Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari

Ushbu o'quv-uslubiy majmua

Asosiy mavzular

  • Fanning o'qitishdan maqsad va uning bakalavr tayyorlashdagi o'rni: Xalq xo’jaligini turli sohalarida shaxsiy kompyuterlardan oqilona foydalanish uchun zarur bo’lgan dastur ta’minotlarini yaratuvchi malakali dasturchilarni tayyorlash asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda fanni oldiga talabalarni, bo’lajak mutaxassislarni shaxsiy kompyuterning ob`yektli dastur ta`minotlarini o’rganib yetuk muhandis-pedagog bo’lishlariga yordam berishdan iborat bo’lgan maqsadni qo’ygan.Internet texnologiyalari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda, bu esa talabalarni internetda ishlash bilan birga ularga mos ravishda turli xil dasturlash tillarida amaliy dasturlar bog’lamini yaratish texnologiyasini bilishlari talab qilinadi. Bu yo’nalishda o’qiyotgan hamda bu fanni o’zlashtirishni maqsad qilgan talaba o’z bilim va ko’nikmalari bilan turli xil sohalarda, jumladan ta`lim sohasida o’z bilim va malakalarini yanada oshirib borib, Delphi ob`yektli dasturlash tili asosida o’z bilimlarini yanada oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladi. Fanni o’zlashtirish natijasida o’zi o’tadigan fan bo’yicha turli xil amaliy dasturlarni yoki til imkoniyatlarini yanada kengaytira olish va amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. SHuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga turli xildagi sahifalar yoki maxsus stendlar asosida qo’llash natijasida katta imkoniyatlarga ega bo’lish mumkin.
  • Talabalar bilimi va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar: “Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari” fanini o’rganish natijasida talabalar oladigan bilim va ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi: Delphi ob`yektli dasturlash tilini o’rganadi; xususiyat va hodisalarni tushunadi va komponentlardan foydalanadi; standart funktsiyalardan foydalanib matematik ifodalarni yechish uchun dasturlar tuza oladi; turli jarayonlar uchun dasturlar yaratadi; turli xildagi jadvallar xosil qiladi va uni tahrirlay oladi; dastur uchun standart kutubxonalardan foydalanadi va yangi kutubxona yarata oladi; tipi ma`lum bo’lgan barcha fayllar bilan ishlay oladi; grafik usuldan foydalanib har tomonga xarakatlanuvchi ob`yekt hosil qila oladi; yaratilgan dasturni boshqa kompyuterlarga o’rnatish uchun disk hosil qila oladi. CHiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar uchun dasturlar tuza oladi; Massivlar va ular bilan ishlashni biladi; Ob`yekt tushunchasi haqida tushunchaga ega bo’ladi; Komponentlar bilan ishlay oladi; Grafik tasvirlar yaratish va ularni boshqarishni biladi; Fayllar bilan ishlashni o’rganadi; Ma`lumotlar omborini tashkil etishni biladi.
  • Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi: «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fani bir qator aniq va tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. SHu jumladan, «Axborot tizimlari va texnologiyalari», «Algoritmik tillar», «Dasturlash texnologiyasi», «Tizimli dasturlash tillari» fanlari «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fanini o’rganishda asos va ko’mak bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fanidan olingan bilimlar «Informatika va axborot texnologiyalari» yo’nalishining boshqa yo’nalish fanlarini o’qitishda nazariy asos bo’ladi.
  • Fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi: Fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash talabalarni o’z ustida mustaqil ishlashini yanada kuchaytirish va takomillashtirishdan iborat. Natijada talabalarning kompyuter savodxonligi oshadi, adabiyotlar bilan ko’proq ishlab o’z bilimlarini boyitadi, tasavvur olami yanada kengayadi va mustaqil fikrlab o’z g’oyalarini olg’a surishni o’rganadi. «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fanini o’qitish - ma`ruza, tajriba, amaliy mashg’ulot hamda auditoriyadan tashqari ishlardan iborat va uni bir necha bosqichga bo’lib o’qitiladi, ya`ni: 1-bosqich. Delphi muhiti. Delphini o’rnatish va ishlatish. Buyruqlar menyusi. Delphi da dastlabki amallar. 2-bosqich. Delphi da komponetlar. Xususiyat va hodisalar. Standart komponentlar. Standart funktsiyalar. 3-bosqich. Buyruqlar. (If Case, For, While, Repeat,Goto) 4-bosqich. O’tkaziluvchi tiplar, oraliqli tiplar va yozuvlar. 5-bosqich. Modullar. Standart modullar. Modulli dasturlar va ularni tashkil etish usullari. Polimorfizm va virtual usullar. 6-bosqich. Delphi ning grafik imkoniyatlari. Komponentni o’rnatish. Komponentni tekshirish. 7-bosqich. Delphi da ma`lumotlar bazasi bilan ishlash. 9-bosqich. Delphi da yaratilgan dasturlar uchun o’rnatuvchi disklar yaratish. Ma`ruza darslarida asosiy nazariy tushunchalar beriladi, umumiy qonuniyatlar, ob`yektli dasturlashning umumiy strukturasi va ob`yektlarning xususiyat va hodisalari tushuntiriladi, fanlararo o’zaro bog’liqlik tushuntiriladi, tajriba va amaliy mashg’ulotlar uchun kerakli bo’lgan g’oyalar, texnologiyalar va usullar beriladi.
  • Tajriba mashg’ulotlarida nazariy qonuniyatlar amalda tekshirib ko’riladi: Tajriba mashg’ulotlarida nazariy qonuniyatlar amalda tekshirib ko’riladi va tajriba bilimning asosi ekanligi xaqidagi tushunchalar shakllantiriladi. Amaliy mashg’ulotlarda nazariy olgan bilimlarini amalda sinab ko’rish uchun kichik-kichik topshiriqlar asosida amaliy jihatdan tilni o’rgana borib, turli ko’rinishdagi masalalar yechish texnologiyalari o’rganiladi. Auditoriyadan tashqari mustaqil ish talabalarni auditoriya darslarida olgan bilimlarini mustaxkamlash, uni chuqurlashtirish va ijodiy fikrlashni shakllantirish ma`nosida tashkil etiladi. «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fanini o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari quyidagilardan iborat bo’ladi: to’la o’zlashtirish texnologiyasi ko’zda tutilganligi; o’quv maqsadlarini nazorat (test) va amaliy topshiriqlarga aylantirilganligi; muammoli usul (masala, topshiriq, vazifa, savol, muhokama va boshqalar) va xaqiqatni immitatsion modellashtirish asoslaridan foydalanilishi; tayanch iboralarga asoslangan yozma ish orqali nazorat ishlarini o’tkazish tizimidan foydalanilishi; interfaol usullardan samarali foydalanilishi. Masalan, muammoli ma`ruza matnlari tuzib, o’sha asosida ma`ruza darslarini olib borish, tajriba va amaliy mashg’ulotlarda yangi pedagogik texnologiyaning interaktiv usullarining (Venn diagrammasi, BBB, Klaster, Semantik xususiyatlar tahlili, Kontseptual jadval va boshqalar) biridan foydalanish, turli xildagi topshiriqlar asosida web sahifalarni yaratish va ularni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. O’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalar. Fanni o’qitish jarayonida kompyuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnologik vositalar (turli animatsiyalar, virtual laboratoriyalar, elektron uslubiy ko’rsatmalar va boshqalar) dan foydalanish hozirgi kunda rivojlanishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Tajriba mashg’ulotlarini olib borishda «Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari» fanidan tayyorlangan laboratoriya stendlari, elektron darslik, elektron qo’llanmalardan, Delphi tilining yordamchi dasturlaridan hamda dasturiy vositalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, tajriba ishlarini bajarishda zamonaviy Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari tillaridan biridan foydalanib masalalarni yechish, har bir topshiriqni ham dizayn jihatidan ham uning mukammalligi jihatidan talab darajasiga keltirish va kelajakda foydalanish uchun yo’riqnomalar tayyorlanadi.