Kurashchilarda raqibni ko'tarib tashlash ish qobiliyati va uni rotatsion-trenajer mashqlar yordamida rivojlantirish ustuvorligi
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari konsepsiyasi va istiqbol rejasi doirasida bajarilgan boʻlib, kurash sporti turlariga oid nazariy va amaliy muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kurashchilarning raqibni koʻtarib tashlash ish qobiliyatini va muvozanat saqlash turgʻunligini rivojlantirish usullarini aniqlash hamda ularni rotatsion-trenajer mashqlari yordamida takomillashtirishdan iborat. Dissertatsiyada kurashchilarning jismoniy, funksional va texnik-taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda aniqlandi, malakali kurashchilarda an'anaviy mashg'ulotlarda raqibni noqulay tomondan koʻtarish va muvozanatni saqlash mashqlariga yetarlicha e'tibor qaratilmasligi, natijada ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi me'yoriy talablardan yiroq qolishi aniqlandi. Tadqiqotda taklif etilgan mashqlar va usullar asosida tajriba oʻtkazilib, natijalari tahlil qilingan. Natijalarga koʻra, eksperimental guruhda barcha koʻrsatkichlar boʻyicha sezilarli oʻsish kuzatilgan. Jumladan, muvozanatni saqlash barqarorligining oshishi, ish qobiliyatining rivojlanishi va texnik harakatlarning simmetriklashuvi aniqlangan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zaruriyati: Dunyo miqyosida sport kurashida iste'dodli va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, musobaqa yuklamalariga bardosh berish qobiliyatini oshirish zarurati. Sportchilarda jismoniy, funksional va texnik-taktik tayyorgarlikni samarali mashqlar yordamida shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlarning ahamiyati. Pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali sport kurashi tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, dasturlar ishlab chiqish va mashg'ulotlarni rejalashtirishning muhimligi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalariga mosligi: Tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlariga, xususan, axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirishga mos ravishda amalga oshirilgan.
- Tadqiqotning oʻrganilganlik darajasi: Sport amaliyotida, jumladan kurash turlarida jismoniy, funksional va texnik-taktik tayyorgarlik, ularni shakllantirish metodlari va vositalari, mashg'ulot va musobaqa yuklamalari ta'sirida toliqish, ularni bartaraf etish choralari, ish qobiliyatini tiklash, saqlash va oshirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar.
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Maqsad: Kurashchilarda muvozanat saqlash turg'unligini raqibni koʻtarib tashlash ish qobiliyatiga ta'sir etishini aniqlash va uni aylanma harakat mashqlari va rotatsion-trenajer yordamida rivojlantirish samaradorligini oshirish. Vazifalar: aylanma harakat yuklamalari ta'sirida hajmi va shiddati bilan bogʻliq maxsus ish qobiliyatini nazorat qilish, sportchilar qobiliyatlarini baholash, muvozanatni saqlash darajasini oshirish, texnik usullarni takomillashtirish, samarali trenajerdan foydalanish orqali harakatlar reaksiyasini baholash, taktik tayyorgarlikni takomillashtirish.
- Tadqiqotning ob'ekti va predmeti: Ob'ekt: Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talim oluvchi malakali belbogʻli kurashchilarning oʻquv mashgʻulotlari jarayoni. Predmet: Kurashchi talabalarda aylanma harakatlar ta'sirida muvozanat saqlash, raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddati bilan bogʻliq maxsus ish qobiliyatini takomillashtiruvchi mashqlar.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kurashchilarda aylanma harakat yuklamalari ta'sirida muvozanat saqlash, raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddati bilan bogʻliq maxsus ish qobiliyatini oshiruvchi mashqlarni anaerob sharoitda bajarish asosida nazorat qilishga moʻljallangan samarali pedagogik monitoring tizimini ishlab chiqish. Raqibni koʻtarib tashlash harakatini bajarishdagi kuch hajmi va ish qobiliyatini rivojlantiruvchi mashgʻulotlar shiddatini oshirish asosida qulay va noqulay tomonlarga bajariladigan texnik harakatlarini elementlarga boʻlib takomillashtirish orqali sportchining vestibulyar analizatorining mashqlanganlik darajasini oshirish. Bellashuvlarda texnik usullarni har ikki tomonga bajara olish malakasini egallash va shoh usullarini shakllantirishda koordinatsion qobiliyatlarini “РОТАТОР-БО” trenajeridan oʻquv-mashgʻulot jarayonlarida foydalanish orqali harakatlar reaksiyasini baholash. Taktik tayyorgarlikni takomillashtirish uchun muvozanat saqlash turgʻunligini aylanma harakatlar ta'sirida rivojlantirishda yuqori amplitudada bajariladigan texnik usullarni imitatsiyasini bajarishdagi ish qobiliyatini shakllantirishga asoslangan ixtisoslashtirilgan yordamchi mashqlar majmualarini kiritish hisobiga musobaqa bellashuvlarida hujum harakatlarining samaradorligini oshirish.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Kurashchilarda tanani aylantirish ta'sirida muvozanat saqlash, raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddatini ifodalovchi maxsus ish qobiliyatini baholashga qaratilgan pedagogik yondashuvlardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Sportning kurash turlarida raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddatini oshirish, bunday usullar texnikasi va koordinatsiyasini mashgʻulot hamda musobaqalar davomida saqlab qolish uchun shu usullarni turli yoʻnalishlarda ijro etiladigan aylanma harakatlar ta'sirida takomillashtirish zarurligi haqida uslubiy ishlanmalar yaratilgan. Kurashchilarda muvozanat saqlash turgʻunligi, raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddati bilan bogʻliq maxsus ish qobiliyatini ishlab chiqilgan "rotatsion” trenajer (aylanma harakatlanuvchi) dan foydalanish metodikasi kurashchi talabalar va belbogʻli kurash boʻyicha terma jamoalar tarkibida shugʻullanuvchi kurashchilar mashgʻulotlariga tatbiq etilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Olingan natijalarning ishonchliligi tadqiqotda qoʻllanilgan pedagogik testlarning “test-retest” sinovlaridan oʻtkazilganligi, tegishli kurash federesiyalari ekspertlari tomonidan ushbu testlar ob'ektivligining tasdiqlanganligi, testlarni qoʻllash davomida yagona standart qoidalar va shart-sharoitlarga rioya qilinganligi, olingan natijalarni tabaqalashtirilgan holda guruhlar va guruhlararo kesimda matematik statistika usullari yordamida qiyosiy tahlil qilinganligi bilan asoslanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati: kurashchilarda raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddati bilan bogʻliq maxsus ish qobiliyati aylanma harakatlar taʼsirida qayd etiladigan muvozanat saqlash turgʻunligiga asoslanishi isbotlangan. Amaliy ahamiyati: kurashchilarda aylanma harakatlar dinamik muvozanatni saqlash turg'unligiga salbiy ta'sir koʻrsatishi va buning asosida raqibni koʻtarib tashlash hajmi va shiddatining tushib ketishi tufayli ana shu muvozanat saqlash qobiliyatini turli aylanma harakatlardan iborat statokinetik mashqlar, ayniqsa, ishlab chiqilgan "rotatsion" trenajer yordamida samarali rivojlantirish mumkinligi va shuning uchun ushbu toifadagi mashqlar hamda mazkur trenajerni kurashchilar tayyorlash amaliyotiga joriy etilganligi bilan asoslanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kurashchi talabalarda olib borilgan joriy tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari, ularning qiyosiy tahliliga asoslangan holda: samarali pedagogik monitoring tizimini qoʻllash boʻyicha takliflar “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati