Soda ishlab chiqarish texnologiyasi
«Soda ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan o’quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Ushbu uslubiy majmua magistrlarga soda ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarishning nazariy asoslari, jihozlarning ishlash maromini, texnologik jarayonlarni jadallashtirish va takomillashtirish yo’llarini o’rgatish, ularda amaliy masalalarni hal qilish tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o’rgatish, hamda egallangan bilimlari bo’yicha, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan magistrlarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, yuqori samarali kasb faoliyati, texnologik jarayonlar va ular haqida fundamental bilimlar asosida magistrda soda ishlab chiqarishda energiyani tejash yo’llarini aniqlash, himashyolardan foydalanish muammosini hal qilish va chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish, soda ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha respublikamiz va xorijiy ilg’or texnologiyalar yutuqlarini tahlil qilish, hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Kitobning har bir bobida asosiy nazariy qism (nazariy qismga tegishli mavzular) hamda amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya ishlari va mustaqil ta’lim mavzulari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- 1-mavzu: Fanga kirish. Soda ishlab chiqarish tarixi, ahamiyati va olish usullari.: «Soda ishlab chiqarish texnologiyasi» fanining mazmuni, predmeti, metodlari va tarixi. Sodaning xalq xo’jaligida qo’llanilishi. Soda ishlab chiqarishning ahamiyati va olish usullari. Soda ishlab chiqarishning Leblan va Solve usuli.
- 2-Mavzu: Soda ishlab chiqarishdagi xomashyolarning tarkibi, xususiyati va olinishi.: Soda ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida osh tuzi (natriy xlorid), ohak tosh yoki bo’r (CaCO3) va ammiak ishlatiladi. Kalsiy va uglerod oksidlarining olish reaktsiyasining muvozanat konstantasi fazalar qoidasiga binoan faqat CO2 ning kontsentratsiyasiga bog’liqdir. Xomashyoning ichki qismlarini parchalash uchun amalda 900°C temperaturaga erishish zarurdir.
- 3-Mavzu: Kalsiy gidroksid tayyorlashning fizik-kimyoviy asoslari.: Kalsiy gidroksid tayyorlashning fizik-kimyo asoslari. Kalsiy gidroksid olishning texnologik cxemasi.
- 4-Mavzu: Natriy xlorid eritmasining (rassol) tayyorlash va uni tozalash jarayoni asoslari.: Birlamchi rassolning tarkibida kal’siy va magniy tuzlari mavjud, ulardan rassolni tozalash uchun kal’siy tuzlaridan tozalashda soda qo’llaniladi, magniy tuzlari uchun kal’siy gidrooksid ishlatiladi.
- 5-Mavzu: Ammonizatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari.: Ammonizatsiya bo’limida ammiakni rassolga absorbtsiyalanishi yuqori darajada bo’lishi lozim. Bu mahsulot unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Karbonizatsion kallonga ammonizatsiyalangan namokob va ohak toshni kuydirish natijasida hosil bo’lgan dioksid uglerod gazi beriladi. Ammonizatsiya bo’limining texnologik sxemasi.
- 6-Mavzu: Karbonizatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari.: Karbonizatsion kallonga ammonizatsiyalangan namokob va ohak toshni kuydirish natijasida hosil bo’lgan dioksid uglerod gazi beriladi. Karbonizatsiya bo’limining texnologik sxemasi.
- 7-Mavzu: Natriy gidrokarbonat suspenziyasini filtrlash va filtrasiya bo’limining texnologik sxemasi.: Karbonizatsion kallonnada hosil bo’lgan suspenziya tarkibidagi gidrokarbonat natriyni ajratish uchun filtrlash jarayoni qo’llaniladi. Hosil bo’lgan kristallar kaltsinatsiyalash bo’limiga beriladi, filtrdan chiqayotgan suyuq faza esa distillyasiya bo’limiga ammiakni regeneratsiya qilish uchun beriladi.
- 8-Mavzu: Ammiak va dioksid uglerodlarni regeneratsiya qilishning fizik-kimyoviy asoslari va texnologik sxemasi.: Fil’trli suyuqlik tarkibidagi erigan ammoniy gidrokarbonat, karbonat va xlorid tuzlaridan mmiak va dioksid uglerodning regeneratsiya qilish jarayoni fizik-kimyoviy asoslari. Soda ishlab chiqarish zavodlaridagi distillyatsiya bo’limida ammoniy xloriddan ammiakning regeneratsiya jarayoni o’tkaziladi.
- 9-Mavzu: Kalsinatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari va texnologik sxemasi.: Kalsinatsiya - natriy gidrokarbonatning termik parchalanishi bo’lib, soda ishlab chiqarishning yakyniy bosqichi hisoblanadi. Natriy gidrokarbonatning tarkibida namlik va qo’shimchalar borligi uchun amaldagi sharoitlarda uning termik parchalanishi murakkablashadi.
- 10-Mavzu: Ammiakli usulda soda ishlab chiqarishda ikkilamchi moddiy resurslarni qayta ishlanishi.: Ammiakli usulda soda ishlab chiqarishda ikkilamchi moddiy resurslarni qayta ishlash. Soda ishlab chiqarishda talab qilinadigan moddalar.
- 11-Mavzu: Kal’siy xlorid ishlab chiqarish.: Ammiakning regeneratsiya qilish natijasida hosil bo’lgan eritmadan kal’siy xlorid ishlab chiqarish. Kalsiy xloridning asosiy xossalari. Kalsiy xlorid ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
- 12-Mavzu: Distiller suyuqligining neft qazilmalariga berilishi.: Distiller suyuqligining neft qazilmalariga berish orqali uni utilizatsiya qilish. Distiller suyuqligining neft qazilmalariga berishning texnologik sxemasi.
- 13-Mavzu: Miliorant va ozuqa mineral qo’shimchalar ishlab chiqarish.: Miliorantni tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri. Miliorant ishlab chiqarish sxemasi. Texnologik rejimning asosiy ko’rsatkichlari.
- 14-Mavzu: Qishloq xo’jalik mollari uchun kompleks mineral qo’shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi.: Qishloq xo’jalik mollari uchun kompleks mineral qo’shimchalar ishlab chiqarish. Zararli chiqindilardan gazlarni tozalash. Kalsiyatsiyalangan soda ishlab chiqarish asosida har xil mahsulotlarning kamchiqindili kombinatsiyali olish texnologiyasi.
- 15-Mavzu: Ammiakli usulda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni rivojlanish perespektivlari.: Ammiakli usulda kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni takomillashtirish yo’llari. Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishda energiya talab qiluvchi pog’onalar.