Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Ushbu o'quv qo'llanma umumiy seleksiya va urug'chilik fanining nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Unda o'simliklar seleksiyasining asosiy usullari, urug'larni ko'paytirish, ularning navdorlik sifatini baholash, urug'larni saqlash va boshqa muhim masalalar atroflicha yoritilgan. Kitobda seleksiya tarixidan tortib, zamonaviy biotexnologiya usullarigacha bo'lgan ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma talabalar uchun nazariy bilim berish bilan bir qatorda, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga ham qaratilgan. Unda urug'chilikka oid muhim tushunchalar, jumladan, urug'larning sifati, unuvchanligi, inkubatsiya, shuningdek, genetik o'zgarishlar va ulardan foydalanish usullari tushuntirilgan. Kitob oxirida har bir mavzu yuzasidan nazorat savollari va nazorat topshiriqlari berilgan.

Asosiy mavzular

  • UMUMIY SELEKSIYA VA URUG'CHILIK: Urug‘lik reproduksiyasi – elitadan boshlanadigan urug‘lik avlodi. Urug‘chilikda elita urug‘larini 1-qayta ekishdan 1 - reproduksiya, ularning avlodini qayta ekishdan 2reproduksiya va h. k. uruishk olinadi. Dala ekinlari urug‘chiligida 8reproduksiyadan (makkajuxorida 5dan) keyin yalpi reproduksiya deyiladi. Paxtachilikda 1 - 3 reproduksiyalar urug‘lik chigit hisoblanadi, 4reproduksiya chigitlari, odatda, texnik maqsadlarda ishlatiladi.
  • LABARATORIYA MASHG'ULOT MATERIALLARI: O’simliklar balandligini o’lchash. O’simliklarining balandligi qatordagi 10 ta o’simlikda o’lchanadi. Odatda o’simliklarning balandligi vegetatsiya davomida 3 marta – iyunda, iyulda va avgust oylarini oxirida o’lchanadi. O’lchash ildiz bo’g’inidan o’simlikning uchigacha (barglarni hisobga olmagan holda) olib boriladi va natijalar qayd qilish daftariga yoziladi. Har sarpar qatordagi belgilangan 10 o’simliklar o’lchanishi lozim.
  • BUG'DOY VA ARPA APOROTSIYASIDA: Bug’doy va arpa, suli, tariq, makkajo’xori, soya, sholi, beda ekinlarining urug’larini ekib, o’rganib ko’rish mobaynida urug’ning fiziologik yetilishi, urug’ni unish sharoitlari, unib chiqish uchun optimal harorat, urug’ni laboratoriyada unuvchanligini foizlarda hisoblash va unga ko’ra daladagi unuvchanlikni belgilashni o’rganadilar.
  • G’O’ZA O’SIMLIGIDA APOROTSIYA O’TKAZISH TARTIBI: G’o’za o’simligining nav belgilari va ularning xossalari asosida urug’lik navlarini tanlash, urug’liklarni qayta ishlov berish va saralash, saqlash, hamda urug’chilikni tashkil etishni nazarda tutadi. Nazorat qilish uchun esa o’simliklarni proffesional nazorat ostida ekish va ulardan urug’lik olish jarayoni nazarda tutiladi.
  • MAKKAJO’XORI VA BUG’DOY NAVLARINI RO’YXATGA OLISH VA TANLASH USULLARI: Makkajo’xori va bug’doy navlarining ommaviy tanlash va yakka tanlash usullari o’rganiladi. Bu jarayonlar natijasida aniqlangan ma’lumotlar asosida navdorlik va boshqa sifatlar baholanadi.