Avtоtranspоrt tarmоg’i kоrxоnalarini lоyihalash asoslari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI TRANSPORT FAKULTETI TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI kafedrasi "AVTOTRANSPORT TARMOG’I KORXONALARINI LOYIHALASH ASOSLARI " fanidan O’QUV USLUBIY MAJMUA
Asosiy mavzular
- Fanning asosiy maqsad va vazifalari: Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash va jihozlash bo’yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish, korxonalar ishlab chiqarish texnik bazasini takomillashtirishning zamonaviy yo’llarini o’rgatish. Avtotransport tarmog’i korxonalari (ATTK) ning vazifalari, ulardagi texnologik jarayonlar, ishlatiladigan texnologik jihozlar, ishlab chiqarish texnik bazasi taraqqiyoti va istiqboli haqida ma’lumot berish; ATTKlarni loyihalash uslubiyoti, asoslari va tartibi haqida tushuncha berish; ATTK ni texnologik hisobi, ATTK ni rejalashtirish, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlashni o’rganish; Texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta`mirlash (TXK va JT) texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasini hisoblash, texnologikbo`lgan ehtiyojni aniqlash, ularning turini tanlash; avtotransport ishlab chiqarish texnik bazasini qayta qurish va texnik qayta jihozlash bo`yicha ko’nikmaga ega bo’lishni ta`minlash.
- ATK bosh rejasini ishlab chiqish: Avtotransport korxonasi bosh rejasida asosiy yo’l va qo’shnilarga nisbatan o’rnashtirilgan korxona hududi keltiriladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi: - bino va inshootlar; - avtomobillarning ochiq saqlash maydonchalari va kutish joylari; - avtomobillarning hududdagi harakatlanish yo’llari; - asosiy va yordamchi yurish yo’llari va hokazolar. ATK bosh reja ishlab chiqarish jarayonini sxemasi va chizmasi bilan birgalikda tuziladi.
- TXK va JT texnologik jarayonini mexanizatsiyalash darajasini hisoblash: Avtotransport tarmog’i korxonalarida TXK va JT jarayonida qo’llaniladigan nostandart jihozlarning konstruktsiyasi va uni hisoblash usullari bilan tanishish. Nostandart jihozlarni turlari va ishlash tamoyillari bilan bilan tanishish. Nostandart jihozlarni hisoblash.
- Ishlab chiqarish mintaqalari, ustaxonalari va omborxonalarini texnologik hisoblash: Texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta`mirlash ishlarini tashkil qilish. Kundalik xizmat ko’rsatish (KXK) mintaqasini hisoblash. 1-TXK mintaqasini hisoblash. 2-TXK mintaqasini hisoblash. Diagnostika mintaqasini hisoblash. Joriy ta`mirlash mintaqasini hisoblash. Texnologik jihozlarga bo`lgan talabni aniqlash. Texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta`mirlash ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash ko`rsatkichlarini aniqlash. Texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash mintaqalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, omborxonalar, avtomobil saqlash joylari va ma'muriy-maishiy xonalar maydonlarini hisoblash.
- Ishlab chiqarish binolarini rejalashtirish: Ishlab chiqarish binosini hajmiy-rejaviy yechimlari. TXK, JT va diagnostika mintaqalari, ustaxonalar va omborxonalarni o'zaro joylashtirishga bo'lgan asosiy talablar. TXK mintaqalarini rejalashtirish. JT mintaqasini rejalashtirish. Ustaxonalarini rejalashtirish: chilangar-mexanik, agregat-mexanik, elektrotexnik, akkumulyator, ta'minot tizimini ta'mirlash, kamera yamash va shina yig'ish, issiqlik ustaxonalar guruhi, payvandlash, misgarlik, kuzov, bo'yoqchilik, duradgorchilik, qoplamachilik, gidromexanik uzatmalar qutisini ta'mirlash va boshqalar. Avtomobillarni saqlash mintaqasini rejalashtirish.
- Avtotransport korxonalarini rejalashtirish: Loyihalash echimlariga qo'yiladigan talablar. Avtotransport korxonasi ishlab chiqarish jarayonini sxemasi va chizmasi. Avtotransport korxonasini bosh rejasi. Bosh rejaning asosiy ko'rsatkichlari. Yuk avtomobillar korxonalari bosh rejasi. Avtobus saroylari bosh rejasi. Taksomotor saroylari bosh rejasi. Kichik avtotransport korxonalarini loyihalashning o`ziga xos xususiyatlari.
- Loyihalarni texnik-iqtisodiy baholash: Loyihalarni texnik-iqtisodiy baholashning maqsadi va vazifalari. Loyiha tehnologik echimlarining sifat ko'rsatkichlari. Ko'rsatkichlarni muayyan sharoitlarga moslashtirish koeffisientlari va ularni qo'llash. Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash.
- Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasini qayta qurish va qayta texnik jihozlash: ATK ishlab chiqarish-texnik bazasi (ICHTB) faoliyatining samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar. ICHTB ni rivojlantirish va takomillashtirish yo`nalishlari. Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasini qayta qurish va qayta texnik jihozlash loyihalarini ishlab chiqishning xususiyatlari va bosqichlari. Loyihalashning boshqa bo`limlariga texnologik topshiriqlar.