Talabalarda axloqiy - madaniy munosabatni rivojlantirish metodikasi

Ushbu dissertatsiya O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida talabalarning axloqiy-madaniy munosabatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, milliy-madaniy qadriyatlar asosida talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning nazariy-metodik va amaliy asoslari ishlab chiqilgan. Ilmiy-amaliy ishda talabalarning axloqiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari, usullari va vositalari aniqlanib, amaliyotga tatbiq etish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida talabalarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, ishning O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi, nazariy hamda amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar, shuningdek, dissertatsiya tuzilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • 1-bob. Axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari: Bu bobda talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish pedagogik muammo ekanligi, talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish omillari va pedagogik asoslari, talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirishning amaldagi holati va uni takomillashtirish yoʻllari, ishlab chiqilgan dasturlarning imkoniyatlari, natijalari yuzasidan Oʻzbekiston, MDH mamlakatlari va xorijda tadqiqot olib borgan olimlar ishlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan.
  • 2-bob. Axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirish metodikasi: Bu bobda talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish mazmuni va jarayonining oʻzaro uzviyligi tahlil etilgan. Talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirish metod va vositalari, axloqiy madaniy munosabatni rivojlantirishning tashkiliy-metodik tuzilmasi (nazariy modeli) va uning tarkibiy qismlari ishlab chiqilgan.
  • 3-bob. Tajriba-sinov ishlari: Bu bobda tadqiqot muammolari yuzasidan tajriba-sinov ishlarining bosqichlari, oʻtkazish metodikasi va natijalari, ularni statistik qayta ishlash yoʻllari ochib berilgan. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy natijalari talabalarning axloqiy madaniyatini oʻzlashtirish darajasi tahlil etilgan.
  • Xulosa: Tadqiqot doirasida oʻtkazilgan izlanishlar va olingan natijalar quyidagi xulosalar qilish imkonini berdi: Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kechayotgan tub islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kadrlarning malakasi, axloqiy ongi, madaniyati, bilimi va dunyoqarashiga bog'liq ekanligi, jahon ta'lim tizimidagi oʻzgarishlar bo'lajak pedagoglarda axloqiy-madaniy munosabatlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratish lozimligi taqozo etadi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan va asoslangan ilmiy g'oyalar va metodik tavsiyalar talabalarda axloqiy-madaniy munosabatni rivojlantirishni samarali yoʻlga qo'yishga imkon beradi.