Amaliy mexanika
Ushbu kitob "Amaliy mexanika" fani bo'yicha ma'ruzalar to'plamidan iborat bo'lib, unda nazariy mexanikaning asosiy tushunchalari, kinematika, dinamika, muftalar, vallar va o'qlar, tishli uzatmalar, zanjirli uzatmalar kabi mashinasozlik elementlarining tahlili va hisoblash usullari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Nazariy mexanika fanining rivojlanish tarixi: Fanning rivojlanish bosqichlari, olimlarning hissasi, statika aksiomalari va asosiy tushunchalari, bog'lanishlar va bog'lanish reaksiyalari ko'rib chiqiladi.
- Kinematika: Nuqta harakatining berilish usullari, tezlik va tezlanishni aniqlash usullari, harakat tenglamalari muhokama qilinadi.
- Dinamika: Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari, erkin va erkin bo'lmagan moddiy nuqtalar uchun dinamika masalalari, harakat differentsial tenglamalari o'rganiladi.
- Muftalar: Muftalarning vazifasi, tasnifi, turlari (bikr, kompensatsiyalovchi, kulachokli, sharnirli, tishli) va ularni hisoblash usullari yoritilgan.
- Vall va o'qlar: Vall va o'qlarning farqi, turlari, hisoblash usullari, tayyorlash materiallari keltirilgan.
- Tishli uzatmalar: Tishli uzatmalarning afzalliklari, kamchiliklari, tasnifi, tish sirtini eyilish sabablari, materiallar, tayyorlash usullari, kinematik hisoblash va tishlashish nazariyasi muhokama qilinadi.
- Zanjirli uzatmalar: Zanjirli uzatmalarning afzalliklari, kamchiliklari, tasnifi, geometrik o'lchamlari, eyilishga hisoblash, zanjir uzunligi, materiallar va tishlashish nazariyasi yoritilgan.
- Rezbali Birikmalar: Rezbali birikmalar to'g'risida umumiy tushuncha, turlari, rezbaning asosiy geometrik ulchamlari, rezbalarni tayyorlash va ochilib ketmasligini asosiy usullari bayon etilgan.
- Payvandli va klyeyli birikmalar: Payvandli birikma to'g'risida umumiy tushuncha, payvandlashni turlari, Payvandli birikmalarni xisoblash,Kleyli birikmalar va Kleyli birikmalarni xisoblash haqida ma'lumot berilgan.
- Shponkali birikmalar: Shponka nima uchun ishlatiladi? Mashinasozlikda qanday shponkalar ishlatiladi? Shponkalar qanday materiallardan foydalaniladi? Shponkani ulchamlari qanday aniqlanadi? Shponkalar mustaxkamlikka qanday xisoblanadi? Segmentli shponka mustaxkamlikka qanday xisoblanadi? Qaysi vaqtlarda segmentli shponkalar qo'llaniladii?