Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan chop etilgan ushbu o’quv qo’llanma mashinasozlik hamda materialshunoslik yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, unda «Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi» fanining asosiy nazariy va amaliy mashg’ulotlari, shuningdek, o’z-o’zini tekshirish uchun savollar, laboratoriya ishlari va kurs ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar, shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: “Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi” fanidan o’quv dasturi mashinasozlik materiallariga termik va kimyoviy-termik ishlov berishda ro’y beradigan shakllanish qonuniyatlari, ularning tuzilishi, strukturasi, xossasi, markalanishi hamda fanning rivojlanish tendentsiyasi , istiqboli hamda respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalarida qo’llanilayotgan termik, kimyoviy – termik va boshqa ishlov berish usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalarni qamrab olgan
- Fanning maqsadi va vazifalari: Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda mashinasozlik materiallarga termik va kimyoviy termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarda mashinasozlik materiallarga termik va kimyoviy-termik ishlov berishda struktura va xossalarini shakllanish qonuniyatlari, termik va kimyoviy-termik ishlov berish texnologiyalari hamda respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida qo’llanilayotgan termik va kimyoviy-termik ishlov berish usullari bo’yicha jamlangan bilimlarni hosil qilishdir.
- Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar: “Termik va kimyoviy – termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari; termik va kimyoviy-termik ishlashning asosiy turlari; mashinasozlik qo’llaniladigan detallarga termik ishlov berishdagi asosiy texnologik jarayonlar haqida tasavvurga ega bo’lishi; materiallarni yumshatish va ularning turlarini; po’latlardagi faza o’zgarishlarini, po’latlardagi perlitli, martensitli va beynitli o’zgarishlarni; kimyoviy-termik ishlov berish va uning turlarini, termik ishlov berishning asosiy texnologiyalari, turli mashinasozlik detal va zagotovkalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish texnologiyalari va uning rejimlari haqida dastlabki yaxshi va yetarli darajadagi bilimga ega bo’lishi kerak.
- Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi: “Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi” fani ixtisos-lik fani hisoblanib, 7, 8 – semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, kimyo), umumkasbiy (konstruktsion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik, nometall materiallar va materiallar tuzilishining tahlili va detallar sifatini nazorat qilish usullari ) va ixtisoslik (qizdirish qurilmalari) fanlaridan talabaning yetarli bilim va ko’nikmaga ega bo’lishligi talab etiladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Mashinasozlik va sohalar bo’yicha ishlab chiqarish korxonalar“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha mutaxasisislarga talabi yildan-yilga oshib bormoqda. SHuning uchun bu yo’nalish bo’yicha raqobatbardosh va o’z sohasini yetuk mutaxassisini tayyorlash taqozo etiladi. “Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi” fani ushbu yo’nalishda bakalavrlar tayyorlashda asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, yo’nalish bo’yicha talabalarga materiallarni termik va kimyoviy – termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi bo’yicha bilim beradi, ularni soha bo’yicha bilimlari poydevorini yaratadi va ishlab chiqarish korxonalarida juda muhim hisoblangan materiallarni puxtalash texnologiyalari bo’yicha talabalarda malaka va tajribani shakllantiradi. SHu bilan bu fanning oliy tahlim va ishlab chiqarishdagi o’rni kattadir.
- Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: Fanni o’zlashtirishda yo’nalishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, interaktiv usullarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlarni o’zlashtirishda EHM axborot bazalaridan, INTERNETdan to’liq foydalani-ladi.Bundan tashqari fanni o’qitishda texnik vositalarning barcha turlaridan keng foydalaniladi.Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda mos ravishda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.Mustaqil ish jarayonida talaba texnik adabiyotlar va mehyoriy hujjatlar bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, mashg’ulotlar vaqtida qabul qilgan informatsiyani to’g’ri mushohada qilish qobiliyatini ko’rsatishi zarur.Mazkur fanni o’qitish jarayonida tahlimning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan: - termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi bo’yicha mahruza darslarida zamonaviy kompg’yuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalarini; - “Termik va kimyoviy-termik ishlov berish nazariyasi va texnologiyasi” fanidan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, klaster kabi pedagogik texnologiyalarni qo’llash nazarda tutiladi.
- Kurs ishini tashkil etish bo’yicha nazariy qism: Kurs ishi talabalar mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi. Kurs ishi talabalar turli detallar va asboblarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish texnologiyalarining operatsiyalarini va marshrut kartalarini tuzadilar. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: buyumlarni ishlash sharoitiga qarab po’lat, cho’yan va boshqa qotishmalarning markasini tanlash; qizdirish va sovutish ; qizdirish va sovutish muhitlarini tanlash; termik ishlov berish texnologiyasining marshrut kartalari va operatsiyalarini tuzish; termik ishlov berish texnologiyasining texnik jarayonlarini tuzish; termik ishlashda detallar sifatini nazorat qilish usullarini tanlash.
- Kurs ishini tashkil etish bo’yicha tavsiya qilinadigan mavzular:: 1-variant - “Tishli g’ildirak uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing”; 2- variant - “Keskich uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnolo giyasini ishlab chiqing”; 3- variant -“Freza uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing”; 4- variant – “Prujina uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing”; 5- variant – “Val uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing”; 6- variant – “SHtamp asboblari uchun po’lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing”
- Mustaqil ishlash uchun masalalar: Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi: - darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; - tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish; - avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazoratqiluvchi tizimlar bilan ishlash; - maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash; - yangi texnika, apparat, qurilma va texnologiyalarini o’rganish; - faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish; - masofaviy (distantsion) tahlim.
- O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 1.Termik ishlov berish deb nimaga aytiladi? 2.Termik ishlov berishdan maqsad nima? 3.Qanday termik ishlov berishning turlarini bilasi? 4.Toblash nima? 5.Bo’shatish nima? 6.Toblashda qizdirish temperaturasini va ushlab turish vaqtini qanday tanlanadi? 7.Sovutish muhiti qanday tanlanadi? 8.Normallashdan keyingi strukturasi haqida nimani bilasiz? 9. Martensit nima? 10. Martensitli o’zgarishlarda qoldiq austenit nima? 11. Martensitli o’zgarish mexanizmini qanday tushuntirasiz? 12. Beynit nima? 13. Beynitli o’zgarishlar haqida nimani bilasiz?