Quymakorlik qotishmalarini suyuqlantirish va pechdan tashqari ishlov berish
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua «Quymakorlik qotishmalarini suyuqlantirish va pechdan tashqari ishlov berish» fanining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda quymakorlik sanoatining asosiy jarayonlari, qotishmalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning suyuqlantirilishi, tozalanishi, legirlanishi, modifikatsiyalanishi va po‘latni uzluksiz quyish usullari kabi muhim masalalar o‘z aksini topgan. Majmuada zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanilgan holda hamda interaktiv usullar yordamida talabalarga bilim berishga alohida e’tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- 1-modul. «Quymakorlik qotishmalariga pechdan tashqari ishlov berish klassifikatsiyasi»: 1-mavzu. Kirish. Fan rivojining tarixi. Quymakorlik qotishmalarini suyuqlantirish jarayonini ilmiy asoslari. Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va ularni amalga oshirish usullari. Barcha mavjud jarayonlar bosqichlari soniga ko‘ra monojarayonlar va polijarayonlarga bo‘linadi (1-rasm). Quymakorlikda monojarayonlar eng keng tarqalgan. Monojarayonda hamma operatsiyalar bitta suyuqlantirish agregatida, polijarayonda esa suyuqlantirish ketma-ket ikkita yoki bir nechta suyuqlantirish agregatida bajariladi. Qayta suyuqlantirish jarayonlari alohida guruhni tashkil etadi, bularda dastlabki quyma (odatdagidek shixta emas) qayta suyuqlantirishdagi ma’lum sharoitlar tufayli ancha yuqori sifatli quymaga aylanadi. Bunda quyma yo bevosita suyuqlantirish jarayonida shakllanadi (uzluksiz jarayon), yo maxsus sharoitlarda, masalan, vakuumda qoliplarga quyish natijasida shakllanadi. 2-mavzu. Cho‘yan suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi. Vagrankalarda istalgan suyuqlantirish jarayoniga xos bo‘lgan operatsiya tegishli zonalarda amalga oshiriladi (- rasm). Qizdirish zonasida qizigan gazlar metallni qizdiradi. Bunda metall gaz fazasi bilan o‘zaro ta’sirlashadi, buning natijasida metall oksidlanadi; koks qizib uchuvchan moddalarini yo‘qotadi va h.k. Suyuqlantirish operatsiyasi metallni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishi va bu zonada murakkab o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. O‘ta qizish
- 2-modul. «Po‘lat suyuqlantirish jarayonining fizik-kimyoviy xarakteristikasi»: 3-mavzu. Po‘latni suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi. Quymakorlikda tarkibida zararli aralashmalar juda kam bo‘lgan po‘lat olish muhimdir. Ayniqsa, kislorod, oltingugurt va fosfor miqdorini kamaytirish zarur bo‘ladi, chunki bu elementlar po‘latda oksid, sulfid va oksisulfid qo‘shilmalar hosil qiladi. Zararli aralashmalar miqdori qancha oz bo‘lsa, po‘lat sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Fosfor miqdori kamayganda metall matritsasi mustahkamlanadi, oltingugurt miqdori 0,03 dan 0,01% gacha kamayganda esa po‘latning zarbiy qovushoqligi 2—3 marta ortadi . 4-mavzu. Rangli qotishmalarni suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi. Rangli qotishmalar ularni suyuqlantirish sharoitlariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: aluminiy, magniy va rux qotishmalari; mis va nikel qotishmalari; titan va qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlangan qotishmalar.
- 3. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari: Asosiy adabiyotlar 1. M.Sahoo and S.Sahu. PRINCIPLES OF METAL CASTING 3rd edition MeGraw-Hill UK 2014.-763 r. 2. John Campbell. THE METALLURGIY OF CAST METALS CASTINGS. 2003.- 334 p. 3. Peter Beeley. FOUNDRY TEChNOLOGY. -Adivision of Reed Educational and Professional Publishing Ltd. 2001.-754 p. 4. Rasulov S.A. Grachev V.A. Quymakorlik metallurgiyasi. -Toshkent.: “O‘qituvchi”, 2004.-250 c. 5. Rasulov S.A., Turaxodjaev N.D. Metallurgiyada quyish texnologiyasi.- Toshkent.: “Cho’lpon” , 2007.- 230 c Qo‘shimcha adabiyotlar 6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O‘zbekiston, 2017. - 46 b. 7. Теплотехнические расчёты металлургеских печей. Телегина А.С.Металлургия. 1992-380 с 8. Рубсов Н.Н. и другие Литейные формы. – М: Машиностроения, 2005. 9. Муинов М.A. Вакуумно – пленочный метод изготовления художественных отливок. – Bухара, Redxar, 2005. 60c. 10. Трухов А.Р., Могилев И.С. Литейные сплавы и плавка, Москва, Академа, 2004. 230 c. 11. Технология литейного производства, технология литейной формы. Учебник под редаксией Трухова A.P. Moсквa, Akadema, 2005. 420 c. 12.Vukota Boljanovic Process Control for Sheet-Metal Stamping: Process Modeling, Controller Design and Shop-Floor Implementation springer England, United Kingdom. 2014 (English) Elektron resurslar 13. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali. 14. www.ziyonet.uz 15. www.ziyouz.com 16. www.twirpx.com