Tadqiqiy pedagogika

Ushbu kitob pedagogika fanining asosiy tushunchalari, tadqiqot jarayoni, metodologiya, tadqiqot turlari, mavzulari, va tadqiqot natijalarini baholash usullari bo'yicha chuqur ma'lumot beradi. Unda ilmiy tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, tadqiqot metodologiyasi, bosqichlari, va mezonlari atroflicha yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati: Ijtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning o‘ziga xosliklari. Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida. Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari.
  • 2-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy kategoriyalari va tushunchalari: Metododologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot. Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xosliklari. Intuitsiya, zehn va pedagogik tafakkur. Pedagogik izlanish. Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat. Tadqiqot loyihasi va dasturi.
  • 3-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli: Ilmiy dalilning mantiqiy-gnoseologik mohiyati. Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli. Empirik ma’lumotlar, misollar va illustrasiyalar. Ilmiy dalilllar ilmiy bilimlarning tarkibiy qismi sifatida. Ilmiy dalillarning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 4-mavzu: Pedagogik muammoni tanlash va pedagogik tadqiqot mavzularini shakllantirish: Pedagogik tadqiqotlar muammosi. Pedagogik tadqiqotlar muammosining turlari (informatsion, konseptual, kvalimetrik va tashkiliy metodik) va darajalari (fenomenologik, konseptual, eksperimental).
  • 5-mavzu: Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash: Tadqiqot muammosining dolzarbligi. Tadqiqot muammosining dolzarbligini asoslash. Tadqiqot mavzusi va dolzarbligini asoslashda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar.
  • 6-mavzu. Pedagogik tadqiqotlar ob’ekti va predmeti: Tadqiqot ob’ekti va predmeti maydonini aniqlashtirish. Tadqiqot ob’ekti va predmetining muhim belgilari. Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlashda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar.
  • 7-mavzu. Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi – ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) natijasi. Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablar. Tadqiqotning ilmiy-nazariy va konstruktivnormativ funksiyalari.
  • 8-mavzu. Pedagogik tadqiqotlar farazini belgilash: Tadqiqot gipotezasi – ilmiy dalillashni talab etuvchi farazlar tizimi. Tadqiqot farazining turlari. Tadqiqot farazini aniqlashga qo‘yiladigan asosiy talablar. Tadqiqot farazini belgilashda produktiv ѐndashuvning o‘rni.
  • 9-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillari: Pedagogik fanlar metodologiyasining umumilmiy tamoyillari. Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillari. Shaxsiy ѐndashuv. Faoliyatli ѐndashuv. Polisub’ektli ѐndashuv. Madaniy ѐndashuv. Antropologik ѐndashuv.
  • 10-mavzu. Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati: Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati – kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalari. Ilmiy izlanuvchida metododologik madaniyatni shakllantirish shart-sharoitlari.
  • 11-mavzu. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini tasniflash muammolari: Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tushunchasi. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlari.
  • 12-mavzu. Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish, kuzatish, suhbat, so‘rov, test, eksperiment – empirik tadqiqot metodlari sifatida: Ilmiy-pedagogik bilimlarning manbalari: birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari, dissertatsiya, avtoreferat, maqola va tezislar. Ilmiypedagogik adabiѐtlarni tahlil etish usullari: adabiѐtlar ro‘yxatini tuzish, konspektlashtirish, tezis ѐzish, sitatalash, annotatsiya ѐzish, taqrizlash. Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 13-mavzu. Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish metodikasi: Pedagogik tajriba-sinov dasturining tuzilishi. Pedagogik tajribasinov ishlari dasturini ishlab chiqish tamoyillari. Pedagogik tajribasinov ishlari dasturini amaliѐtga tatbiq etish metodikasi.
  • 14-mavzu. Pedagogik ilmiy tadqiqot jaraѐnini modellashtirish: Pedagogik modellashtirish – nazariy tadqiqot metodi. Pedagogik jaraѐn modeli – statistik tizim sifatida. Ideallashtirish metodining modellashtirish jaraѐnidagi o‘rni.
  • 15-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari: Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishning mantig‘i va tuzilishi. Tadqiqotni loyihalashtirish. Tadqiqotni amalga oshirish. Olingan natijalarni qayd etish va tahlil etish.
  • 14. Empirik tadqiqot metodlari.: Kuzatish va qiyoslash metodlari haqida umumiy ma’lumot. Hisoblash o’chash va eksperiment tajriba metodlari. Emperik tadqiqot metodlari farazni dalillovchi sifatida.
  • 15. Nazariy tadqiqot metodlari: Umumlashtirish metodi haqida umumiy ma’lumot. Aksiomatik metodi haqida umumiy ma’lumot. Abstraksiyalash metodi haqida umumiy ma’lumot.