Avtomobillarning elektr jixozlari va elektron tizimlari
Ushbu kitob "Avtomobillarning elektr jixozlari va elektron tizimlari" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda avtomobillarning elektr jihozlari va elektron tizimlarining tuzilishi, ishlashi, ularga qo'yiladigan talablar, elektr jihozlariga xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash usullari, shuningdek, avtomobilning rivojlanish tarixidagi elektr jihozlar va elektron tizimlarining o'rni, shuningdek, elektr jihozlari va elektron tizimlarining kelajagi, ularning zamonaviy texnik yutuqlari va kelajak istiqbollari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda elektr jihozlarining tizimi, ularning turlari, klassifikatsiyasi, tuzilishi va ishlash printsiplari hamda tavsifnomalari, ularga qo'yiladigan texnik talablar va me'yorlar, elektr jihozlarining nosozliklari va ularni diagnostika qilish hamda bartaraf etish usullari, shuningdek, elektr jihozlarining rivojlanish istiqbollari, ularning zamonaviy texnik yutuqlari va kelajak istiqbollari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda mashg'ulotlar va nazorat turlari, joriy baholash mezonlari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Milliy istiqlol mafkurasi ko’p millatli O’zbekiston halqining ezgu g’oyasi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yolidagi orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek halqining buyuk davlat barpo etish yo’lidagi maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda tahlim-tarbiya, targibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning differentsial pedagogik-psixologik dasturini yaratish, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o’quvchi-talabalar ongida milliy goya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish, o’quv dasturi, darslik va qo’llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi goyalarini aks ettirish, pedagogik kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish, Qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, transport vositalaridan foydalanuvchi tashkilotlar, o’quv kollejlari uchun yuqori malakali bakalavrlar yetkazib berishda ham tahlil mazmunini milliy istiqlol g’oyalari bilan to’ldiruvchi va boyitib borish lozim bo’ladi.
- I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni: “Avtomobillarning elektr jixozlari va elektron tizimlari” fani avtomobillarning elektr jihozlari va elektron tizimlari tuzilishi, ishlashi va ularni ekspluatatsiya qilish masalalarini o’rgatadi, ya’ni xalq xo’jaligida avtomobillardan foydalanish ko’nikmalarini beradi. “Avtomobillarning elektr jixozlari va elektron tizimlari” fani umumkasbiy fan bo’lib, V-VI semestrda o’qitiladi va ixtisoslik fanlarini o’zlashtirishda hamda diplom ishini bajarishda bazaviy bilim vazifasini o’taydi.
- II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi: Fanni o’qitishdan maqsad – avtomobillarining elektr, jixozlari va elektron tizimlari bo’yicha yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar darajasini ta’minlashdir. Fanning vazifalari – elektr bilan ta’minlash tizimi; elektrdan ishga tushirish tizimi; o’t oldirish tizimlari; o’t oldirish svechalari; yoritish va signalizatsiya tizimi; informatsion-diagnostik tizim, elektromobillar, haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari masalalarini talabalar o’zlashtirishidir.
- III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari): 1-Mavzu. Kirish. Transport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari. 2-Mavzu. Akkumulyator batareyalari vazifasi va turlari. 3-Mavzu. Akkumulyator batareyalariga qo’yiladigan texnikaviy talablar va me’yorlar. 4-Mavzu. Generator qurilmalari. 5-Mavzu. Kuchlanish rostlagichlari. 6-Mavzu. Dvigatellarni ishga tushirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari. 7-Mavzu. Ishga tushirishni yengillashtirish. 8-Mavzu. O’t oldirish tizimlari. 9-Mavzu. Zamonaviy o’t oldirish tizimlarining avtomobillarda qo’llanilishi. 10-Mavzu. O’t oldirish svechalari. 11-Mavzu. Yonilg’i uzatilishini elektron boshqarish. 12-Mavzu. Dizellarni elektron boshqarish tizimi. 13-Mavzu. Havoni kondensatsiyalash tizimlari.
- IV. Amaliy ishlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Avtomobillarining elektr jihozlari va elektron tizimlari fanidan amaliy ishlar: Akkumulyatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash, Generatorlar texnik holatini tekshirish, Elektrostarterlarning texnik holatini tekshirish, elektrdan o’t oldirish tizimini holatini tekshirish, Injektorlar ishini tekshirish, elektr benzin nasos ishini tekshirish, Yonilg’i uzatilishini elektron boshqarish, Yoritish asboblari ishini tekshirish, Avtomatlashgan ilashish muftasini gidravlik tizimlarini tuzilishi, Avtomatlashgan uzatmalar qutisini tuzilishi va gidravlik tizimlari, Rul boshqarmasini gidravlik boshqarish tizimlarini tuzilishi, Tormozning antiblokirovka tizimlari (ABS), Informatsion-diagnostik tizimlarni o’rganish, Suyuqlik sathini o’lchovchi priborlarni o’rganish, Qo’riqlash himoya tizimlarini ishini o’rganish, elektrodvigatellarni ishini o’rganish, Tovush signallar tuzilishini o’rganish, Datchiklar va yordamchi elektr jihozlari ishini tekshirish, elektr jihozlari va tizimlarini kompleks diagnostika qilish, Elektromobillardagi akkumulyatrlarni tuzilishini o’rganish.