Ekonometrika asoslari

Ushbu kitob "Ekonometrika asoslari" fanining oʻquv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrik modellashtirish asoslari, ekonometrik modellarining axborot taʼminoti, juft va koʻp omilli ekonometrik tahlil, ekonometrik modellarini baholash, vaqtli qatorlar, tenglamalar tizimi koʻrinishidagi ekonometrik model, amaliy ekonometrik modellar, iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Kitob iqtisodiyot sohasi taʼlim muassasalari bakalavriat va magistratura dasturi boʻyicha taʼlim olayotgan styudentlar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, shuningdek, ekonometrikani mustaqil oʻrganuvchilarga moʻljallangan.

Asosiy mavzular

  • EKONOMETRIK MODELLARNI QURISH BOSQICHLARI: Ekonometrikaning predmeti, Ekonometrika usullari, Ekonometrikada modellar turlari, Model qurish bosqichlari kabilar o'rganiladi.
  • EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI: Iqtisodiy maʼlumotlarning statistik tabiati, Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash, Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar kabilar o’rganiladi.
  • EKONOMETRIKADA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI: Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari, To’plamlar va ularning xossalari, Tasodifiy miqdorlar va ularning xarakteristikalarini hisoblash kabi mavzular o’rganiladi.
  • JUFT OMILLI REGRESSIYA: Postulyatsiya modellar, Tarqalishi va regressiya chizig‘i, Chiziqli Juft omilli regressiya modelining parametrlarini baholash, Korrelyasion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining qo’llanilishi kabi mavzular o’rganiladi.
  • KO’P OMILLI REGRESSIYA: Model postulyatsiyasi, Ko’p omilli regressiya, Modelning strukturaviy shakli, Identifikatsiya muammosi, Strukturaviy model parametrlarini baholash, Misol va masalalar kabi mavzular o’rganiladi.
  • ADAPTIV REGRESSIYANI MODELLASH: Optimal regressiyani topish muammolari, Modelning strukturaviy va qisqartirilgan shakllari, Identifikatsiya muammosi, Strukturaviy model parametrlarini baholash, Misol va masalalar kabi mavzular o’rganiladi.
  • EKONOMETRIK MODELLARNING SIFATINI UMUMIY BAHOLASH: Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikasiya bosqichining ahamiyati, Ekonometrik modellar sifati va ahamiyatini mezonlar bo’yicha baholash, Gomoskedatlik va geteroskedatlikni aniqlash uchun testlar, Ekonometrik modellardagi parametrlarni iqtisodiy jihatdan baholash mezonlari kabi mavzular o’rganiladi.
  • TENGLAMALAR TIZIMI KO’RINISHIDAGI EKONOMETRIK MODELLAR: Modelning strukturaviy va qisqartirilgan shakllari, Identifikatsiya muammosi, Strukturaviy model parametrlarini baholash, Misol va masalalar kabi mavzular o’rganiladi.
  • VAQTLI QATORLAR: Vaqt qatorsi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari, Vaqt qatorlari darajalarining avtokorrelyatsiyasi, Vaqtning trend komponentini modellashtirish, Vaqt qatorsining tasodifiy komponentini modellashtirish kabi mavzular o’rganiladi.
  • AMALIY EKONOMETRIK MODELLAR. ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI.: Iqtisodiy o’sish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq etish, Ishlab chiqarish funksiyalarining xarakteristikalari, Talab va taklifning ekonometrik modellari, Makroiqtisodiy ekonometrik modellarning turlari va ularni iqtisodiy tahlilda qo’llanilishi kabi mavzular o’rganiladi.
  • IQTISODIY JARAYONLARNI PROGNOZLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH: Iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish mavzusi o‘rganiladi.