O‘spirinlarda sotsial tolerantlik shakllanishi mezonlari diagnostikasi va psixokorreksiyasi

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston sharoitida o'spirinlar va yoshlarda ijtimoiy tolerantlikni shakllantirishning dolzarb muammolarini, xususan, uning mezonlarini diagnostikalash va psixokorreksiyalash bo'yicha ilmiy tadqiqotni o'z ichiga oladi. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ilmiy-amaliy va huquqiy hujjatlariga tayangan holda, xalqaro va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida o'spirinlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish, tolerantlik mezonlarini aniqlash, psixokorreksion ishlar olib borish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, zarurati, maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo'nalishlariga mosligi, muammoning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi bilan bog'liq ma'lumotlar ilmiy jihatdan asoslangan.
  • Tolerantlik fenomenining falsafiy, pedagogik-psixologiya manbalardagi tahlili: Birinchi bobda tolerantlik g'oyasining butun dunyoda hukm surayotganligi, insonning qadr-qimmati, jamiyatda o'z o'rnini egallashi uchun tolerantlikning ahamiyati, tolerantlik tushunchasining tarixiy shakllanishi va uning falsafiy, psixologik va pedagogik manbalarda o'rganilishi tahlil etilgan. Shaxsning ijtimoiy-rolli munosabatlarini kengaytirish, jamiyat ijtimoiy hayotidagi xilma-xillikni qabul qilish va turli ijtimoiy guruh vakillari bilan samarali oʻzaro munosabatga kirishishda muloqot madaniyatini yuksaltirish orqali sotsial tolerantlikni shakllantirishning muhimligi ko'rsatilgan.
  • Oʻspirinlarda sotsial tolerantlikni diagnostik mezonlari: Ikkinchi bobda oʻspirinlarda sotsial tolerantlikni shakllantirish mezonlarini aniqlash, ularning diagnostikasi va psixokorreksiyasi bo'yicha metodikalar, shuningdek, psixologik xususiyatlar namoyon boʻlishining emperik tahlili keltirilgan. Tadqiqotda foydalanilgan ilmiy-amaliy metodikalar, statistik tahlillar va ularning natijalari hamda xulosalar keltirilgan.
  • Oʻspirinlarda sotsial tolerantlikni shakllantirishning amaliy imkoniyatlari: Uchinchi bobda oʻspirinlarda sotsial tolerantlikni rivojlantirish bo'yicha psixokorreksion dasturlar, ularning samaradorligi va amaliy qo'llanilishi masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiya natijalari asosida quyidagi xulosalar va tavsiyalar berilgan: dunyo miqiyosida millatlararo, diniy, irqiy kamsitishlarga qarshi kurashda ijtimoiy tolerantlikning muhimligi, oʻspirinlarda ijtimoiy tolerantlikni shakllantirishda kommunikativ tolerantlik, oʻzaro tushunish, empatiya va ijodkorlikning roli, gender va mintaqaviy xususiyatlarning ta'siri, psixokorreksion dasturlarning samaradorligi isbotlangan.