Nаvli bug'dоy unlаrining nоvvоylik хоssаlаrini yахshilаsh tехnоlоgiyаsini ishlаb сhiqish

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti asosida mahalliy bug'doy don turkumlaridan tortilgan navli novvoylik unining texnologik xossalarini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmal donachalarini ajratish orqali non chiqishi va sifatini oshirish, asosiy xomashyo sarfini kamaytirish usullari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari asosida sanoat korxonalari uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Bug'doy unining texnologik xossalariga ta'sir etuvchi omillar va ularning hozirgi holati: Bug'doy unining fizik-kimyoviy xossalariga un zarrachalarining yirikligi va undagi kraxmal donachalarining o'lchami hamda mexanik shikastlanganlik darajasining ta'siri, xamirning reologik va biokimyoviy xossalariga bug'doy uni zarrachalarining yirikligi va undagi kraxmal donachalarining mexanik shikastlanganlik darajasi ta'siri, bug'doy uni tarkibidagi kraxmalning granulometrik o'lchamlari va fizik-mexanik holati hamda non mahsulotlarini saqlashda ularning “eskirishi" jarayoni orasidagi bog'liqliklar o'rganilgan.
  • Novvoylik bug'doy unining funksional-texnologik xossalarini baholash va uning granulometrik tarkibi hamda shikastlangan kraxmalni tadqiq qilishning fizik-kimyoviy usullari: Tadqiqot materiallari, ularning tavsifi, novvoylik bug'doy unining granulometrik tarkibi va shikastlangan kraxmalni aniqlash usullari, novvoylik bug'doy unidagi kichik o'lchamli va shikastlangan kraxmal donachalarni ajratish usullari, nonning eskirganligini aniqlash usullari, unli qandolat mahsulotlarining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarini aniqlash usullari, tajribalarni rejalashtirish va olingan natijalarni matematik tahlil qilish hamda ikkinchi bob bo'yicha xulosa keltirilgan.
  • Novvoylik bug'doy uni tarkibidagi kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmalli fraktsiyasining unli qandolat xamirining xossalariga hamda tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlariga ta'siri hamda kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan un fraktsiyasining unli qandolat mahsulotlarining organoleptik ko'rsatkichlariga ta'siri: Kichik o'lchamli (10 mkmdan kichik) va mexanik shikastlangan kraxmalli un fraktsiyasini qandli va shirmoy pechenelar ishlab chiqarishda un massasiga nisbatan 15% gacha qo'llashda xamirning reologik xossalari hamda tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari yaxshilanishi va standat talabalariga mosligi aniqlangan.
  • Ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba-sinov natijalari va tadqiqot natijalarini amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba-sinovlari, novvoylik bug'doy uni tarkibidagi kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmalli fraktsiyaning unli qandolat mahsulotlarining sifatiga ta'siri bo'yicha ishlab chiqarish sharoitlaridagi tajriba-sinovlari, kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmalli novvoylik bug'doy unidan foydalanish iqtisodiy samaradorligini hisoblash ma'lumotlari va natijalari, kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmalli fraktsya ajratilgan holda foydalanishning iqtisodiy samaradorligini hisoblashning dastlabki ma'lumotlari va metodikasi, navli novvoylik unidagi kichik o'lchamli va mexanik shikastlangan kraxmalni ajratilgan holda foydalanishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash natijalari keltirilgan.