Ўсимликлар билан захарланишларнинг кимё таксикологик тадқиқотлари

Ushbu kitob o'simliklar bilan zaharlanish holatlarini tez tibbiy yordam ko'rsatishga bag'ishlangan. Unda zaharlanishga sabab bo'luvchi o'simliklar, ularning kimyoviy tarkibi, zaharlanish belgilari, diagnostika usullari va ularni aniqlash bo'yicha keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan. Turli xil kimyoviy analiz usullari, jumladan YuQX, GC-MS, UV-spektrofotometriya, TDSIS va YUSKX kabi zamonaviy usullar orqali o'simliklardan alkaloidlarni ajratib olish va aniqlash usullari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Zaharlarli o'simliklarning ta'siri bo'yicha tasnifi: O'simliklar va ularning zaharliligi bo'yicha tasnifi. Alkaloid saqlovchi o'simliklarning toksikologiyasi.
  • O'zbekiston hududida usuvchi ba'zi alkaloid saqlovchi o'simliklar toksikologiyasi va ular bilan uchraydigan zaharlanish holatlari: Qora mingdevona, dorivor belladonna, sassiq alaf, katta qonchup, yashil shamshod, kampirchopon kabi o'simliklarning zaharlanishi va ularning belgilari.
  • Alkaloidlarni turli ob'ektlar tarkibidan ajratib olish: O'simliklar, biologik suyuqliklar va boshqa biologik ob'ektlardan alkaloidlarni ajratib olishning turli usullari va ularning qo'llanilishi.
  • Alkaloid saqlagan o'simliklar bilan zaharlanishlarni aniqlashda qo'llaniladigan tahlil usullari: O'simliklarni farmakognostik tahlili, YuQX-skrining, UV-spektrofotometriya, GC-MS, YUSKX va TDSIS kabi usullar bilan alkaloidlarni aniqlash.
  • O'simliklar bilan zaharlanish holatlarida tez tibbiy yordam ko'rsatish choralari: Zaharlanish holatlarida qo'llaniladigan antidotlar va ularni tanlash bo'yicha tavsiyalar.