Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta’lim yo‘nalishi misolida)
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti
Asosiy mavzular
- KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KASBIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH: Mazkur dissertatsiya tadqiqoti oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish muammosini hal qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish va baholashning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - dinshunoslik yo'nalishi talabalarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda an'anaviy va innovatsion ta'lim metodlaridan foydalanilgan hamda talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish bo'yicha didaktik model va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitish talabalarining kasbiy sifatlarini rivojlantirishda samarali bo'lib, ularning o'zlashtirish darajasini 14% ga oshiradi.
 - Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasida B2021.4.PhD/Ped2756 raqam bilan roʻyxatga olingan.: Dissertatsiya Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan. Avtoreferat uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) chop etilgan va tarqatilgan.
 - Tadqiqotning ob'yekti va predmeti: Tadqiqot obyekti sifatida oliy ta'lim muassasalari talabalarining kasbiy sifatlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish jarayoni belgilangan. Tadqiqotning predmeti esa oliy ta'lim muassasalari Dinshunoslik ta'lim yoʻnalishi talabalarining kasbiy sifatlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish mazmuni, metodlari va vositalari hisoblanadi.
 - Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda mavzuga doir falsafiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarni qiyosiy oʻrganish va tahlil qilish, ijtimoiy-pedagogik (suhbat, kuzatish, tashxislash, so'rovnoma, test), pedagogik tajriba-sinov, natijalarini matematik va statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanildi.
 - Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va diniy-ma'rifiy dunyoqarash tamoyillariga mos ravishda dinshunoslikka oid terminlar semantikasini qiyosiy tahlil qilish hamda shaxsga yo'naltirilgan individual ta'lim istiqbolli maqsadlarini bosqichma-bosqich insonparvarlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
 - Tadqiqotning amaliy natijalari: Dinshunoslik yoʻnalishi 3-bosqich talabalari uchun “English course manual” hamda Islom tarixi va manbashunosligi yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun “English Course Book” oʻquv qoʻllanmalari yaratilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ishchi oʻquv dasturi va oʻquv-uslubiy majmua ishlab chiqilgan.
 - Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Qoʻllangan yondashuv, usullar va nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, belgilangan maqsad va vazifalarga mos tadqiqot usullaridan foydalanilgani, kasbiy sifatlarni rivojlantirish muammosi tahlil qilingani va ishlab chiqilgan didaktik model OTMlar amaliyotida tatbiq etilgani, tadqiqot natijalari matematik statistik usullardan foydalanib tahlil qilingani va umumlashtirilagani va ularning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.
 - Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Dinshunoslik yoʻnalishi talabalarining kasbiy sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish modeli, kasbiy kompetensiyalar tuzilmasi, kasbiy-metodik kompetensiyaning kommunikativ, tashkiliy, refleksiv, motivatsion komponentlari takomillashtirilgani bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oliy ta'lim muassasalari "Dinshunoslik" yoʻnalishi talabalarining kasbiy sifatlarini xorijiy til oʻqitish jarayonida rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mashqlar tizimi, oʻquv qoʻllanma, oʻquv dasturlari yaratilgani; kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning metodik ta'minotdan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgani bilan belgilanadi.
 - Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish (Dinshunoslik ta'lim yoʻnalishi misolida)
 - Tavsiyalar: 1. Kompetensiyaviy yondashuv asosida olib boriladigan xorijiy til darslarida kasbiy sifatlarni shakllantirishning maxsus komponentlarini oʻz ichiga olgan tizimni yoʻlga qoʻyish. 2. Kasbiy sifatlarni rivojlantirishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan keng foydalanish mexanizmini ishlab chiqish va jotiy qilish. 3. Birlashgan optimal metodik tizimni joriy qilish maqsadga mufofiq.