Avtomobillar konstruksiyasi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda "Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" fanidan kurs ishi mavzulari, nazariy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta'lim va nazorat savollari keltirilgan. Kitobda avtomobilning umumiy tuzilishi, mexanik va gidravlik tizimlari, dvigatelning ishlash jarayoni, yonilg‘i bilan ta'minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari, transmissiya, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, differentsial, yarim o‘qlar, yurish qismi, rul boshqarmasi, tormoz boshqarmasi, tortish-tezlik xususiyatlari, dinamik omillar, yonilg‘i tejamkorligi, boshqariluvchanlik, turg‘unlik, o‘tuvchanlik, yurish ravonligi, ekologik xususiyatlari hamda ularning ekspluatatsiyasi bo‘yicha ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kurs ishlari va laboratoriya mashg'ulotlari uchun materiallar, test savollari va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobilning umumiy tuzilishi: Avtomobilning yaratilishi, ularning rivojlanish bosqichlari, umumiy tuzilishi va texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishish; Avtomobil va dvigatelning umumiy tuzilishini o‘rganish. Dvigatellarning ish faoliyatini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichlar bilan tanishish.
- Krivoship-shatunli mexanizm: Krivoship-shatunli mexanizmning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi bilan tanishish; Krivoship-shatunli mexanizmlarining tuzilishi va ularning ishlash printsipi. Tsilindrlar blokining kallagi, porshen, porshen xalqalari, porshen barmog‘i, shatun, tirsakli val, maxovik.
- Gaz taqsimlash mexanizmi: Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, turlari va tasnifi. GTM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: klapanlar: yo‘naltiruvchi vtulka: turtkich: shtanga: koromislo: taqsimlash vali: taqsimlash vali yuritmasi: gidrokompensator. Gaz taqsimlash fazasining tavsifi va diagrammasi.
- Sovitish tizimi: Sovitish tizimining tarifi vazifasi va tasnifi. Sovutish suyuqligi. Sovitish tizimining konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi: radiator: jalyuzi: suyuqlik nasosi: ventilyator: gidromufta: termostat.
- Moylash tizimi: Moylash tizimining tarifi vazifasi va tasnifi. Moylash usullari. Moylash tizimini konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi: Moy nasosi. Moy fil trlari. Moy osti tog‘orasi (paddon). Moy radiatori. Klapanlar. Karterni shamollatish.
- Benzinli dvigatelni ta`minlash tizimi: Karbyuratorli dvigatelning ta`minlash tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va joylanishi bilan tanishish. Yonilg‘i purkash tizimi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ta`minlash tizimini vazifasi, tuzilishi, ishlashi va joylanishi bilan tanishish.
- Dizel dvigatelini ta`minlash tizimi: Dizel dvigatelining ta`minlash tizimining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va joylanishi bilan tanishish.
- Transmissiya. Ilashish muftasi: Transmissiya. Ilashish muftasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
- Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisi: Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Taqsimlash qutisining vazifasi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
- Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial va yarim o‘qlar: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Differentsialning vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish. Yarim o‘qlarning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish.
- Avtomobilning yurish qismi: Avtomobilning yurish qismlarini turlari bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini tuzilishi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning yurish qismlarini avtomobilda o‘rnatilishi bilan tanishish.
- Avtomobilning rul boshqarmasi: Avtomobilning rul boshqarmasini turlari bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini tuzilishi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini avtomobilga o‘rnatilishi bilan tanishish.
- Avtomobilning tormoz boshqarmasi: Avtomobilning tormoz boshqarmasini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshqarmasini ishlashi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshqarmasini tuzilishi va avtomobilga o‘rnatilishi bilan tanishish. Avtomobilning tormoz boshharmalarini turlari bilan tanishish.
- Tirkama va yarim tirkamaning tormoz tizimi: Tirkama va yarim tirkamaning tormoz tizimi bilan tanishish. Tirkamalarda qo‘llanililadigan tormoz mexanizim turlari bilan tanishish. Pnevmatik tormoz tizimini yuritmalari.
- Tirkama va yarim tirkamalarning yurish qismi: Zamonaviy avtomobillarning Tirkama va yarim tirkamalar konstruksiyalarini o‘rganish. Ikki va bir o‘qli yarim tirkamaning tuzilishi va ishlash rrinsirini o‘rganish. Mexanik va gidravlik yuritmani o‘rganish.
- Avtomobilning texnik tasnifini tuzish: Avtomobilning texnik tasnifini tuzish bilan tanishish.