Нефт ва газ маҳсулотларини замонавий физик-кимёвий таҳлили
Ushbu kitob neft va gaz mahsulotlarini zamonaviy fizikkimëviy tahlil qilish usullariga bag'ishlangan bo'lib, unda turli spektral va xromatografik tahlil usullarining nazariy asoslari va amaliy qo'llanilishi yoritilgan. Kitobda organik birikmalarni aniqlash, ularning tuzilishini o'rganish uchun ishlatiladigan turli usullar, jumladan, Infraqizil (IQ), Ultravinafsha (UB), Yadro magnit rezonansi (YMR) va Massa spektroskopiya usullarining mohiyati, ishlash prinsipi va qo'llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, xromatografiya usullarining turli turlari, ularning qo'llanilish sohasi va afzalliklari ham batafsil bayon etilgan. Kitobning asosiy maqsadi talabalarga neft va gaz sanoati uchun muhim bo'lgan zamonaviy tahlil usullari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Asosiy mavzular
- Nazariy qism (Ma'ruzalar): 1-modul: Neft va gaz mahsulotlarini fizikkimëviy tahlili 1-mavzu: Neft va gaz mahsulotlarini tuzilishini tadqiq qilishda fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanishning asosiy tushunchalari 2-mavzu: Yorug'likning yutilish qonuniyatlari va yutilish spektrlarini ifodalash usullari 3-mavzu: Nur yutilishining asosiy qonuni 4-mavzu: Ultravinafsha spektroskopiya (UB). Neft mahsulotlaridan olingan ko'p atomli molekulalar spektrlari 5-mavzu: Infraqizil (IQ)-spektroskopiya tahlil usuli 6-mavzu: Infraqizil spektroskopiya usulida neft va gazdan olingan organik moddalarning tuzilishini o'rganish 7-mavzu: Yadro magnit rezonansi (YMR) usulining nazariy asoslari 8-mavzu: Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida signallarning o'rni, va kimyoviy siljish 9-mavzu: Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (YMR) signallar soni 10-mavzu: Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (YMR) signallar jadalligi 11-mavzu: Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (YMR) signallarning ajralib ketishi 4-modul: Tahlilning spektrometriya usuli 12-mavzu: Massa-spektrometriya tahlil usuli 13-mavzu: Massa-spektrometriyaida ion va fotonlarning paydo bo'lish jarayoni. Parchalanish turlari va ularga ta'sir qiluvchi omillar 14-mavzu: Neft va gaz mahsulotlaridan olingan organik birikmalarni tuzilishini o'rganishda massa-spektrometriyani qo'llash 4-modul: Xromatografik tahlil usullari 15-mavzu: Xromatografik tahlil usulining nazariy asoslari 16-mavzu: Xromatografiyada adsorbentlar va ularni qo'llash usullari 17-mavzu: Xromatografiyada ishlatiladigan kolonkalar va detektorlar. 18-mavzu: Xromatografiyada sifat va miqdor tahlili
- Amaliy mashg'ulotlar bo'yicha ko'rsatmalar va tavsiyalar: 1. Kimyoviy, fizik va fizik-kimyoviy tahlil usullari. 2. Elektrokimyoviy analiz usullari. 3. Spektral va optik analiz usullari. 4. Moddalarning erish temperaturalarini aniqlash. 5. Optik spektrlar va infraqizil, ultrabinafsha va ko'zga ko'rinadigan nurlardan hosil qilinadigan spektrlar. 6. Yutilish spektrlarini o'rganadigan asboblar spektrometr. 7. Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (YMR) signallar. 8. Massa-spektrometriyada ion va fotonlarning paydo bo'lish jarayoni. Parchalanish turlari va ularga ta'sir qiluvchi omillar 9. Xromatografiyada ishlatiladigan adsorbentlar va ularni qo'llash usullari. 10. Yupqa qatlamli xromatografiya asoslari. 11. Gaz-suyuqlik xromatografiyasida moddalarni ajratish va aniqlash va xromatografiya natijalarini hisoblash usullari. 12. Xromatografik tahlil usullari soddaligi, samaradorligi, tanlovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik-kimyoviy usullar bilan birgalikda avtomatlashtirish.