Maktabgacha katta yoshdagi bolalaning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish
Ushbu dissertatsiya maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata'lim texnologiyalari asosida rivojlantirish muammosini oʻrganadi. Tadqiqotda zamonaviy media vositalaridan foydalanib, bolalarning kognitiv va ijodiy rivojlanishini ta'minlash boʻyicha nazariy-metodik asoslar ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan. Elektron platforma
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahonda ijtimoiy ta'sirlarning rivojlanishi, fan va texnologiyalar taraqqiyoti, axborotlar oqimining ortib borishi shaxsning ijodiy resurslari va potensialiga bog'liq yangi vazifalar qoʻyilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata'lim texnologiyalari asosida rivojlantirish pedagogik muammo dolzarb sanaladi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning "Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari" ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Respublikamiz olimlaridan F.R.Qodirova, A.A.Abduraximova, N.Begmatova va boshqalar tomonidan bolalarning ijodiy va intellektual rivojlanishiga oid tadqiqotlar olib borilgan. Mediata'lim mazmuni, mediaxavfsizlik, mediamahsulotlarni oʻrganish hamda pedagog kadrlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosi doir N.S.Mo'minova va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Maqsadi: 5-6 yosh bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata'lim texnologiyalar asosida rivojlantirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Vazifalari: mahalliy va xorijiy manbalarni tahlil qilish, pedagogik mezonlar va omillarni aniqlash, modelni takomillashtirish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mediamuhit sharoitida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari oʻz-oʻzini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan; bolalarning intellektual-bilish malakalari va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli takomillashtirilgan; didaktik ta'minoti yangi virtual avlod va kengaytirilgan reallik texnologiyalari hamda “MediaBolajon