Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi

Asosiy mavzular

  • KIRISH (Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi): Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ta'lim muassasalarida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishning kreativ modellari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Texnikaviy va kasb-hunar ta'limi toʻgʻrisida»gi va «Ta'lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to'g'risida»gi konvensiyalarida, “Ma'rifiy, ilmiy va madaniy mazmundagi materiallarni olib kirish" toʻgʻrisidagi Bitimida dunyo miqyosida oʻqituvchilar maqomini koʻtarish, xalqaro Malaka talablari asosida oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish, ta'lim muassasalari o'qituvchilari malakasini oshirish, bo'lajak oʻqituvchilarni oʻqitish jarayonlarini takomillashtirish, tajriba almashish, pedagogik bilim, koʻnikma, malaka kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni modernizatsiyalash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jahonda ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarni integratsiyalashuvini ta'minlash, globallashuv jarayoni jadal sur'atlarda kechayotgan bir davrda xalqaro Malaka talablariga mos raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash, ta'lim jarayonida intellektual, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga talabalarning pedagogik mahoratini rivojlantirish, loyihaviy-konstruktorlik mahoratini shakllantirish hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir ilmiy tadqiqotlarga e'tibor berilmoqda. dunyo miqyosida dolzarb muammo sifatida e'tirof etilmoqda. Respublikamizda soʻnggi yillarda oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning mazmuni va metodikasiga, uning ijtimoiy-pedagogik samaradorligini oshirishga, ta'lim jarayonlarini sifat jihatdan yangi paradigmalar talablariga moslashtirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. «Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish» ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali badiiy ijodiy sohalarga ixtisoslashtirilgan ta'lim jarayonini loyihalashtirishning ilmiy asoslangan zamonaviy metodik-didaktik ta'minotini yaratish maqsadli ilmiy-tadqiqot hisoblanadi.
  • Tadqiqotning mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi: Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash mazmunini takomillashtirish boʻyicha tadqiqot ishlari jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Association for Educational Communications and Technology – AECT (AQSh), University of Columbiya (AQSh), University of Sorbonne (Fransiya), University of Freiburg (Germaniya), Belfield pedagogical university (Germaniya), Centre of increasing to pedagogical qualification on base Manchesters university (Buyuk Britaniya), Japan Institute of International Affairs (Yaponiya), Miyagi pedagogical university (Yaponiya), Seoul of National University (Janubiy Koreya), University of Chunang (Janubiy Koreya), Deusto International Academy of Tuning (DITA) at the University of Deusto (Ispaniya), Moskva davlat pedagogika universiteti (Rossiya)da olib borilmoqda. Jahon miqyosida olib borilgan bo'lajak oʻqituvchilarda pedagogik mahoratni rivojlantirishga oid tadqiqotlar natijasida qator ilmiy maqsadlarga erishilgan: xalqaro hamkorlikni amalga oshirishning tashkiliy va strategik mexanizmlari takomillashtirilgan (Association for Educational Communications and Technology AECT); pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarini tyutorlik faoliyatiga tayyorlash tizimining samarali faoliyat koʻrsatish mexanizmlari takomillashtirilgan (Belfield pedagogical university); oʻqituvchi kasbiy mahoratini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmali modeli yaratilgan (Centre of increasing to pedagogical qualification on base Manchesters university); boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratni egallash ko'nikma va malakalarini rivojlantirish texnologiyalari ishlab chiqilgan (University of Columbiya: AQSh), University of Sorbonne (Fransiya), (University of Freiburg: Germaniya); talabalarda pedagogik mahoratni rivojlantirishning loyihaviy-konstruktiv texnologiyalari yaratilgan (University of Chunang: Janubiy Koreya); bo'lajak o'qituvchining ma'naviyatini shakllantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyasi takomillashtirilgan (Miyagi pedagogical university: Yaponiya); kompetentlikka asoslangan yondashuv ta'lim jarayoniga tatbiq etilgan (Deusto International Academy of Tuning (DITA) at the University of Deusto: Ispaniya); bo'lajak oʻqituvchilarda oʻz kasbiga sadoqatlilik pozitsiyasini rivojlantirishning kollaborativ texnologiyalari ishlab chiqilgan (Rossiya). Jahon ilmiy-tadqiqot muassasalarida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagi: talabalarning amaliy san'atdan badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalarni loyihalash faoliyatiga kasbiy tayyorlash tizimi, boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchisini tayyorlashning kompetentli modeli, amaliy san'atni oʻqitishda kasbiy kompetentlikni shakllantirish yoʻnalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Bo'lajak oʻqituvchilarni axborot texnologiyalari vositasida kasbiy-pedagogik tayyorlash, tasviriy va amaliy san'atni oʻqitish metodikasi, amaliy bezak san'ati vositasida talabalarni estetik tarbiyalash S.F.Abdullaev, A.A.Abduqodirov, N.N.Azizxodjaeva, A.A.Amanullaev, Yu.M.Asadov, B.B.Baymetov, S.S.Bulatov, U.Sh.Begimqulov, J.A.Darmenov, R.X.Djuraev, R.G.Isyanov, Sh.Q.Mardonov, A.X.Maxmudov, N.A.Muslimov, U.N.Nurtaev, K.D.Risqulova, E.I.Ruziev, A.P.Sulaymonov, N.Sh.Turdiev, M.E.Xaydarov, A.A.Xalikov, R.Xasanov, D.O.Ximmataliev, Sh.S.Sharipov, M.B.Urazova, F.R.Yuzlikaev, O.A.Qoʻysinov, J.A.Hamidovlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilari pedagogik mahorati-ni rivojlantirish orqali ularning kasbiy-pedagogik faoliyatga kompetensiyaviy yondashuv asosida yo'naltirilganligi; pedagogika nazariyasi boʻlajak amaliy san'at o'qituvchilari kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga oid yondashuvlar bilan boyitilganligi; bo'lajak oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligining shakllanganlik darajasini belgilovchi asosiy mezon va indikatorlar ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida amaliy san'at fanlari boʻyicha takomillashtirilgan Malaka talablari, fan dasturlarini ishlab chiqishda bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini zamonaviy talablar darajasida rivojlantirishga oid kompetensiyalarning aniqlashtirilganligi; kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish va uni shakllarining oʻtkazish jarayonida samarali mexanizmlarning takomillashtirilganligi va amaliyotga joriy etilganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi badiiy-estetik did va innovatsion ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-ijodiy muhitni yaratish hamda didaktik maqsadlar mazmunini rivojlantiruvchi maisadlarga sinxron moslashtirish asosida takomilshlashtirishga oid tavsiyalar Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadiiiot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli "Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari" nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5595-son ma'lumotnomasi). Natijada ta'lim mazmunini modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan; bo'lajak oʻqituvchilarni amaliy san'at turlariga o'rgatish jarayoni individual-psixologik xususiyatlar, kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirish tizimining tuzilmaviy komponentlarini an'anaviy va noan'anaviy yondashuvlarning qiyosiy tahliliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajrilgan FZ-2016-0909111822 “Darsliklar va oʻquv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o'quvchilarda “ommaviy madaniyat
  • Tadqiqotning natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 32 ta ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 ta monografiya, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarida 18 ta maqola, shundan 11 tasi respublika, 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, to'rt bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 202 sahifani tashkil etadi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligi koʻrsatilgan, muammoning oʻrganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob'ekti, predmeti aniqlangan, tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi, olingan natijalarning ishonchliligi va amaliyotga joriy etilishi yoritilgan,
  • nazariy va amaliy ahamiyati, e'lon qilingan ishlar, dissertatsiyaning tuzilishi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.: Dissertatsiyaning «Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslari» deb nomlangan birinchi bobida kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, amaliy san'at o'qituvchilarining pedagogik faoliyatida <<kompetensiya», «kompetentlik», «kompetensiyaviy yondashuv» tushunchalari tahlili, kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari yoritilgan.
  • Ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishni ta'minlovchi pedagogik shart-sharoitlarni quyidagicha guruhlash mumkin:: ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar tomonidan tayanch kompetensiyalarning o'zlashtirilishini va shu asosda ularda kasbiy kompetentliklarning shakllanishini ta'minlovchi didaktik shart-sharoitlar (ta'limning maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari va oʻqitish texnologiyalari); kompetentlikka yoʻnaltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv shart-sharoitlari (ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning shakllari, vositalari va usullari); professor-o'qituvchilarni kasbiy ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlash va kompetentlikka yoʻnaltirilgan ta'lim jarayonining metodik ta'minotini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan kasbiy-metodik shart-sharoitlar.
  • Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi: kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash tizimida amalga oshiriladigan va ularning bajarilishini ta'minlaydigan barcha oʻquv-uslubiy va me'yoriy hujjatlar to'plami; moddiy-texnik, tashkiliy-boshqaruv va ijtimoiy-psixologik yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirishni ta'minlovchi sub'ekt va vositalar; talabalarini shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga shuningdek, ularni bo'lajak ilmiy-pedagogik faoliyatda qo'llab-quvvatlash doirasida professor-o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatlar tizimi.
  • Dissertatsiyaning mazkur bobida, shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash muammosining ta'lim amaliyotidagi holati tahlili keltirilgan.: Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, bizgacha olib borilgan tadqiqot ishlari tahlili natijasida «kompetensiya», «kompetentlik» va «kompetensiyaviy yondashuv » tushunchalariga mualliflik ta'rifi berilgan.
  • Kompetentlik tushunchasi: «Kompetensiya» tushunchasi u yoki bu kasb egasiga zarur boʻlgan qonuniyat, prinsip, talab, qoida, burch, vazifa va majburiyatlar yig'indisini anglatadi. Kompetentlik - shaxsning amaliy faoliyati bilan bog'liq boʻlib, kompetensiya me'yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahorati. Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa, kompetentlik individuallik tavsifiga ega. Kompetentlikning asosiy mezoni samarali faoliyat va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi.
  • Kompetensiyaviy yondashuv: Kompetensiyaviy yondashuv – bu ta'limning natijalariga yo'naltirilgan ustuvor yoʻnalishi boʻlib, zarur umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, oʻzini oʻzi belgilash, ijtimoiylashuv, individuallik va oʻzini oʻzi rivojlantirish kabi vazifalarni o'z ichiga qamrab oladi. Bunday yondashuv ta'lim tizimini zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlashga yoʻnaltiradi. Bu nafaqat shaxsning ijtimoiy faoliyatga birlashishga boʻlgan ehtiyojiga, balki intellektual shaxsning salohiyatidan jamiyat rivojlanishida foydalanish ehtiyojiga muvofiq keladi.
  • Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash: Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash o'quv-ijodiy faoliyat turi sifatida ta'lim sub'ektlarining oʻzaro ta'siri va ijodiy oʻzini oʻzi rivojlantirish mazmuni, metod, vosita va yo'llarini, bilimlar majmuini kasbiy faoliyatda hamda nostandart vaziyatlarda amalda qoʻllay olishi bilan ifodalanadi.
  • Dissertatsiyaning «Kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish tuzilmasi»: Dissertatsiyaning «Kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish tuzilmasi» deb nomlangan ikkinchi bobida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, xalq amaliy ustalari tajribasi asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish omillari bayon etilgan.
  • «Kompetentlik» tushunchasi: <<<Kompetentlik» tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik «noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda mutaxassisning oʻzini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqobatchilar bilan oʻzaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, murakkab vazifalarni bajarishda, ziddiyatli ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik»ni anglatadi. Bu sifatlar barcha sohalarga tegishli mutaxassislarga, jumladan, boʻlajak pedagoglarga ham taalluqli.
  • Ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish: Oliy ta'lim muassasalarining amaliy bezak san'ati mashg'ulotlarida talabalarning ongi va tafakkurini rivojlantirish, nazariy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qilishda ta'lim-tarbiyaning turli metod va vositalaridan keng foydalanishni nazarda tutadi. Uning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati, dars bosqichlari, koʻrgazmali materiallardan foydalanish, g'oyaviy, mafkuraviy mazmuniga mos kelishi, nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi, oʻziga mos usul, metod va vositalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi, oʻqituvchi va talabaning oʻzaro ustoz-shogird prinsiplariga amal qilgan xolda, faol ijodiy munosabatda boʻlishni taqozo etadi. Bu esa, mamlakatimizning oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning kelajakda amaliy san'at o'qituvchilari sifatida kasbiy tayyorgarlikka ega, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar bo'lib yetishishlari lozimligini koʻrsatadi. Bu, oʻz navbatida, boʻlajak oʻqituvchilarning tasviriy va amaliy san'atdan dars berish jarayonida amaliy san'at turlari va uning rivojlanish bosqichlari, san'at asarlarini
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy mezon va indikatorlari sifatida quyidagilar belgilandi: Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy mezon va indikatorlari sifatida quyidagilar belgilandi (4-rasm).
  • Ta'lim texnologiyalari: Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib amaliy san'at o'qituvchisining kasbiy kompetentligi tuzilmasidagi kompetentlikning quyidagi ikki guruhini alohida ta'kidlash joiz, ya'ni maxsus-kasbiy va psixologik-pedagogik komponentlar. Tanlangan kompetentlik guruhlari bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchisi faoliyatining ikki tomonlama tuzilishiga asoslanadi, bular kasbiy (maxsus) va pedagogik komponentlar. Amaliy san'at asarlari tasviriy san'at qonuniyatlari boʻyicha yaratilganligi bois pedagogik shart-sharoitlar, metodik ta'minot, tasviriy va amaliy san'at oʻqituvchilari kasbiy kompetensiyasiga qoʻyilgan talablar tizimida bir-biriga yaqin tartiblar amal qiladi. Ta'kidlash joizki, rassom-pedagogning kasbiy kompetensiyasi modelini loyihalashda amaliy san'atni o'rgatishning e'tiborga molik bir qator xususiyatlari alohida o'rin egallaydi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash modelining o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u talabaga moslashtirilganligi, shaxsga va kasbiy faoliyatga yo'naltirilganligi hamda fanga ixtisoslashtirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
  • Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlashning dastlabki bosqichlari: Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: (2-rasm).
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash mavjud xolatining bosqichlari: Shunday qilib, tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta'limning har bir bosqichida oʻquv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajriba mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikma va malakalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarining kompetensiyaviy yondashuv asosida tayyorlash, ularda zarur shaxsiy, kasbiy va individual sifatlar, kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni tarkib toptirish uchun asos vazifasini oʻtaydi. Bu o'z navbatida, bo'lajak amaliy san'at o'qituvchisi shaxsining DTS va ijtimoiy buyurtmachi talablariga toʻla javob beruvchi kasbiy kompetentli, ijodkor yetuk o'qituvchi sifatida kasbiy shakllanishini ta'minlaydi. Oliy ta'limning DTS talablariga muvofiq boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarida umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalar rivojlanadi, ular orasida kasbiy kompetensiya raqobatdosh mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi natijasiga asos sifatida belgilanadi.
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modelida kompetensiyaviy yondashuv mazmuni: Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modelida kompetensiyaviy yondashuv mazmuni uch darajada: umummadaniy; umumkasbiy (oʻquv rejasidagi psixologik-pedagogik hamda umumkasbiy fanlari to'plami uchun); kasbiy kompetentlik (o'quv rejasidagi kasbiy va ixtisoslik fanlari uchun) shaklida keltirilgan.
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilari tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat turlariga koʻra, ularning kasbiy kompetentlik darajalarini quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:: umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʻyicha nazariy va amaliy masalalarni hal etishda zarur boʻladigan maxsus kompetentlik; tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi kompetentlik; ta'lim oluvchilarni pedagogik va metodik faoliyatga tayyorlashni ta'minlovchi pedagogik-metodik kompetentlik.
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchisi, eng avvalo, ta'lim mazmunini loyihalash bilan bog'liq quyidagi ko'nikma va malakalar tizimini egallab olishi kerak: maqsadlarni belgilash, tarkibni tanlash, loyihalash ishlarini tashkil etish; muammoni hal qilishning mumkin boʻlgan yechimlari toʻplamini yoki loyihani amalga oshirishga oid yondashuvlarni sintez qilish; topshirilgan vazifalarga ijodiy yondashish asosida loyiha g'oyalarini ishlab chiqish; murakkab funksional va kompozitsion yechimlarni yaratish; ta'lim oluvchilarda nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarning shakllantirilishi borasidagi zarur ma'lumotlarga ega boʻlishni ta'minlovchi ko'rsatkichlarni aniqlash.
  • 1-rasm. Kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli.: Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli, ta'lim mazmunini shakllantirishning asosiy maqsadi, ta'lim-tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan, shaxsga yo'naltirilgan, faoliyatga asoslangan yondashuvlar bilan birgalikda qurish imkonini berdi. 1-rasm. Kompetensiyaviy yondashuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli.
  • Natijaviy komponent: Natijaviy komponent – bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalari, koʻrsatkich va mezonlarini (a'lo, yaxshi, oʻrtacha, qonaqarli), talabaning bilimi, koʻnikma, malakalari va faoliyat natijalarini baholashni, shuningdek, oʻzini-oʻzi anglash, nazorat qilish va baholashni oʻz ichiga oladi.
  • Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash: Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: (2-rasm).
  • Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash mavjud xolatining bosqichlari: Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarini tayyorlash mavjud xolatining bosqichlari.
  • Tajriba va nazorat guruhlarining natijalari gistogrammasi.: Jadval va gistogrammadan ayonki, kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish shakl, metod, vosita va yo'llaridan unumli foydalangan tajriba guruhlari talabalarida kasbiy kompetentlik koʻrsatgichlari boʻyicha natijalari va Styudent-Fisher mezoni asosida nazorat guruhlarining koʻrsatgichidan yuqori ekanligi aniqlandi.
  • XULOSALAR: 1. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish modeli asosida ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyat samaradorligini oshirish hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik tuzilmalari ishlab chiqildi. Ulardan badiiy ta'lim jarayonida maqbul foydalanishning pedagogik mexanizmlari yaratildi va amaliyotga joriy etilgan. 2. Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini ta'minlashga yo'naltirilgan ta'limiy jarayon mazmunini rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda <<kompetentlik», «kompetensiya» va «kompetensiyaviy yondashuv» tushunchalariga mualliflik ta'rifi keltirilgan. 3. Kompetensiyaviy yondoshuv asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarini pedagogik va badiiy jihatdan kasbiy tayyorlash qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, an'anaviy va kompetensiyaviy yondashuvlarni qiyosiy tasniflash asosida kasbiy pedagogik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayonning motivatsion, kognitiv, amaliy, refleksiv funksiya va imkoniyatlari asoslangan. 4. Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari, ta'limiy, texnologik va
  • Tavsiyalar: 1. Bo'lajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish maqsadida talabalikka qabul qilingan yoshlarni ijodiy mustaqillikka, nazariy va amaliy mashg'ulotlarda muammoli-vaziyatli topshiriqlar yechimini topishga bosqichma-bosqich tizimli oʻrgatib borish. 2. Kreativ yondashuvlar asosida boʻlajak amaliy san'at oʻqituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonini tadqiq qilish. OTMlarida bo'lajak amaliy san'at o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga kompyuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. 3. Mutaxassislik fanlarini oʻqitishda mashg'ulotlarni interfaol shaklda, darslarni modellashtirish va pedagogik loyihalash tarzida tashkil etish.