Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish uslubiyati
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan avtoreferat bo'lib, unda boshlang'ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh gandbolchilarning o'quv-mashg'ulot jarayonini takomillashtirish uslubiyatiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishi haqida ma'lumot berilgan. Tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va tavsiyalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, muammoning o'rganilganlik darajasi, dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassacasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog'liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, usullari, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, tadqiqotdan olingan natijalarning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy etilishi, aprobatsiyasi va eʼlon qilinganligi, dissertasiyaning tuzilishi va hajmi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Boshlang'ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarni tayyorlashning ilmiy-nazariy jihatlari: Mazkur bobda bolalar-o'smirlar sport maktabida yosh gandbolchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy jihatlari mavjud ilmiy-metodik adabiyotlarni oʻrganish asosida yoritib berilgan. Bir qator olimlar (A.M.Ivashchenko, Yu.D.Jeleznyak, M.S.Bril, M.V.Saxarova, V.Ya.Ignatieva,) sport o'yinlari boʻyicha bolalarning antropometrik ma'lumotlariga qarab, yosh gandbolchilarning tayyorgarligida aniq chegaralarni topib, yosh gandbolchilarni tayyorlashning nazariy va amaliy asoslarini asoslab berishgan.
- Tadqiqotning uslublari va uning tashkil qilinishi: Unda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, anketa so'rovnomasi, pedagogik kuzatuv, pedagogik-nazorat testlash, pedagogik tajriba va matematik-statistik tahlil qilish kabi usullardan foydalanganligi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, pedagogik tadqiqotning 3 ta bosqichda tashkil qilinganligi koʻrsatib o'tilgan.
- Boshlang'ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarning oʻquv-mashg'ulot jarayonlarini takomillashtirish uslubiyati: Ushbu bobda yosh gandbolchilarning oʻquv-mashg'ulot jarayonlarini “Mini-gandbol
- Ekspemental tadqiqot natijalari va ularning tahlili: Mazkur bobda boshlang'ich tayyorgarlik bosqichi 7-12 yoshli gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha koʻrsatkichlarining tahlili keltirilgan. Tajriba va nazorat guruhlarining 7-12 yoshli o'g'il bolalar sinaluvchilarida oʻtkazilgan pedagogik tajriba davomidagi natijalari 5-jadvalda berilgan. Pedagogik tajriba natijalariga koʻra, uch bosqichli "Mini-gandbol" mashg'ulot modulida sinaluvchi yosh gandbolchilarning tajriba boshi va oxiridagi jismoniy tayyorgarlik boʻyicha koʻrsatkichlar dinamikasi (oʻgʻil bolalar kesimida) quyidagicha boʻldi (5-jadval).
- Xulosalar: Tadqiqot mavzusi yuzasidan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahliliy oʻrganish, pedagogik kuzatuv, soʻrovnoma, joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga keldik.
- Amaliy tavsiyalar: 1. Boshlang'ich tayyorgarlik bosqichi mashg'ulotlarida uch bosqichli "Boshlang'ich", "Oʻrta”, “Yuqori mashg'ulot modulidan foydalanish tavsiya qilinadi. Natijada mashg'ulot jarayonlarini tashkil qilishda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini individual hamda jamoaviy qoʻllash imkoniyatini detallab o'rgatishga erishiladi. 2. Yosh gandbolchilarga individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni o'rgatuvchi “mobil” hamda “oʻyin” mashqlarini mini-gandbol mashg'ulot jarayonlariga kiritish samarali hisoblanadi. Natijada mashg'ulot vazifalarini oʻzlashtirish koʻnikmalari rivojlanadi.