Tuzlar tizimining grafik taxlili

Ushbu kitob «Tuzlar tizimining grafik tahlili» fanidan tayyorlangan bo'lib, magistrlarga kimyoviy tizimlarning eruvchanlik diagrammalarini o'rganish, ulardan foydalanib hisob-kitoblar olib borish va texnologik jarayonlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda binar, uch va to'rt komponentli tuzlar tizimining fazoviy diagrammalari, ularning o'zgarish qonuniyatlari, hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Fizik-kimyoviy tahlilning nazariy asoslari, jumladan, fazalar qoidasi, erkinlik darajasi, Gibbs qoidasi, termodinamik omillar, izotermik va politermik diagrammalar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlari uchun kerakli ma'lumotlar va nazorat savollari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Tuzlar tizimining grafik tahlili: Fanning maqsadi va vazifalari, kimyoviy sistemalar, ularning xossalari, ochiq, yopiq, izolyasiyalangan sistemalar, fizik-kimyoviy tahlil, uzluksizlik va muvofiqlik printsiplari, eruvchanlik diagrammalarining turlari.
  • 2-mavzu. Asosiy qoidalar va tushunchalar: Tuzlar tizimining grafik tahlili fani asosiy qoidalari va tushunchalari, tuzlar sistemasi va ularni tarkibini ifodalash usullari, fizik-kimyoviy diagramma, fazalar qoidasi, erkin komponentlar, komponentlar soni, erkinlik darajasi, figurativ nuqta, evtektik nuqta, solidus, likvidus, kongruent, kristallogidrat, distektik nuqta, molyar birlik, to'yingan eritma, kristallanish nuri, diffuziya, dispers sistemalar, eruvchanlik, erish issiqligi, eritma, eruvchanlik koeffitsienti.
  • 3-mavzu. Bir komponentli sistemalar: Bir komponentli sistemalarda fazalar qonunining qo'llanilishi va tadbiqi. Bir komponentli sistemalarning xolat diagrammalari. Klauzius-Klapeyron tenglamasi. Bug'lanish va sublimatsiya chiziqlari. Le-Shatele printsipi va uning qo'llanilishi. Uchlamchi nuqta va holat diagrammasining maydonlari.
  • 4-mavzu. Ikki komponentli sistemalar: Ikki komponentli sistemalarning diagrammalari va ularning geometrik xossalari. Ikki komponentli sistemalar politermik diagrammasi. Ikki komponentli sistemalar tahlili. Eritmalarni izotermik bug'latish va sovitish. Birlashtiruvchi to'g'ri chiziq va richag qoidasi, tarkib xossa egri chizig'i ko'rinishining og'irlik konsentratsiyadan molyar konsentratsiyaga va molyar konsentratsiyadan og'irlik konsentratsiyaga o'tishdagi o'zgarishi.
  • 5-mavzu. Kongruent birikma hosil qiluvchi sistema diagrammasi: Kongruent birikma hosil qiluvchi sistemaning halat diagrammasi. To’yingan eritma va kristallagidrat ustidagi to’yingan bug’ bosimi.
  • 6-mavzu. Inkongruent birikma hosil qiluvchi sistema diagrammasi: Krisgallogidratlar eruvchanlik egri chizig’i. Noorganik tuz-suv sistemalirining eruvchanlik diagrammalari. Yopiq maksimumli gidrat xosil qiluvchi tuzlar egri chizig‘i. Yopiq maksimumli diagramma soxalari. Yopiq maksimumli sovutish jarayoni. NaBr-H2O ikkilik sistemasi.
  • 7-mavzu. Uch komponentli sistemalar: Qo’shaloq tuz xosil qilmaydigai uchlik sistema eruvchanlik egri chizig’i. Diagrammani ikki tuz eritmasini izotermik bug’latishda qo’llash. Ikki tuz eritmasini bug’latish. Uch komponentli sistemalar tarkibini teng tomonli uchburchaklarda ifodalash. Uch komponentli sistema tarkibini ifodalashni Gibbs va Rozebom usullari.
  • 8-mavzu. Politermalarni izotermik kesimlari: Eritmalarni izotermik bug’latishda tuzlarning kristallanishi; kristallogidratli, qo’shaloq tuzli, aralash kristall hosil qiluvchi sistemalar. Suvdan va ikki tuzdan tuzilgan (KCl, NaCl) sistema diagrammasi.
  • 9-mavzu. Uch komponentli sistemalar diagrammasini to`g`ri burchakli koordinatalar o`qida ifodalash: Uchlik sistemalar eruvchanlik diagrammasini to‘g‘ri burchakli koordinatali o‘qlarda ifodalash. Uchlik sistemаlarni to‘g‘ri burchаkli koordinаtаlаr o‘qidаgi politermasi. Sistemalar tarkibini ifodalashni Sxreynemakers usuli.
  • 10-mavzu. Uch komponentli sistemalarni teng tomonli uch burchakli diagrammasidan foydalanish: Uch komponentli sistemalar holatini uch burchak yordamida ifodalash. Uch komponentli sistemalar politermasi.
  • 11-mavzu. KCl - MgCl2 - H2O uch komponentli sistemasi va karnallitni qayta ishlashda uni qo’llash: KCl - MgCl2 - H2O uch komponentli sistemasi va karnallitni qayta ishlashda uni qo’llash. Karnallit eritmalarining tavsifi. KCl - MgCl2 - H2O sistemasini fazalar qoidasiga binoan tekshirish. KCl - MgCl2 - H2O sistemasi izotermasi. Karnallit misolida eritmalarning to’yinish turlari, izotermik bug’lanishi va politermasining sistema tekisligidagi aksi.
  • 12-mavzu. Bir xil ionli uchta tuz va suvdan iborat to`rt komponentli sistemаlаr haqida tushunchalar: Oddiy bir xil ionli uchta tuz va suvdan iborat to’rt komponentli sistemalar haqida tushunchalar. To‘rt komponentli oddiy sistemа izotermаsini mаrkаziy аksi. Suv diаgrаmmа. To‘g‘ri burchаkli koordinаtаlаrdа oddiy to‘rt komponentli sistemа izotermаsi.
  • 13-mavzu. O`zaro almashinuvchi tuzlar juftini grafik ifodalashda kvadratda qurish usuli: O‘zаro аlmаshinuvchi tuzlаr sistemаsi. O’zaro almashinuvchi tuzlar juftini grafik ifodalash usullari (Levengers va Ieneyka bo’yicha grafik tasvirlash). O‘zаro аlmаshinuvchi tuzlаrni kvаdrаt diаgrаmmаsi. Kvаdrаt diаgrаmmаdаgi izotermik bug‘lаtishni kristаllаnish yo‘li. Tuzlаrni аlmаshinib pаrchаlаnishi.
  • III. Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma tavsiyalar: Eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari va ularni bir-biriga o‘tkazish. Eritmalarni suyultirish va aralashtirish. Ikki komponentli sistemalar uchun birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq va richag qoidalarini qo‘llash. Fazoviy diagrammalar tuzish va ular asosida grafik xisoblar. Ikki komponentli sistemalar asosida bug‘latilgan suv miqdorini topish (Richag qoidasi asosida). Kristallogidrat hosil qiluvchi (NaBr-H2O) tuzlarning eruvchanlik egri chiziqlari asosida grafik hisoblar (Vant-Goff usulida). O'zgarmas komponent asosida hisoblar. Moddiy balans tenglamasini massa birliklarida hisoblash. Uchlamchi sistemalar diagrammalari asosida grafik xisoblar. To'rt komponentli va o'zaro almashinuvchi sistemalarni diagrammalari asosida grafik hisoblar.
  • IV. Mustaqil ta’lim mavzulari: Mustaqil ta’limning shakli va mavzulari, Nazariy o’qitishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar), Ta’lim texnologiyalari va metodlari, Kreditlarni olish uchun talablar.