Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi
Ushbu kitob "Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi" fanidan tayyorlangan raqamli uslubiy ta’minot bo'lib, Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. U o'quv dasturlariga tayangan holda ishlab chiqilgan. Unda ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlari mavzulari, umumiy savollar, tarqatma materiallar, mustaqil ta'limni bajarilishi haqidagi topshiriqlar hamda zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlar asosida ishlanmalar keltirilgan. Shuningdek, mazkur raqamli uslubiy ta'minotda fanning ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati, bola organizimining tashqi muhit bilan bog'liqligi, ona tabiat, shuningdek, bugungi kundagi ekologik muammolar haqida nazariy va amaliy bilimlar keltirilgan. Mazkur fanni o'qitish jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalariga asoslangan metodlar, axborot texnologiyalari asosida yo'lga qo'yilgan.
Asosiy mavzular
- Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi: Ushbu kitobda tabiatshunoslik fanning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, o'qitish metodlari, shakllari, vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish, kuzatish, amaliy ishlar, didaktik o'yinlar, nazorat va baholash kabi muhim masalalar yoritilgan.
- Boshlang'ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o’quv dasturini rejalashtirish tamoyillari: Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik fanning mazmuni, o'quv dasturini rejalashtirish tamoyillari, faning maqsad va vazifalari, o'qitishning asosiy tamoyillari, o'qitish metodlari, shakllari, vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari hamda o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish kabi mavzularni qamrab oladi.
- Amaliy mashg'ulotlar: Ushbu bo'limda amaliy mashg'ulotlar uchun 1-11-gacha mavzular keltirilgan bo'lib, har bir mashg'ulotning maqsadi, kerakli jihozlar, talaba bilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar va bajara olishi kerak bo'lgan ko'nikmalar, hamda ishni bajarish tartibi ko'rsatilgan.
- Mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar: Ushbu bo'limda mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar, ularning mavzulari, bajarish mexanizmi va muddatlari keltirilgan.