Nazar Eshonqulning «Go‘ro‘g‘l i» romanida mánaviy-axloqiy muammolar talqini

Ushbu bitiruv malakaviy ishida Nazar Eshonqulning «Goʻroʻgʻli» romani tahlil qilinib, uning badiiy-estetik xususiyatlari, g'oyaviy-badiiy yo'nalishlari, inson ruhiyatini tasvirlashdagi o'ziga xosliklari hamda badiiy tafakkurning shakllanishidagi o'rni atroflicha o'rganilgan. Ishda milliy adabiyotimizning buyuk namoyondasi sifatida nazar Eshonqul ijodiyoti, xususan, «Goʻroʻgʻli» romani zamonaviy o'zbek nasri taraqqiyotiga qo'shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING UMUMIY TAVSIFI: Mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda ishning tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • I BOB. “GOʻROʻGʻLI” ROMANINING GʻOYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI: 1.1. Tasvir ruhiyati hamda badiiy gʻoya mutanosibligi: Roman janrining o'ziga xos jihatlari, badiiy shaklining mazmun-mohiyatini belgilovchi estetik tamoyillar, obrazlarning ijtimoiy-ruhiy mohiyati hamda badiiy talqinning o'ziga xosligi haqida so'z yuritiladi. 1.2. Oʻzlikni anglash ifodasida ijodiy individuallik: Roman ijtimoiy-siyosiy evrilishlarning shaxs hayotiga ta'siri, axloqiy-falsafiy muammolar, xarakter mantig'i va ruhiyatning yoritilishi, ichki nutq, xatti-harakat va badiiy chizgilar tahlil qilinadi.
  • II BOB. REALISTIK TASVIR VA FALSAFIY-PSIXOLOGIK TALQIN: 2.1. Romanda inson qalbi va abstrakt tushunchalar badiiy talqini: Sujet va uning elementlari, badiiy shakl va mazmunning oʻzaro aloqasi, hayotiy hodisalar va ijtimoiy munosabatlarning tasviri, qahramon ruhiy holati va fe'l-atvorining tahlili. 2.2. "Go'ro'g'li" romani va "Evrilish" hikoyasida o'xshashlik va oʻziga xoslik: Roman kompozitsiyasi, badiiy aloqa va ziddiyatlar, tasvir va ifoda uygʻunligi, ijodkorning oʻziga xosligi va badiiy uslubi.
  • III BOB. TAʼLIM BOSQICHLARI DASTUR VA DARSLIKLARIDA MAVZUNING BERILISHI: Mavzuni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha metodik tavsiyalar: Istiqlol davri oʻzbek nasri, Nazar Eshonqul ijodi, «Goʻroʻgʻli» romanini oʻqitishda qoʻllaniladigan metodlar va dars ishlanmasi.
  • XULOSA: XX asr oʻzbek nasri taraqqiyoti, milliy istiqlol davri oʻzbek nasri, xususan romanchiligi, «Goʻroʻgʻli» romani badiiyligi, falsafiy-estetik qarashlar, ijodiy tamoyillar, ijtimoiy-estetik tafakkur va jahon adabiyotidan oziqlanishi, zamonaviy oʻzbek romani xususiyatlari hamda Nazar Eshonqulning «Goʻroʻgʻli» romani badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinganligi xulosalangan.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Bitiruv malakaviy ishini yozishda foydalanilgan ilmiy-nazariy manbalar, maqolalar, kitoblar va internet materiallarining ro'yxati keltirilgan.