Qurilish materiallarini sinash usullari

Ushbu kitob «Qurilish materiallarini sinash usullari» fanining amaliy mashg'ulotlari va nazariy qismini o'z ichiga oladi. Unda qurilish materiallari va konstruksiyalarini sinash usullari, ularning sifatini aniqlash, texnik nazoratni tashkil qilish, sinov usullari, laboratoriya ishlari, armatura po'latining mexanik sinashlari, beton qorishmalarini nazorat qilish, payvandlash sifatini aniqlash kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, muammoli masalalarni yechish, keys-stadi, blits-so'rov, guruh bilan ishlash kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanning vazifasi va maqsadi. Ishlab chiqarishda texnik nazoratni tashkil qilish: Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalalarida, qurilish maydonchalarida texnik nazoratni tashkil qilish va uni o'tkazish muammolarini o'rgatadi. Qurilish materiallarini sinash uchullarini tahlili va qo'llaniladigan sinov priborlarini o'rganish. Foydalanilayotgan qurilish materiallarini holatini baholashda va kelgusi ishini belgilashda mutaxassis buzmasdan sinash usullarini keng qo'llagan holda konstruksiya va uning birikmalarini sifatini nazorat qila olish, naturaviy va modelda sinov o'tkaza olishi va sinov jarayonida xavfsiz sharoit yarata olish o'rgatishdan iborat.
  • Texnik nazoratni asosiy turlari va vazifasi: Texnik nazoratni asosiy vazifasi. Ishlab chiqarish nazorati. Boshlang'ich, oraliq va qabul qilish – topshirish nazorati asoslari. TNB funksiyasi va tuzilmasi.Texnik nazorat turlari Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sifatini nazorati bosqichlari. Sinov laboratoriyasini tashkil qilish.
  • Sinovni standart usullari: Standart namunalarini olish va ularni tayyorlash hamda saqlash usullari. Standart namunalar turlari. Standart namunalarda sinov o’tkazish. Namunani sinovga tayyorlash.
  • Betonni standart sinov usullari: Beton hajmiy og’irligi, zichligi, g’ovakligi, suv shimuvchanligi, namlikni aniqlash. Beton mustahkamligi, suv o’tkazmasligi, sovuqbardoshligini aniqlash. Betonni fizik-mexanik xossalarini aniqlash uchun sinov ketma-ketligi, o’tkazish usuli va natijani qayta ishlash usullari.
  • Nostandart sinash usullari: Konstruktsiyalarni betonlash jarayonida qoliplarni o’rnatish usuli. Namunalarni kesib, qirqib, parmalab olish usullari va uskunalari. Nostandart namunalarini sinashga tayyorlash.
  • Armatura po’latini mexanik sinash: Armaturani ishlab chiqarishga qabul qilish va namunalar olish. Armatura po’latini cho’zilishga va egilishga sinash. Armaturani relaksatsiyaga sinash.
  • Armatura qattiqligini aniqlash: Armatura va qoplama detallarini qattiqligini aniqlash. Qattiqligini aniqlashni Brinnel, Rokvell usullari. Qattiqligini aniqlashni Brinnel Vikkers usullari.
  • Qurilish konstruksiyalarini buzmasdan sinash usullari: Buzmasdan sinov o’tkazish turlari. Buzmasdan sinov o’tkazishni qo’llanish sohalari Plastik deformatsiya usuli. Betonni mahalliy buzishga asoslangan usullar.
  • Betonni mustahkamligini buzmasdan aniqlash: Betonni mahalliy buzishga asoslangan usullar. Plastik deformatsiya usuli.Beton musthkamligini Kashkarov bolg’achasi bilan aniqlash/ Beton musthkamligini aniqlash usullari
  • Betonni mustahkamligini aniqlash usullari: Qayishqoq aks ta’sir va zarba impulьsi usullari. Mahalliy buzilish usuli. Ankerni tortish usuli
  • Armaturani payvandlash sifatini aniqlash: Payvand birikmalardagi nuqsonlar.Payvandlash kuchlanishi aniqlash Payvandlash deformatsiyani aniqlash Armaturani birikmasi sifatini sinash
  • Armaturani birikmasi sifatini sinash: Armaturali mahsulotlarni qabul qilish va namunalar olish. Namunalarni cho’zilishga sinash. Namunalarni qirqilishga sinash.
  • Konstruktsiyalarni yuklash qurilmalari va olchov asboblari: Ko’chishni aniqlovchi asboblar. Sinovda qo’llaniladigan ko’chish va deformatsiyani aniqlaydigan asboblar turlari
  • Yoriqlar va deformatsiyalarni aniqlovchi asboblar: Mexanik tenzometrlar.Elektr tenzometrlar.Darzlarni o’lchash va konstruktsiyalarni yuklash qurilmalari
  • Konstruktsiyalarni statik yuklamalarga sinash: Konstruktsiyalarni tanlash va statik sinovga tayyorlash.Temirbeton konstruktsiyalarni sinash uchun qo’llaniladigan stendlar.Temirbeton konstruktsiyalarini sinash uchun qo’llaniladigan maxsus stendlar.
  • Ul’tratovush usul bilan beton mustahkamligini nazorat qilish.: Umumiy ma’lumotlar. Beton mustahkamligini ul’tratovush usul bilan aniqlash. Beton mustahkamligini oshib borishini nazorat qilish.
  • Qurilish materiallari va konstruktsiyalarni sinashda yuklama turlari: Dinamik yuklamalar turlari.Yuklash stendlari va uskunalari. Dinamik yuklamalarni hosil qilish usullari Qurilmalar modellarin sinash. Qurilish konstruktsiyalarini ekspluatatsiyadagi dinamik yuklamalarga sinash. Qurilmalarni dinamik yuklamaga sinashni maqsadi va vazifasi. Naturaviy (konstruktsiya) inshootlarni dinamik ekspluatatsiya yuklamalariga sinovi. Qurilma va inshootlarni sun’iy hosil qilinadigan vibratsiya yuklamalariga sinovi.