Qurilish mexanikasi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va "Qurilish mexanikasi" fanining o'quv dasturi asosida tayyorlangan "QURILISH MEXANIKASI" fanidan o'quv uslubiy majmuasini o'z ichiga oladi. Kitobda mexanika fanining asosiy tushunchalari, statika aksiomalari, kuchlar sistemasi, kuchning nuqtaga nisbatan momenti, juft kuchlar, tekislikda va fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi, parallel kuchlar markazi, qattiq jismning og'irlik markazi, kinematikaga kirish, nuqta kinematikasi, qattiq jismning harakatlari, dinamikaga kirish, kuchlanish va deformatsiyalar kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, kitobda materiallar qarshiligi, siljish, buralish, egilish va ularning birgalikdagi ta'siridan kelib chiqadigan kuchlanishlar va deformatsiyalar, shuningdek, statik aniq va noaniq masalalarni hisoblash usullari bilan tanishiladi. Mustaqil ta'lim talabalar uchun majburiy o'quv mashg'uloti hisoblanadi va har bir mavzu bo'yicha talabalar tomonidan konspekt qilish, prezentatsiya tayyorlash, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Nazariy mexanika va qurilish mexanikasi faniga kirish: Nazariy mexanika fanining ahamiyati va vazifalari. Statikaning asosiy tushunchalari, aksiomalari. Bog'lanishlar va bog'lanish reaksiya kuchlari. Kesishuvchi kuchlar sistemasi.
- Kuchlar sistemasining muvozanat shartlari: Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari geometrik va analitik usulda ifodalanishi.
- Kuchning nuqtaga nisbatan momenti va juft kuch: Kuchning nuqtaga nisbatan momenti, uning xossalari. Juft kuch va juft kuch momenti. Juftlar sistemasining muvozanat shartlari.
- Tekislikda va fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi: Kuchni o'ziga parallel ko'chirish masalasi. Tekislikdagi kuchlar sistemasini bir markazga keltirish (qo'shish). Kuchlar sistemasining bosh vektori va bosh momenti. Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
- Parallel kuchlar markazi va qattiq jismning og'irlik markazi: Parallel kuchlar markazi va uning radius vektori hamda koordinatalarini aniqlash. Qattiq jismning og'irlik markazi. Jismning og'irlik markazini aniqlash usullari.
- Kinematikaga kirish: Kinematikaning asosiy tushunchalari, moddiy nuqta harakatining berilish usullari. Harakati vektor usulida berilgan nuqtaning tezlik va tezlanishi.
- Qattiq jismning harakatlari: Qattiq jismning ilgarilama harakati, qo'zg'almas o'q atrofida aylanishi va aylanma harakatdagi jism nuqtasining tezlik va tezlanishini topish.
- Dinamikaga kirish: Dinamikaning asosiy qonunlari. Moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi.
- Moddiy nuqtaning tebranma harakati: Moddiy nuqtaning erkin va so'nuvchi tebranma harakati. Moddiy nuqtaning majburiy tebranma harakati.
- Materiallar qarshiligi: Materiallar qarshiligiga kirish. Asosiy tushunchalar. Fanning maqsad va vazifalari. Materiallar qarshiligida qabul qilingan asosiy gipoteza va cheklanishlar.
- Tekis kesim yuzalarining inersiya momentlari: Tekis kesim yuzalarining statik momenti. Tekis kesimning og'irlik markazi. Tekis kesim yuzasining qutb inersiya momenti. Tekis kesimning o'q va markazdan qochma inersiya momentlari.
- Bosh inersiya o'qlari va bosh inersiya momentlari: Tekis kesim yuzining markaziy o'qqa parallel o'qqa nisbatan inersiya momenti. Koordinata o'qlari burilganda inersiya momentlarining o'zgarishi. Bosh inersiya o'qlari va bosh inersiya momentlari.
- Ichki kuchlarni aniqlash: Kesish usuli. Ichki kuchlar. Kuchlanishlar. Normal, urinma va to'la kuchlanishlar. Oddiy deformatsiya turlari.
- Cho'zilish yoki siqilishda kuchlanish va deformatsiya: Sterjenning ko'ndalang kesimida vujudga keladigan zo'riqish kuchlari. Bo'ylama kuchlarni aniqlash va ularning epyuralarini chizish. Sterjenning ko'ndalang kesimidagi kuchlanishlar. Bo'ylama deformatsiya. Guk qonuni.
- Qiyshiq egilishda kuchlanish va deformatsiya: Brus murakkab deformatsiyasining ko'rinishlari. Ichki kuchlarni aniqlash. Qiyshiq egilishda balka kesimlaridagi normal kuchlanishlarni aniqlash. Qiyshiq egilishda balkaning mustahkamlik va bikrlik shartlari.
- Siqilgan sterjenlarning ustivorligi masalasi: Umumiy tushunchalar. Ustivorlik holatlarining turlari. Kritik kuchni aniqlash. Eyler formulasi. Sterjenning egiluvchanligi, keltirilgan uzunligi.
- Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari: Statik noaniq sistemalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Statik noaniq sistemalarning xususiyatlari. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Statik noaniqlik darajasi.
- Uch sharnirli arkalarni qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash: Uch sharnirli sistemalar to’g’risida umumiy tushunchalar. Uch sharnirli arkalarni qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash. Uch sharnirli arka zo‘riqish kuchlarining ta’sir chiziqlari.
- Statik aniq tekis fermalarni qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash: Ferma hisob sxemasi, panel, tasmalar, xovon, tashqi kontur shakli, panjaralarning shakli, tayanchlarga qo‘yilishi, qurilishda foydalanish, xarakat chegarasi, zo’riqishlar, moment nuqtasi, proektsiya, tugun kesish, almashtirish, diagramma.