Ўқувчиларда таянч компетенцияларни шакллантиришда интегратив ёндашувдан фойдаланиш механизмлари

Ushbu avtoreferatda O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktab o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda ta’lim jarayonida integrativ yondashuvning nazariy asoslari, joriy etish mexanizmlari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biri — o‘quvchilarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish orqali ularning jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat. Tadqiqot natijasida o‘quvchilarning integrativ yondashuv asosida tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takomillashtirilgan pedagogik jarayon modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda o‘quvchilar uchun hayotiy zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ijtimoiy kompetentlikni tarkib toptirish, integrativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro tashkilotlar tomonidan «Ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyat» deb e’tirof etish munosabati bilan o‘quvchilar kompetensiyasini baholash xalqaro dasturi (PIAAC), o‘quvchilar bilimini baholash (PISA), texnologiya ta’limini bosqichma-bosqich amalga oshirishni baholashda (STEM)dan foydalanish hamda kasbiy mahoratni shaxs sifatlari bilan uyg‘unlashtirish, turli o‘zgarishlarga tez moslashish, integrativ o‘qitish texnologiyasini ta’lim jarayonlariga izchil joriy etish hamda loyihalashning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotning ilmiy yangiligi — o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashiga asoslangan gnostik xarakterdagi evristik topshiriqlar, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, muayyan vaziyatlardan chiqish, muammolarga tezkor echim topish ko‘nikmalarining psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi pedagogik-psixologik mexanizmlarning aniqlashtirilganligi; rivojlantiruvchi ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizual, diagnostik, intellektual funksional imkoniyatlari o‘quvchilarning tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat mazmunini simulyatsiyalash orqali ijtimoy hayotdagi hamkorlik va shaxslararo munosabatlarga kirishish imkoniyatlarini takomillashtirilganligi; o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish sifatlarini oshirishga qaratilgan kreativlikni rivojlantiruvchi pedagogik jarayon modelining mazmunan takomillashtirilganligi; integrativ yondashuvdan foydalanish asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda tadqiqotning tajriba-sinov natijalari asosida tavsiyalar ishlab chiqilganligidir.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqotning amaliy natijalari — o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy kompetentlikni tarkib toptirish mazmunini belgilash asosida integrativ xarakterdagi o‘quv materiallari kompleksi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan; ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida ularni ijtimoiylashtirish imkoniyatlaridan foydalanish asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik materiallar o‘quv jarayonida didaktik vosita sifatida qo‘llanilgan; o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining modeli hamda uni amaliyotga tadbiq etish, real hayotiy vaziyatlarni imitatsiya qilish usulidan foydalanishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi.
  • Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ta’lim jarayonida tayanch kompetensiyalarni integrativ yondashuv asosida shakllantirish muhim pedagogik masala hisoblanadi. O‘quvchilarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish orqali ularning jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga erishish mumkin. Tadqiqotda taklif etilgan integrativ yondashuv va mexanizmlar o‘quv jarayonini takomillashtirishga hamda o‘quvchilarning ijodiy va kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.