Аҳмад Cирҳиндий “Мактубот” асарининг нақшбандия-мужаддидия тариқати шаклланишидаги аҳамияти

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Ahmad Sirhindiynig

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Ahmad Sirhindiynig
  • Dissertatsiya tadqiqotining respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” nomli ustuvor yo'nalishiga muvofiq amalga oshirilgan.
  • Muammoning o'rganilganlik darajasi: O'rta asrlar tasavvuf tarixi, tasavvuf ta'limotining Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviy hayotida tutgan o'rni, naqshbandiya-mujadidiyya tariqatining shakllanish jarayonlarini o'rganish yuzasidan Sharq va G'arb olimlari tomonidan e'tiborga molik tadqiqotlar amalga oshirilgan.
  • Dissertatsiya tadqiqotining oliy ta'lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga bog'liqligi: Dissertatsiya O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2014-2016 yillarda bajarilgan A-1-044 “Movarounnahr tasavvuf ta'limotlari: asliyat va talqinlar, tarix va hozirgi zamon, tahlil va xulosalar” mavzuidagi ilmiy loyihasi doirasida amalga oshirilgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Ahmad Sirhindi “Maktubot” asarining naqshbandiya-mujadidiyya tariqati shakllanishidagi rolini ochib berishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: 1. XVI-XVII asrlarda naqshbandiya-mujadidiyya tariqati shakllanishining nazariy asoslari va tarixiy xususiyatlarini aniqlash; 2. Ahmad Sirhindiynig tariqat rivojidagi o'rnini ko'rsatib berish; 3. Asar qo'lyozma nusxalarining kodikologik tadqiqini amalga oshirish; 4. “Maktubot” asarining tarkibiy tuzilishini aniqlash; 5. Ahmad Sirhindiynig markaziy osiyolik tasavvuf shayxlariga yo'llagan maktublari xususiyatlarini yoritib berish; 6. "Maktubot” asarining naqshbandiya-mujadidiyya tariqatining nazariy asoslarini shakllanishidagi ahamiyatini ilmiy asoslab berish; 7. Asarda keltirilgan tariqat amaliyotiga doir masalalarni tadqiq etish; 8. Zamonaviy tariqatchilikdagi ijtimoiy muammolar yechimida “Maktubot” asaridan foydalanish zaruriyatini ochib berish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning obyekti: Tadqiqot obyekti sifatida Ahmad Sirhindiynig “Maktubot” asari olindi.
  • Tadqiqotning predmeti: Tadqiqot predmeti Ahmad Sirhindi tasavvufiy qarashlarining naqshbandiya-mujadidiyya tarmog'i shakllanishidagi o'rni va ahamiyati.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada kompleks yondashuv, tarixiy-lik, tizimli-lik, qiyosiy tahlil va statistik tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1. XVII asrlarda Markaziy Osiyoda ruhiy tarbiya tushunchalarini tartibga solish maqsadida Ahmad Sirhindiynig “Maktubot” asarida jamlangan 535 ta maktubidan 149 tasi mintaqaning Badaxshon, Bolx, Buxoro, Xorazm, Kobul, Samarqand hududlariga yuborilgani aniqlangan; 2. “Maktubot” asaridagi 22 ta maktubda naqshbandiya tariqatining jahonda keng tarqalishiga asosiy sabab ushbu tariqatning biro-bir hududga xoslanmagani, shariat talablariga javob bera olishi va ijtimoiy hayotdagi masalalarga javob bera olishi isbotlangan; 3. Ahmad Sirhindi naqshbandiyada o'zgarishlarni taftish qilishi natijasida suiylarning g'uluvga, malomatga va shatahotga berilishini tanqid qilib, tariqatda yangilanishni amalga oshirgani ochib berilgan; 4. XIV-XVI asrlardagi vahdatu-l-vujud nazariyasiga muqobil Ahmad Sirhindiynig vahdatu-sh-shuhud ta'limoti islom olamida keng tarqalib borayotgan qarashlarni isloh qilganligi dalillangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Ahmad Sirhindi naqshbandiya asosiylik yangilanish tamoyillarini belgilab bergani va ta'lim sohasida katta burilish yasagani aniqlanib, allomaning diniy-tasavvufiy qarashlarini o'zida ifoda etgan 8 ta asarining umumiy tavsifi yoritilgan; “Maktubot” asarining O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 48 ta qo'lyozma va 5 ta toshbosma nusxasi, shuningdek, Turkiya, Eron, Pokistondagi qo'lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalari aniqlangan; “Maktubot” asarida keltirilgan maktublar tematik yo'nalishlar bo'yicha tahlil qilinib, ularning aqidaviy-fiqhiy, tasavvufiy, naqshbandiya tariqatining fazl va ma'naviy-axloqiy masalalar kesimida salmog'i dalillangan; Muallifning asar mavzularini bayon qilishda qo'llagan uslublari tahlil qilinib, alloma maktublarda shariatga zid bo'lgan ayrim tasavvufiy tushunchalarni tanqid ostiga olgani, islom diniga nisbatan salbiy fikr uyg'otishga sababchi bo'lgan "olimlar"dan ommonani ehtiyot bo'lishga chaqirgani, mazhabsizlikni tanqid qilgani ochib berilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi Ahmad Sirhindi “Maktubot” asarining O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar bo'limining asosiy fondida saqlanayotgan qo'lyozma nusxalari hamda toshbosma nusxalari, shuningdek, arab tilidagi zamonaviy nashriga tayanilgani, qiyosiy-tarixiy usullardan foydalanilgani, xulosalar amaliyotga tatbiq etilgani va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati allomaning ta'limotlari va asarlarini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy-nazariy xulosalar kelgusi tadqiqotlarga asos bo'lishi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalari “Tasavvufga kirish” o'quv qo'llanmasi va “Tasavvuf atamalari” izohli lug'atini tayyorlashda, shuningdek, S.Allohyorning “Sabatu-l-ojiziyn” asari tarjimasini tayyorlashda foydalanilgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Tadqiqot natijalari 8 ta ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilingan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Tadqiqot mavzusi bo'yicha 17 ta ilmiy ish chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya 154 betdan iborat bo'lib, kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan manbalar ro'yxatidan tashkil topgan.