Mashinasоzlik texnоlоgiyasi va jarayonlarni lоyihalash

Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi va jarayonlarni loyihalash fanini o‘rganuvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda metallga mexanik ishlov berish jarayonlari, dastgohlar, moslamalar, asboblar va kesish rejimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kitob detallarni ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash, texnologik jarayonlarni optimallashtirish, vaqt me’yorlarini aniqlash va iqtisodiy samaradorlikni baholash kabi masalalarni qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash: Detalni ishlash uchun texnologik jarayonni loyihalash tartibi, ishlab chiqarish turini tanlash, texnologik asoslarni belgilash, texnik va iqtisodiy talablarni hisobga olish.
  • Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalashdagi bosqichlarni bajarish: Kesib ishlash tartibini aniqlash, dastgoh, moslama, kesuvchi va o'lchov asboblarini tanlash, operatsiya tuzilishini aniqlash, dastgoh ish tartibini belgilash.
  • Texnologik jarayonning vaqt me'yorlarini va iqtisodiy samaradorligini aniqlash: Vaqt me'yorini hisoblash usullari, vaqt me'yorini tuzilishi, texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini baholash.
  • Mexanik ishlov berish uchun moslamalar: Moslamalarning asosiy elementlari, o'rnatish elementlari, siquvchi elementlar, yo'naltiruvchi elementlar, moslamalarni loyihalash asoslari.
  • Yuzalarga tokarli ishlov berish: Tokarli ishlov berish usullari, dastgoh, moslama, kesuvchi va o'lchov asboblari, kesish tartiblarini tanlash va hisoblash, dastgohni quvvati bo'yicha tekshirish, texnologik xarakteristikalar.
  • Frezalash ishlov berish usullari: Frezalash ishlov berish sxemalari, bo'ylama va qarama-qarshi frezerlash, dastgoh, moslama va kesuvchi asboblar, kesish tartibi elementlari.
  • Teshiklarni parmalash, zenkerlash va razvyortkalash: Teshiklarga ishlov berish usullari, parmalash, zenkerlash va razvyortkalash sxemalari, kesish tartiblari elementlari, kesish kuchlari, dastgoh va texnologik vositalar.
  • Protyajkalash: Teshiklarni protyajkalash, tashqi yuzalarni protyajkalash, dastgoh va texnologik vositalar.
  • Yuzalarni randalash va kertish usullari. Teshiklarni rastochkalash usuli: Randalash usuli, kertish usuli, rastochkalash usuli.
  • Jilvirlash usullari: Jilvirlash mohiyati, yassi yuzalarni jilvirlash, tashqi dumaloq jilvirlash, dumaloq jilvirlash operatsiyalari.
  • Jilvirlash va ichki yuzalarni jilvirlash usullari: Markazsiz jilvirlash usuli, ichki jilvirlash usuli, nafis ishlov berish usullari.
  • Tishli G'ildiraklarga ishlov berish usullari: Tishlarni tushirish va obkatka usulida olish, tishfrezerlash dastgohlarida tishli G'ildiraklar olish, tishkertish dastgohlarida tishli G'ildiraklar olish, tishrandalash dastgohlarida konusli tishli G'ildiraklar olish, tishli G'ildiraklarga nafis ishlov berish usullari.
  • Rezbalarga ishlov berish: Rez ba turlari va ularni ishlatilishi, tashqi rez ba qirqimi, ichki rez ba qirqimi
  • Tayyorlamalarga qirindi olmasdan ishlov berish usullari: Plastik deformatsiyalash bilan toza ishlov berish, yuzalarni obkatkalash va raskatkalash, olmosli silliqlash va teshiklarni kalibrovkalash, rez balarni, tishli G'ildiraklarni va val silliqlarini na-katkalash.
  • Konstruktsion materiallarga ishlov berishning elektrokhimiyaviy va elektrofizikaviy usullari: Elektrokhimiyaviy va elektrofizikaviy ishlov berish usullari afzalliklari, elektrokhimiyaviy ishlov berish usullari, Ul tratovushli ishlov berish usuli, Nurli ishlov berish usullari.
  • Plastmassa detallarga mexanik ishlov berish: Plastmassa listlarni kirkish, Plastmassa tayyorlamalarni yunish, Plastmassa tayyorlamalarni parmalash, Plastmassa detallar mashinasozlikning khar khil tarmoqlarida,