Materiallar tuzilishi va detallar sifatini nazorati
“Materiallar tuzilishi va detallar sifatini nazorati” fanidan ishchi o’quv dasturi. Ushbu dastur mashinasozlik va qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan materiallar tuzilishini tadqiq etish, detallar sifatini nazorat qilish usullari hamda ularning taxlil qilish asoslari bilan bog’liq masalalarni qamrab oladi. Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga metallar va ulardan tayyorlangan detallarning sifatini, tashqi va ichki strukturasini, sinish turlari va sabablarini tahlil qilish, ularning tarkibi va xossalarini o’rganish hamda ularni amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdir.
Asosiy mavzular
- Kirish: “Materiallar tuzilishi va detallar sifatini nazorati” faniga kirish.
- Metallar tuzilishi va xossalari: Metallar va ularning asosiy xossalari. Metallarni kristall tuzilishi va nuqsonlari. Metall strukturasini (tuzilishini) o’rganish usullari.
- Metallografik tahlil to’g’risida ma’lumot: Metallografiya tahlili to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Makrotahlil. Mikrotuzilishni taxlil kilish usullari.
- Optik metallografiya: Optik metallografik mikroskoplar.
- Elektron mikroskoplar: Elektron mikroskopiya tahlili to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Rastr elektron mikroskoplar. Skanerlovchi zondli mikroskoplar.
- Rentgenostpektral mikrotahlil: Rentgenostruktura tahlili. Metallar sifatini akustik nazorat qilish usullari. Radiatsion nazorat.
- Metallarning termik tahlili: Dilatometrik tahlil. Detallar sifatini nazorat qilish usullari.