Nеft vа gаz sаnоаti jihоzlаri vа quvur trаnspоrt tizimlаri
Ushbu oʻquv qoʻllanma neft va gaz sanoatida qoʻllaniladigan gidromexanik jarayonlar, gidravlika asoslari, nasoslar, ventilyatorlar, kompressorlar, sentrifugalash, filtrash, mavhum qaynash gidrodinamikasi, aralashtirish, issiqlik almashinish jarayonlari va apparatlari, modda almashinish jarayonlari va apparatlari, absorbsiya, haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, desorbsiya jarayonlari, kimyoviy reaktorlar, suyuqlik va gazlarni uzatish kabi jarayonlar, magistral neft va gaz quvurlarining tarkibi, vazifalari va quvur transport tizimlari kabilar kiritilgan boʻlib, u yerdagi kechadigan jarayonlar bilan oʻquvchini yaqindan tanishtiradi.
Asosiy mavzular
- Asosiy fizik-kimyoviy xossalari: Moddalarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari, jumladan zichlik, siqilish koeffitsienti, tavsifiy omillar, molekulyar massa, qovushqoqlik, bugʻlashish, issiqlik sigʻimi, entalpiya, issiqlik oʻtkazuvchanlik, oʻxshashlik mezonlari.
- Suyuqlik va gazlarni uzatish: Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlarining umumiy kinetik tenglamasi, oqimning uzluksizligi, energetik balansi, Bernulli tenglamasi, quvuruzatgichlarda bosimning yoʻqolishi, oqim tezliklari, nasoslar, ventilyatorlar, gazni adiabatik siqish.
- Turli jinsli gaz va suyuqlik fazalarini ajratish: Choʻkish tezligi, mavhum qaynash va pnevmo transport sharoiti, siklonlar, suyuqlik muhitlarida aralashtirish.
- Issiqlik almashinish apparatlarining hisobi: Issiqlik balansi, issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik uzatish yuzasi hisobi, haroratning oʻrtacha farqi, koʻp qatlamli tekis devor orqali issiqlik uzatish.
- Pechni foydali issiqlik quvvati hisobi: Pechni foydali issiqlik quvvati, yoqilgʻi sarfi, yonish gazlar tarkibi va entalpiyasi, radiant va konvektiv qismlarning hisobi.
- Rektifikatsiya: Rektifikatsiya kolonnalarining ishlash prinsipi, fazalar muvozanati, uchburchakli diagrammalar, gidravlik hisoblar.
- Ekstraksiya: Bir bosqichli, koʻp bosqichli, qaram-qarshi ekstraksiya usullari, uchburchakli diagrammalar yordamida hisoblash.
- Kimyoviy reaktorlar: Kimyoviy reaktorlarning tasnifi, konversiya darajasi, retsirkulyatsiya, xomashyo uzatish tezligi.