Gen va hujayra muhandisligi
Ushbu o'quv-uslubiy majmua Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi 2020 yil 7-avgustdagi 362-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Molekulyar biologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan. Majmuada «Gen va hujayra muhandisligi» fanining nazariy va amaliy jihatlari, genetik muhandislikning asosiy usullari, molekulyar biologiya, hujayra biotexnologiyasi va ushbu fanlarning qo'llanilish sohasi yoritib berilgan. Mazkur majmua Biotexnologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- GEN VA HUJAYRA MUHANDISLIGI FANINING AHAMIYATI VA VAZIFALARI: Genetik muhandislik (gen muhandisligi) - bu rekombinant RNK va DNKni ishlab chiqarish, genlarni tanadan (hujayralardan) ajratish, genlarni manipulyatsiya qilish va ularni boshqa organizmlarga kiritish texnikalari, usullari va texnologiyalari to'plamidir. Gen muhandisligining kelib chiqishi molekulyar biologiyaning taraqqiyoti bilan bog'liq. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar hujayraning tuzilishi va vazifalarini izohlashdan o'tib, ularda kechadigan jarayonlarning molekulyar mexanizmlarini organellalar darajasida aniqlash imkonini beradi.
- MOLEKULYAR GENETIKA VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA GEN MUHANDISLIGINING ASOSIY POYDEVORI: Molekulyar genetika DNK molekulalarining tuzilishidagi yoki ekspressiyasidagi farqlar organizmlar orasida o'zgaruvchanlik sifatida qanday namoyon bo'lishiga bag'ishlangan biologiyaning pastki sohasidir. Molekulyar genetika ko'pincha organizmning genomidagi genlarning tuzilishini va / yoki funktsiyalarini aniqlash uchun "tergov yondashuvini" qo'llaydi. Molekulyar genetika mutatsiyalarni genetik sharoitlar bilan bog'laydigan kuchli metodologiya bo'lib, turli xil genetik kasalliklarni davolash / davolash usullarini izlashga yordam beradi.
- GEN MUHANDISLIGI FERMENTLARI VA DNK BO'LAKLARINI QIRQISH VA RESTRIKSION XARITALARNI TUZISH: Gen muhandisligi fermentlari DNK molekulalari bilan turli xil muolajalarni oʻtkazishga yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil boʻlaklarini ulash, tabiatda mavjud bo'lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qoʻllaniladi. Restriktazalar DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari restriksiya saytlari (nuqtalari)ni hosil qilib gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi.
- NUKLEOTIDLAR KETMA-KETLIKLARINI ANIQLASH-SEKVENIRLASH: Nukleotidlar ketma-ketliklarini aniqlash sekvenirlash. DNKning genetik muhim qismlarini aniqlash imkonini beruvchi usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Sekvenirlashning ikkita asosiy tamoyili: kimyoviy va fermentativ sekvens mavjud.
- REKOMBINANT DNK OLISH TEXNOLOGIYASI: Turli biologik manbalardan ajratilgan ikki yoki undan koʻp DNK fragmentlarining birikishidan xosil boʻlgan DNK molekulasi rekombinant DNK deyiladi. DNKning muayyan fragmentlari, shuningdek zarur genni tutuvchi fragmentlar restriktazalar yordamida olinadi.
- VEKTOR MOLEKULALAR VA TRANSFORMATSIYA: Vektor molekulalarning turlari: Klonlash uchun vektorlar, Ekspression vektorlar, Transformatsiya uchun vektorlar. Vektor molekulasi uchun quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: vektor begona DNK fragmentlarini oʻzigabiriktirishi uchun bir nechta restriktazalar uchun yagona restriksiya saytlari tutishi zarur; vektor replikatsiya boshlanish nuqtasi izchilligini tutishi hisobiga muayyan hujayralarda replikatsiyalanishi shart; vektor marker gen izchilligini tutishi zarur.
- GENOM BIBLIOTEKASI: Genom bibliotekasi (genlar banki) - mazkur organizmning DNK izchilliklari to'liq to'plamining vektor tarkibida klonlanishidir. Genom DNKsi fragmentlari yuqori molekulyar xromosoma DNKsini restriktazalar yordamida gidrolizlash yo'li bilan olinadi.
- O'SIMLIKLAR VA HAYVONLARDA GEN MUXANDISLIGI ASOSLARI. OʻSIMLIKLARNING GENETIK MUHANDISLIGI VA OʻSIMLIK HUJAYRALARI TRANSFORMATSIYASI USULLARI: Genetik rekombinatsiya. Genlarning ikkita xromosoma orasidagi almashinuvidan genetik rekombinatsiya yuzaga keladi. Genlarning almashini va boshqa organizmga tegishli boʻlgan genlarni xujayraga kiritishni genetik rekombinatsiya orqali amalga oshirish mumkin. Genlarni klonlash. Oqsilni kodlash uchun DNK uchastkasi zarur boʻladi. Transgen shtammlar. Abbiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar ishlab chiqarish.