Булутли технологиялар асосида талабаларнинг касбий компетентлигини ривожлантириш (техника йўналиши олий таълим муассасалари мисолида)
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Usanov Meh ridding Mustafoyevich tomonidan tayyorlangan bo'lib,
Asosiy mavzular
- Kirish: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligi ko'rsatilgan, muammoning o'rganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, obyekti hamda predmeti aniqlangan, tadqiqotning usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Asosiy qism: Birinchi bob "Bulutli texnologiyalar asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari" deb nomlangan. Unda texnika yo'nalishi oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak muhandislarning kasbiy faoliyatga tayyorlanishining zamonaviy holati va muammolari, bo'lajak muhandislar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda bulutli texnologiyalarning o'rni va roli hamda tarmoq xizmatlaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Ikkinchi bob "Bulutli texnologiyalar asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi" deb nomlanib, unda bulutli texnologiyalar asosida bo'lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli, bulutli texnologiyalar asosida talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga imkon beradigan tarmoq xizmatlari hamda bulutli texnologiyalardan foydalanib umukassabiy fanlarni o'qitishda talabalarning kompetentligini rivojlantirish yo'llari bayon etilgan. Uchinchi bob "Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o'tkazish va natijalar tahlili" deb nomlangan. Unda texnika yo'nalishi oliy ta'lim muassasalari talabalariga umukassabiy fanlar turkumiga kiruvchi "Nazariy mexanika" fanini bulutli texnologiyalar asosida o'qitish samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarini tahlil etish va baholash keltirilgan.
- Xulosa: Xulosa qismida tadqiqot natijalari bo'yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.