiz ochiq, – apteriya deb ataladigan joylari bor. Bu muskullarning uchish vaqtida qisqarishi uchun qulaylik tug’diradi.
- Sut emizuvchilar sinfining umumiy tavsifi va sistematik sharhi: Sut emizuvchilar hayvonot olamining eng yuqori taraqqiy etgan sinfi hisoblanadi. Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari quyidagilardir: 1. Bosh miyasi juda katta va bunda oliy nerv faoliyatining markaziy, ya’ni kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar po’stlog’i, ayniqsa, yaxshi rivojlangan, Hidlov, ko’ruv va eshituv organlari ham kuchli rivojlangan.
- Sut emizuvchilar ekologiyasi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati: Sut emizuvchilar gavda shakli nihoyatda xilma-xildir. Besh barmoqli to’rtta oyoqlarda baland ko’tarilib turadigan uzunchoq tana hammadan xarakterlidir, bunday gavdada o’rtacha kattalikdagi bosh, ajralib turuvchi bo’yin va dum mavjud bo’lib sudralib yuruvchilardan farq qiladi.