Hayotiy faoliyati xavfsizligi fani, maqsadi va vazifalari. Tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda xodisalar.
Ushbu kitobda favqulodda vaziyatlar, ularning sabablari, oqibatlari, aholini himoya qilish usullari va davlatning bu boradagi siyosati batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari hamda tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda hodisalar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi fani, maqsadi va vazifalari: Ushbu mavzu HFX fanining o'qitilishdan maqsadini, fuqarolarning muhofazasi to'g'risidagi qonun va farmonlarni, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda hodisalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, fanning jamiyatdagi roli, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va favqulodda vaziyatlar tushunchalari ham ko'rib chiqiladi.
- Favqulodda vaziyatlar tarifi va ularning oqibatlarini tugatish chora tadbirlari: Bu mavzu favqulodda vaziyatlarning ta'rifini, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini, aholini ogohlantirish usullarini, Respublika favqulodda vaziyatlar davlat tizimining (FVDT) vazifalarini, aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlashni, favqulodda vaziyatlar turlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar xududi, ularni klassifikasiyalash, zilzila xaqida ma'lumot beriladi.
- Radioaktiv zararlanish va ularni oqibatlari: Bu mavzu radiasiyaviy holatni, radiasiyaviy xavfning odamlarga va xalq xo'jaligiga ta'sirini, yadroviy portlashning zararli omillarini, nurlanish kasalligi va uning darajalarini, radioaktiv moddalar bilan zararlanishni, zararlanishning o'lchov birliklarini va asoratlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, joylarni radioaktiv moddalardan zararlanishi, Dezaktivasiya, va h.k lar haqida ma'lumot beradi.
- Kimyoviy zararlanish va ularni bartaraf etish: Ushbu mavzu kimyoviy zararlanishning ta'rifini, kimyoviy qurollarni, zaxarli moddalar tasnifini, zaxarlanish xususiyatlarini va h.k larni o'z ichiga oladi. Kimyoviy holatni aniqlash va baholash, kimyoviy zararsizlantirish usullari ham ko'rib chiqiladi.
- O'ta xavfli kasalliklar, mikroblar va toksinlar bilan zararlanish: Mavzu O'ta xavfli va yuqumli kasalliklar,ularni tarqalish yollari. bilan tanishtiradi. O'ta xavfli kasalliklar va mikrob toksinlari tarqalganda ko'riladigan chora-tadbirlarni(Karantin, Dezinfeksiya, Dezinseksiya, Deratizasiya),turl kasalliklar(O'lat kasalligi ,Sibir yarasi, Tulyaremiya, Vabo, Sariq bezgagi, Suvchechak, Botulizm), Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tashkillantiriladi
- Aholi va xududlarni terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilishni tashkil etish: Bu bobda terorizm va uning mohiyati, maqsadi,terrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalar,terrorizmga qarshi kurash, terrorizm bilan bog'liq ekstremal va favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari haqida o`rgatiladi.
- O`zbekiston xududida kutilishi mumkin favqulodda vaziyatlar: Oxirgi mavzuda Zilzila,er surilishi,Sel,suv toshqinlari va boshqalar,Kimyoviy-xavfli ob'ektlarda avariya va falokatlar (o`tkir zaqarli moddalar ajralib chiqishi),Portlash va yong`in qavfi mavjud ob'ektlardagi avariya va falokatllar,Temir yo`l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar,Xavfli epidemiyalarni tarqalishi,Radioaktiv manbalardagi avariyalar va ushbu holatga nima qilish kerak xaqida ma'lumotlar berilgan.