Odam anatomiyasi
Ushbu kitob Odam anatomiyasi fanining umumiy va xususiy qismlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda odam tanasining anatomik tuzilishi, rivojlanishi, tizimlari, organlari va ularning funksiyalari, shuningdek, boshqa fanlar bilan bog'liqligi hamda tibbiyotning zamonaviy yutuqlari haqida ma'lumot berilgan. Kitobda nafaqat nazariy, balki amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ishlar uchun ham tavsiyalar berilgan. Kitob anatomiyani o'rganish usullari, suyaklar, muskullar, nerv tizimi, hazm, nafas olish, siydik va jinsiy a'zolar, yurak-qon tomir tizimi, ko'z va quloq analizatorlari, shuningdek, bosh miya va orqa miya tuzilishi kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Har bir mavzu oxirida nazorat savollari va qo'shimcha adabiyotlar keltirilgan. Kitob talabalarning nazariy bilimlarini oshirish va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Anatomiya asoslari va tadqiqot usullari: Anatomiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Anatomiyani o‘rganish usullari (metodlari). Anatomiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi. Odam tanasining tuzilishi. Anatomiyaning umumiy va xususiy qismlari, ularning bir-biriga bog'liqligi.
- Skelet tizimi: Skeletning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi. Suyaklarning klassifikatsiyasi. Tana skeleti: umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, dumg'aza. Qo'l va oyoq skeletlari. Bosh skeleti.
- Muskullar tizimi: Muskullarning tuzilishi va funktsiyalari. Muskul to'qimasi. Gavda, bosh va bo'yin muskullari. Muskullarning harakatga keltirishdagi roli va tasnifi.
- Hazm qilish tizimi: Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi. Og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka va yo'g'on ichak tuzilishi. Hazm qilish bezlari: so'lak bezlari, oshqozon osti bezi, jigar.
- Nafas olish tizimi: Nafas olish tizimining umumiy tuzilishi. Burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va o'pkalar tuzilishi. O'pkada qon bilan ta'minlanishi va gaz almashinuvi.
- Siydik va tanosil a'zolari tizimi: Siydik ajratish tizimi (buyraklar, siydik yo'llari, qovuq) va tanosil a'zolar tizimi (erkak va ayol jinsiy a'zolari) tuzilishi va funktsiyalari.
- Yurak-qon tomir tizimi: Yurak va uning tuzilishi. Qon aylanish doiralari (katta va kichik). Qon tomirlar: arteriyalar, venalar, kapillyarlar.
- Asab tizimi: Asab tizimining umumiy tuzilishi. Markaziy asab tizimi (bosh miya, orqa miya) va periferik asab tizimi (neyronlar, nerv tolalar).
- Analizatorlar: Ko'z va quloq analizatorlarining tuzilishi, funktsiyalari va ahamiyati.