Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Tехnikа fаnlаri misоlidа)

Ushbu dissertatsiya umumkasbiy fanlarni o'qitish asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda umumkasbiy fanlarni o'qitish orqali bo'lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari, usullari, pedagogik shart-sharoitlari o'rganilgan. Umumkasbiy fanlarni o'qitishda ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash jarayonining modeli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Tadqiqot natijalari bo'lajak muhandislarning ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Ilmiy-nazariy asoslar: Ushbu bo'limda texnika oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak muhandislarni umumkasbiy tayyorgarligiga qo'yilgan talablar o'rganilgan, tahlil qilingan. Bo'lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, ilmiy bilishning shakl va metodlari, shuningdek, umumkasbiy fanlarni o'qitish orqali talabalarda shakllanadigan tadqiqotchilik qobiliyatlari keltirib o'tilgan.
  • Metodika va modelni takomillashtirish: Ikkinchi bo'limda umumkasbiy fanlarni o'qitish orqali muhandislik yo'nalishi talabalarini ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlashni modellashtirish, tashkiliy –mazmuniy modeli ishlab chiqilgan. Umumkasbiy fanlarni o'qitish asosida bo'lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodikasi ko'rsatib o'tilgan.
  • Pedagogik tajriba-sinov ishlari: Uchinchi bobda pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish, oʻtkazish va uning tahliliy natijalari keltirilgan. Tajriba-sinov ishlari natijasida bo'lajak muhandislarga umumkasbiy fanlarni o'qitish asosida ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorgarligini rivojlanganlik darajasi 13,35%ga oshganligi aniqlangan.