Past bosimli suv oqimlariga moslashtirilgan samarador mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish
Ushbu kitob past bosimli suv oqimlariga moslashtirilgan samarador mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish mavzusiga bag'ishlangan. Unda jahonda va O'zbekistonda mikro gidroelektr stansiyalaridan foydalanishning hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari, suv energiyasi resurslarining salohiyatini baholash, mikro gidroelektr stansiyalarini loyihalash va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, konstruktiv yechimlar tahlili va boshqalar o'rin olgan. Kitobda mikro gidroelektr stansiyalarning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash, uning ekologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha ham tahlillar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmetlari tavsiflanadi. Shuningdek, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi, xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqotlar sharhi, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etiladi.
- Mikro gidroelektr stansiyalaridan foydalanishning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari: Birinchi bob jahonda va O'zbekistonda mikro gidroelektr stansiyalaridan foydalanishning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, suv energiyasi resurslar salohiyatini baholash, past bosimli suv oqimlarida ishlovchi mikro gidroelektr stansiyalarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi.
- Mikro gidroelektr stansiyalarining konstruktiv va ish rejim parametrlarining nazariy tadqiqoti: Ikkinchi bobda suv energiyasi resurslar salohiyatini baholash uslubiyoti, past bosimli suv oqimlarida ishlovchi mikro gidroelektr stansiyasining konstruktiv o'lchamlari va energetik parametrlarining suv oqimi tezligiga bog'liqlik matematik modellari keltirilgan.
- Mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish, analitik va eksperimental tadqiqoti: Uchinchi bobda Buxoro viloyatidagi irrigatsiya kanallarining suv energiyasi resurslar salohiyatini baholash, past bosimli suv oqimlariga moslashtirilgan mikro gidroelektr stansiyasini ishlab chiqish va konstruktiv maqbul o'lchamlarini aniqlash hamda takomillashtirilgan ko'p qutbli elektr generator chiqish parametrlarining suv oqimi tezligiga bog'liqlik analitik va eksperimental tadqiqot natijalari keltirilgan.
- Mikro gidroelektr stansiyasining texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash: To'rtinchi bobda lokal iste'molchilarning yillik elektr energiyasi iste'mol koʻrsatgichlari, ishlab chiqilgan qurilmaning texnik-iqtisodiy koʻrsatgichlarini aniqlash, iqtisodiy hamda ekologik samaradorlikni baholash natijlari keltirilgan.
- Xulosa: Xulosa qismida tadqiqot natijalari va olingan xulosalar bayon etiladi.